Bosh sahifa / Jonli ingliz tili darslari xabarnomasi uchun obuna

Bepul jonli ingliz tili darslari

Darslar har kuni 17:00 da o’tkaziladi.

Jonli ingliz tili darslari O’zbekiston davlat Jahon tillari universitetining malakali ustozlari tomonidan olib boriladi. Darslarda qatnashish uchun Sizda mikrofon, naushnik (yoki har qanday ovoz eshitish moslamasi) va kompyuteringizga o’rnatilgan TeamSpeak dasturi bo’lishi shart. Web kamera ixtiyoriy.

TeamSpeak dasturini loyihaning rasmiy sayti lessons.fledu.uz sahifasidan yuklab olib, serverga ulanishingiz mumkin. Server orqali darslar (yakshanba kunidan tashqari) har kuni soat 17:00 da o’tkaziladi. Darslar boshlanishigacha istalgan vaqtda TeamSpeak dasturini o’rnatib, dars serveridan foydalanishni o’rganib, ko’nikma hosil qilishingiz tavsiya etiladi.

Jonli darslar bo’yicha yangiliklardan SMS orqali xabardor bo’lishni xohlasangiz, quyida o’z telefon raqamingiz bilan obuna bo’lishingiz mumkin.

+998 

Darslarning tashkil etilishi qanday rejalashtirilgan?

Rejaga ko’ra, darslar har kuni belgilangan bir vaqtda, jonli tarzda olib boriladi. O’rganuvchilarda TAS-IX tizimiga kamida 1 mbit tezlikdagi internet, naushnik/mikrofon va ingliz tilini o’rganish uchun xohish bo’lishi talab etiladi.
Darslardan tashqari har hafta Toshkentdagi elchixonalardan native speaker (ingliz tilida ona tili sifatida so’zlashuvchi) mehmon taklif qilib, o’rganuvchilar bilan jonli ingliz tilidagi muloqotlarni uyushtirmoqchimiz.
Bundan tashqari baholash tizimi, yaxshi natija ko’rsatgan o’rganuvchilarni moddiy rag’batlantirish, tarjimasiz filmlar, online testlar va ko’plab boshqa ajoyib imkoniyatlarni taqdim etish niyatidamiz.

Fikringiz biz uchun muhim!

Olib borilayotgan darslarimiz qanday bo’lishi kerak? Qaysi jihatlarga ko’proq e’tibor qaratishimiz kerak? Nima qilsak Siz o’rganuvchilar uchun qulay bo’ladi?
Iltimos, vaqt ajratib quyidagi so’vornomalarga javob bering. Natijalarga qarab keyingi rejalarni tuzib olamiz.

Darslar qaysi darajadan boshlansin?

 

Darslar kunning qaysi vaqtida o'tkazilgani ma'qul?

 

Darslarni qaysi kitob asosida o'tganimiz ma'qul?

 

Darslarda qaysi yo'nalishni rivojlantirishga ko'proq e'tibor qarataylik?

 

Darslarimizda ingliz tilini nima maqsadda o'rganmoqchisiz?

 

Yosh darajangiz qaysi guruhga mos keladi?

 

Ingliz tilidagi bilimingizni 1 dan 5 gacha mezonda baholang

 

Yana qaysi xorijiy tillar bo'yicha jonli darslarni tashkil qilaylik?

 

Qaysi muhim jihat haqida so’ramadik? Biror taklifingiz yoki fikringiz bormi? Iltimos, quyidagi fikr bildirish tizimi orqali fikringizni yozib qoldiring. Har bir o’rganuvchining xohishini albatta hisobga olamiz!

200 ta fikr

  1. qanaqa qilib o`gatadi ingliz tili, topolmadim qatan kirishni?

  2. otilmayaptiku
    hech kim yoq serverda

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*