Til bilish

Agar odamlardan siz chet tilini o‘rganish zarurmi, deb so‘rasangiz, ularning ko‘pchiligi «yo‘q» deb javob beradi. Ona tilidan boshqa bironta tilni bilmasdan bemalol yashash mumkin, deydiganlar ancha. Ular eng yaxshi badiiy asarlar allaqachon o‘zbek tiliga o‘girilgan, qolganlarini o‘qish uchun esa ikkinchi tilni o‘rganish shart emas, deb o‘ylaydi. Ammo biron-bir tilni o‘rganish kerakmi-yo‘qmi, degan savolga xolis javob olmoqchi bo‘lsangiz, chet tilini bilmaydiganlardan emas, xorijiy tilni biladigan odamdan so‘rab ko‘ring.

Axir o‘zida yo‘q narsaning ahamiyati haqida kim sizga to‘g‘ri ma’lumot bera oladi?

Dunyoga yangicha nigoh

Har bir til o‘ziga xos jihati bilan boshqalaridan ajralib turadi. Xuddi bizning tilda bo‘lgani kabi boshqa tillar ham o‘zida xalqning o‘tmishini aks ettiradi. Til o‘rganishning afzalliklarini uni mukammal o‘zlashtirmaguningizcha bilolmaysiz. Xorijiy tilni o‘rganish asnosida o‘sha xalqning turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishasiz. Bu til o‘rganishni boshlagan ilk kunlaringizdanoq sezilmaydi, ammo uni yaxshi va mukammal egallaganingiz sari hayot yanada yorqin va rang-barang ekanligiga amin bo‘lasiz. Zamonaviy psixologiya fani chet tilini o‘rganish inson xarakterini ham qisman o‘zgartiradi, degan fikrni ilgari surmoqda.

Keling, ko‘p gapirmasdan til o‘rganishning amaliy natijalarini sanab chiqamiz.

1. Internet qamrovi siz uchun yanada kengayadi. Ko‘pchilik bitta xorijiy tilni bilgani sababli kerakli ma’lumotlarni internetdan asosan shu tilda izlaydi. Ammo ingliz va yana bir nechta tilni bilganlar undan yuz chandon ortiq bilimga ega bo‘lishi turgan gap, boisi ular uchun ilk manbalar soni bir necha o‘n barobarga ko‘payadi-da.

2. Chet tilini bilish xorijiy filmlarni asliyatda ko‘rish imkonini beradi. Siz ham ayol, ham erkak kishi ijro etgan rollarga ovoz beruvchi aktyor emas, yoqtirgan kinoaktyorlaringizning haqiqiy ovozini tinglab, film tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, dialoglardagi so‘z o‘yinlari va hazillarni o‘zlashtirib borishingizda ham yordam beradi.

3. Ajnabiy musiqani shunchaki emas, tushunib tinglashga ko‘nikasiz.

4. Globallashuv jarayoni. Shitob bilan o‘zgarib borayotgan davrda avvalgidek masofa katta rol o‘ynamaydi. Yildan-yilga sayohat qiluvchilar soni ortib bormoqda. Ularning safiga qo‘shilganingizda, ziyorat qilgan osori-atiqa to‘g‘risida mahalliy gid bilan tarjimonsiz suhbatlashishga nima yetsin?!

5. Chet tilini o‘rganayotganingizda, ilgari sezmaganingiz yoki parvo qilmaganingiz – atrofingizda muhojirlar ko‘pligini payqab qolasiz. Tanishuv mustahkam do‘stlikka aylansa, dunyoning narigi burchagida ham sizni tushunadigan odamning borligi adadsiz Yer sharini bahaybat va begona emas, yaqin qiladi.

6. Til o‘rganish fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi. Qabrgacha ilm izlang, deya murojaat qilinadi hadisda. Britaniyalik olimlarning aniqlashicha, ikkinchi tilni o‘rganish miyaning nutqiy ravonlikni ta’minlovchi qismini rivojlantiradi. Til o‘rganishga qancha erta kirishsangiz, ravon va chiroyli gapirishingiz ham shuncha yaxshilanadi.

7. Til bilish daromadni ko‘paytiradi. Angliya shimoli-g‘arbida istiqomat qiluvchilar ona tilidan tashqari bitta tilni bilishsa, yiliga 3000 funt sterlingdan ortiq maosh olarkan. «Sunday List» nashrida dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini chop ettirgan Filipp Beresfordning tadqiqotiga ko‘ra, xorijiy til bir yillik faoliyat davomida g‘arbliklarga o‘rtacha 145 000 funt daromad keltirmoqda va hokazo.

Xorijiy tilni o‘rganishdan hayiqib, «menga shu til kerak bo‘larmikan?» deb o‘ziga savol beruvchilar, shubhalaringiz bekorligiga ishonavering. Zamonaviy dunyoda xorijiy til suv bilan havodek zarur.

Til o‘rganuvchilarning aksariyati 17-30 yoshni qarshilagan kishilardir. Endi ishga kelgan tajribasiz yoshlarning ko‘pchiligi to tajriba orttirguncha chet tillaridan bir nechtasini bilishi evaziga «jon saqlashadi».

Va nihoyat, bir qarorga keldingiz…

Endi nima qilish kerak? Kadrlarni xalqaro talablarga javob beradigan qilib tayyorlashni ko‘zlayotgan oliy o‘quv yurtlari soni yildan-yilga ko‘paymoqda. Ammo kamdan-kam institut va universitetlar talabalarning xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari uchun yetarli sharoit yaratib beradi. Shu sabab o‘zingizga mos o‘quv kursini toping. Sertifikat, tavsiyanoma olish, kursning bahosiga bilimlaringiz ham hamohang bo‘lishi kerak. Agar tilni yaxshi o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, bozor qonuniyatini nazarda tuting: yaxshi mahsulot arzon bo‘lmaydi. Unutmangki, o‘z kasbiga jiddiy yondashuvchi har qanday tashkilot yosh mutaxassislarning til bilish qobiliyatini e’tiborsiz qoldirmaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, til millatlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tovchi vosita, undan qo‘rqmay «xatlab» o‘tganlar bir yo‘la yutuq va «yangi olam»lar kalitini ham qo‘lga kiritadi. Eng muhimi, savollaringiz javobsiz qolib ketmaydi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

7 ta fikr

  1. Juda to’g’ri Yaqinda bir dastur izladim O’zbekcha yozgandim topilmadi lekin Rus tilida izlasam topildi Til o’rganish kerak

  2. To night the World will sleeep but Hunger will not wait for promises we made

    we share one soul we share one land we have one time to undersatnd

    we all one human kind brothers side by side , we’ll have no regret we will not forget

    we all one human kind sisters side by side ,we’ll have no regret we will Not forget

    Our words must count, Hunger will not wait for promises we made

    we share one soul we share one land we have one time to undersatnd

    we all one human kind brothers side by side , we’ll have no regret we will not forget

    we all one human kind sisters side by side ,we’ll have no regret we will Not forget

  3. Biz ingliz tilini o’rganayotganimizda juda ko’p qiziq usullardan foydalanar edik, ulardan bizga eng ko’p zavq bag’ishlaydigani esa, LISTENING TIME edi, chunki hammamiz bilamizki, ingliz tilida gapira olish bilan birga, suhbatdoshingizning gapini eshitib, tushuna olish ham juda muhim. IELST/TOEFL imtihonlarida ham LISTENING mahorati tekshiriladi. Bu mahoratni oshirishda esa juda qiziqarli usul, ya’ni eng zo’r va xitga aylangan, deyarli barcha sevib tinglaydigan ingliz tilidagi qo’shiqlar katta yordam berardi. Dars oxirida barchamizga ustozimiz qo’shiqning so’zlari chop etilgan qog’ozlarni tarqatardi va qushiqni tinglagan holda biz ham qushilib kuylardik. E’tibor bersam, bu 5 minutlik mashg’ulot Speaking kunikmasini oshirishga ham yordam berar ekan va eng muhimi bu mashg’ulotdan heeeech qachon ZERIKMAYSIZ! O’zim hozir darsga bormayotgan bulsam ham, MICHAEL JACKSON, LARA FABIAN, SAMI YUSUF, ADELE, SHAKIRA, BRYAN ADAMS, CELINE DION….. (bu ro’yhatni uzoq davom ettirish mumkin) kabi qushiqchilarni qushiqlarini maroq bilan tinglayman. Ingliz tilini o’rganayotganlar uchun, juda qiiziqarli maqolalar ovozli va doc. formatda taqdim etilgan, ular orqali eshitgan narsalarimizni oson tushinishni o’rganishimiz mumkin, bu kabi maqolalar jamlanmasini TAS-IX da quyidagi ssilkadan ko’chirib olishingiz mumkin, http://txt.uz/2732-radio-programmy-ot-www.radio.english.net-docmp3.html va http://txt.uz/2620-listen-to-english-docmp3.html

  4. Another day has gone, I’m still all alone
    How could this be, you’re not here with me
    You never said goodbye, someone tell me why
    Did you have to go and leave my world so cold
    Every day I sit and ask myself how did love slip away
    Something whispers in my ear and says

    That you are not alone, I am here with you
    Though you’re far away, I am here to stay
    But you are not alone, I am here with you
    Though we’re far apart, you’re always in my heart
    But you are not alone

    Alone, alone
    Why, alone

    Just the other night I thought I heard you cry
    Asking me to come and hold you in my arms
    I can hear your prayers, your burdens I will bear
    But first I need your hand, then forever can begin
    Every day I sit and ask myself how did love slip away
    Something whispers in my ear and says

    That you are not alone, I am here with you
    Though you’re far away, I am here to stay
    But you are not alone, I am here with you
    Though we’re far apart, you’re always in my heart
    But you are not alone

    Oh, whisper three words and I’ll come runnin’, fly
    And girl you know that I’ll be there, I’ll be there

    But you are not alone, I am here with you
    Though you’re far away, I am here to stay
    You are not alone, I am here with you
    Though we’re far apart, you’re always in my heart

    You are not alone (you are not alone)
    I am here with you (I am here with you)
    Though you’re far away (though you’re far away)
    (You and me) I am here to stay

    You are not alone (you are always in my heart)
    I am here with you (heart)
    Though we’re far apart (heart)
    You’re always in my heart
    For you are not alone

    Not alone, oh
    You are not alone, you are not alone
    Say it again, you are not alone, you are not alone
    Not alone, not alone
    You just reach out for me girl
    In the morning, in the evening
    Not alone, not alone
    You and me, not alone, oh
    Together, together
    Gat-dat being alone, gat-dat being alone

  5. Ёшим 43да. Мен инглиз тилини ўрганмоқчи эдим. Ўрганишни нимадан бошласам бўлар экан?

    • Saytimda video darslar bor, imkoningiz bo’lsa shu video darslarni ko’rishni boshlang. O’z darajangizga mos bosqichni topib olganingizdan so’ng qaysi manbaalardan o’rganishingiz kerakligi aniq bo’ladi. O’rganishingizda omad tilayman! Mendan qanday yordam kerak bo’lsa, saytimning Savol-Javob bo’limi orqali savollaringizga javob berishga har doim tayyorman!

  6. Salom. Saytga birinchi bor kirishim. Ammo interfeysning o’ziyoq menda yaxshi taassurot uyg’otdi. Juda foydali, ajoyib sayt yaratibsiz. Yana yangilab, takomillashtirib borasiz degan umiddaman. Men ham saytning doimiy foydalanuvchisiga aylanaman. Ommalashishiga ham hissa qo’shsam deyman. Kelgusi ishlarda muvaffaqiyat tilayman!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*