Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Shveytsariya armiya pichog’i

Shveytsariya armiya pichog’i

Shveytsariya armiya pichog’i (Swiss Army Knife) nomi bilan mashxur bu pichoq har qanday kishining kundalik hayotida tez-tez kerak bo’ladigan kichik asboblarni o’z ichiga oladi. Unda o’tkir pichoqdan tashqari qaychi, ochgich, otvyortka va boshqa asboblar bor. Odatda bu pichoqning rangi qizil bo’ladi. Ammo sveytsariya armiya pichog’iga o’xshash qilib yasalgan boshqa minglab turdagi asboblarning turli ranglari uchraydi.

Bu foydali asbob haqida qiziqib shuni bildimki, u aslida birinchi marta Germaniyaning Solinger shahrida, Wester & Co. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ekan. Hamma gap shundaki, nemislarga Shveytsariya armiyasi bu turdagi pichoqni yasash uchun buyurtma bergan. Armiyaning asosiy maqsadi urush davrida Shveytsariya askarlarini pichoq, oziq-ovqatlar idishini ochgich va avtomatni tozalash/sozlash uchun otvyortka bilan ta’minlash bo’lgan. 1891-yilning yanvar oyida Model 1890 nomi ostida birinchi sveytsariya armiya pichoqlari ishlab chiqarilgan.

Bu pichoqning nomini AQSh askarlari qo’yishgan ekan. Ular pichoqning nemischa nomini talaffuz qila olishmay uni oddiygina qilib «Shveytsariya armiya pichog’i» deb atashgan. Yillar o’tishi bilan ushbu pichoq takomillashdi va hozirga qadar uning eng yangi ko’rinishi Shveytsariya armiyasida ishlatiladi.

Hozir ushbu turdagi pichoqning eng yangi, Soldatenmesser 08 (Askar pichog’i 08) deb nomlangan versiyasi 2008-yilning dekabr oyidan buyon Shveytsariya qurolli kuchlarida ishlatilib kelinmoqda.

Shaxsan o’zimga bu turdagi pichoqdan foydalanish juda yoqadi. Hozirda tahminan 8 yildan buyon Leatherman kompaniyasining pichog’idan foydalanaman. Haqiqiy Shveytsariya armiya pichog’ini AliExpressdan O’zbekistonga bepul yetkazib berish xizmati orqali 10 dollardan arzon narxda harid qilishingiz mumkin ekan. Bu ajoyib asboblar jamlanmasi kundalik hayotimizda, ishlarimizda va ta’mirlash/tuzatish jarayonlarida juda yaxshi foyda beradi.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*