Bosh sahifa / O'qituvchilarga / Ta’limda Suqrot so’roqlashi usulidan foydalanish

Ta’limda Suqrot so’roqlashi usulidan foydalanish

Suqrot (Sokrat) kabi so’roqlash (ba’zan Socratic maieutics, deb ham yuritiladi) maummoning asl mohiyatini ochish, murakkab fikrlarni tushunib olish, shubhalarni qat’iy ishonchga aylantirish, mavjud ma’lumotlarni analiz qilish, biladiganlarimizni bilmaydiganlarimizdan ajratib olish, muhokamani boshqarish, yoki bildirilayotgan fikrning mantiqiy tarzda bo’layotganligini ta’minlash kabi keng qamrovli, turli yo’nalishdagi maqsadlar yo’lida ishlatilishi mumkin. Suqrot so’roqlashidan foydalanishning afzalliklari, so’roqlash usulining tarmoqlanganligi, fikrlashning asosiy jihatlarini to’liq qamrab olganligi hamda muammolarni hal qilish asoslarini o’zida mujassamlashtirganligidadir.

O’qituvchining Suqrot so’roqlashidan foydalanishidagi asosiy maqsadi o’quvchining ma’lum ilm sohasidagi bilimining qanchali darajada chuqur ekanligini aniqlash, uning mushohada yuritishini tekshirish, muammoli holatlarni bartaraf etishda qanchalik amaliy usullardan foydalayotganligini kuzatish hisbolanadi. O’quvchilarni so’roqlashga o’rgatish orqali ularga tayyor ma’lumotlarni berish bilan cheklanmasdan, mavjud bilim va ko’nikmaga asoslangan holda yangi kashfiyotlar qilishga, o’z fikrlashindan kelib chiqib hulosalar chiqarishga o’rgatish mumkin. Suqrotning o’zi ham «So’roqlash ta’limning asosi, har qanday o’rgatishning mazmuni», deb aytgan.

Ta’lim jarayonida o’qituvchilar Suqrot so’roqlashidan asosan ikki maqsadda foydalanishadi:

  • savol berish orqali o’quvchining ma’lum sohani, yoki ma’lumotni qay darajada tushunganligini aniqlash, uning bilimini tekshirish;
  • o’quvchilarda darsdan tashqari, kundalik hayotlarida so’roqlash orqali tushunchalarning asl mohiyatini ochishga o’rgatish.

Suqrot so’roqlashi ta’limda savol berishning qanchalik darajada muhim va kerakli ekanligini ko’rsatib beradi. Bu so’roqlash orqali o’rganish usuli izchil tarmoqlangan hamda tartibga solinmagan bilimlar o’rtasidagi farqni oydinlashtiradi. U bizga fikrlarimizning yuzaki ma’nosini yanada chuqurroq mushohada qilishni o’rgatadi. So’roqlash orqali samarali o’rganish tabiatini yaratish va yuksaltirish mumkin.

Ta’limda o’qituvchilar tomonidan Suqrot so’roqlashi quyidagi 6 ko’rinishda amal oshirilishi mumkin:

1. O’QUVCHILARNI O’Z FIKRLARINI ANIQLASHTIRISHGA UNDASH. Masalan, «Bu bilan nima demoqchisiz?», «Shu masalada qo’shimcha tarzda yana nimalar deya olasiz?», kabi savollar orqali bildirilayotgan fikrni to’ldirish, boyitishga undash mumkin.

2. O’QUVCHILARNI TAHMIN QILISHGA O’RGATISH. Bunda «Bu fikr har doim to’g’ri bo’lishi mumkinmi?», «Nega bu tahmin shu fikrga nisbatan o’rinli, deb o’ylaysiz?», kabi so’roqlash orqali gap ketayotgan munozaradan tashqariga chiqib, o’quvchining muammoga yana boshqa tahminiy yechimlarni qidirishga harakat qilishiga undashi mumkin.

3. BAHSNING ASOSINI ISBOT TASHKIL ETISHINI O’RGATISH. «Nimaga asoslanib shunday deyapsiz?», «Bu fikrga shubha bilan qarashingizga asos bormi?» kabi savollar o’quvchilarni o’z bildirayotgan fikrlarini isbot bilan mustahkamlashga undaydi.

4. QARSHI FIKR MUSHOHADASINI HISOBGA OLISH. «Bu aksincha bo’lishi ham mumkinmi?», «Kimda bu holatga qarama-qarshi bo’lgan fikr bor?», kabi savollar orqali gap ketayotgan mavzu mazmuniga qarama-qarshi fikrlarni o’rganish, yuzaga keltirish mumkin.

5. FIKRLASHDA UZVIYLIKNI TA’MINLASH. «Agar … sodir bo’lganda, … qanday natija bilan tugagan bo’lardi?», «… qanday qilib …ga ta’sir ko’rsatishi mumkin?», kabi bir tushunchaning boshqa bir tushunchaga ta’sir etishi, uning mazmun-mohiyatini to’liq o’zgartirib yuborishi mumkinligini ko’rsatuvchi savollar fikrlashdagi uzviylikni ta’minlaydi.

6. SAVOLNI SO’ROQLASHGA O’RGATISH. «Nega bu savolni berdim, deb o’ylaysiz?», «Nega men bergan bu savol shunchalik muhim?», «Savollardan qaysi biri ko’proq foydali, deb hisoblaysiz?», kabi berilayotgan savollarni mushohada qilishga undovchi so’roqlar nafaqat savolning o’zini yaxshiroq tushunib olishga, balki uning berilishi sabablarini ham tahlil qilishga o’rgatadi.

Suqroq so’roqlashidan foydalanish izchil fikrlashning asosi hisoblanadi, chunki u bahslashilayotgan fikrni mushohada etishning barcha jihatlarini qamrab oladi. Suqroq so’roqlashining asosiy maqsadi haqiqatni topish, uni yuzaga chiqarish bo’lganligi sababli, bu usulda o’rganish sinchkov fikrlash usuli bilan bir hil. Har ikkalasi ham mavjud ma’lumotlarni kuzatish, rivojlantirish, qayta ishlash hamda qayta yo’naltirish bilan shug’ullanadi. Ta’limda fikrlashga o’rgatishning asosiy maqsadlari ham huddi shunday.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Bitta fikr

  1. raxmat judayam kereli malumot

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*