Bosh sahifa / WordPress / O'rnatish va sozlash / SEOga mos URL qurilmasi va permalinklar

SEOga mos URL qurilmasi va permalinklar

WordPress tizimini birinchi marta o’rnatilganda uning URL qurilmasi SEO uchun umuman moslashtirilmagan bo’ladi. Yangi WordPress saytda qandaydir maqola yozib, chop etsangiz uning URL ko’rinishi quyidagiga o’xshash bo’ladi:

http://azamat.uz/?p=32

Bu qurilma Google kabi qidiruv mashinalari natijalarida maqolada mavjud bo’lgan ma’lumotni to’liq aks ettira olmaganligi sababli  yuqori o’ringa ko’tarila olmaydi. Uning qidiruv mashinalari tomonidan yaxshiroq topilishini ta’minlash va asosan URL qurilmamizni o’qish uchun osonroq, chiroyliroq qilish maqsadida WordPressning Permalink sozlanmalarini o’zimizga moslab sozlashimiz kerak bo’ladi. Oxirgi natijada http://azamat.uz/?p=32 ko’rinishidagi permalink quyidagicha ko’rinishga keladi:

http://azamat.uz/qanday-qilib-permalink-sozlash/

Bu ko’rinishdagi permalink maqola mazmunini to’liq yoritib bera oladi. Unga qarab biz maqolada permalink sozlash haqida ma’lumot borligini bilib olamiz. Google ham bunday permalinkli maqolalarni o’z natijalarining yuqoriroq qismiga joylashtiradi.

Keling, WordPressdagi permalink sozlanmalarini o’zimizga va SEOga moslab olamiz.

1. Permalink sozlanmalarini oching.

Permalink rus tilida «Постоянные ссылки», o’zbek tilida esa «Doimiy bog’lar» deb tarjima qilingan bo’lishi mumkin. WordPress permalink sozlanmalari sahifasida Sizga sayt permalinklarining bir necha tanlovini taqdim etadi. Buni yuqoridagi rasmda ko’rib turibsiz. Masalan, birinchisi maqola raqami bo’yicha permalink ko’rinishi. Ikkinchisi kun va nom, ya’ni maqola chop etilgan kunning to’liq sanasi va keyin maqola nomi yozilishi, keyin oy va nom, raqamli va hokazo…

Biz oxirgi tanlov bilan o’zimizga mos permalinkni sozlab olishimiz mumkin. Custom Structure tanlovini belgilab uning to’g’risidagi joyda o’zimizga mos bo’lgan permalink qurilmasini yozishimiz mumkin.

Bu yerda permalink qismi nomi foiz % belgilarining o’rtasida yoziladi. Masalan, %postname% yozuvi shu yerda maqola nomi bo’lishini anglatadi.

Men Azamat.uz saytida /%postname%/ qurilmasidan foydalanaman, shuning uchun sayt permalinklari http://azamat.uz/maqola-nomi/ ko’rinishida chiqadi. Ko’pincha maqola nomidan avval uning bo’limini ko’rsatish ham tavsiya etiladi. Bunda /%category%/%postname%/ qurilmasi ishlatiladi. Bu permalink qurilmasi bilan http://azamat.uz/bulim-nomi/maqola-nomi/ ko’rinishidagi URLga ega bo’lasiz.

Permalinklarda ishlatish mumkin bo’lgan URL qismlari ko’p. Ulardan ba’zilarini ma’nolari bilan ko’rib o’tamiz:

%year% – maqola chop etilgan yil, 4 xonali raqamdan iborat son ko’rinishida ko’rsatiladi. Masalan, 2015.

%monthnum% – maqola chop etilgan oy raqami. Masalan, avgust uchun 08.

%day% – maqola chop etilgan sana raqami. Masalan, bugungi sana 15.

%hour% – maqola chop etilgan soat 24 soatli hisob bo’yicha. Masalan, 14.

%minute% – maqola chop etilgan daqiqa. Masalan, 45.

%second% – maqola chop etilgan sekund. Masalan, 33.

%postname% – maqola nomi, bo’sh joylar va URLda bo’lishi mumkin bo’lmagan belgilardan tozalangan holatda. Masalan, maqola sarlavhasi «Men G’ofur G’ulom bog’idaman» degan maqola permalinkda «men-gofur-gulom-bogidaman» ko’rinishida chiqadi. Ya’ni bo’sh joylar va URLda rusxat berilmagan belgilar olib tashlanadi.

%post_id% – har bir maqola uchun belgilanadigan takrorlanman ID raqam. Masalan, 425.

%category% – maqola nomi singari bo’sh joylar va belgilar olib tashlangan bo’lim nomi. Masalan, «O’zbekiston iqlimi» bo’limi permalinkda «ozbekiston-iqlimi» ko’rinishida chiqadi.

%author% – yuqoridagi singari tozalangan muallifning profil sozlanmalarida yozilgan ismi. Masalan: Sherali Obidov -> sherali-obidov.

WordPressning permalinklari bo’yicha ko’proq ma’lumotni Permalinklar bo’yicha Kodeksda olishingiz mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

4 ta fikr

  1. Salom Azamat aka maqola menga yoqdi
    men saytimning nomidan keyin blog qo’shimchasi paydo bo’lib qoldi masalan azamat.uz/blog/savol-javob/
    bu anchadan beri turibdi lekin o’chmayapti buni qanday olish mumkin?
    Etiboringiz uchun raxmat

    • Avva bu slug qayerdan kelganligini topish kerak. Avval permalink sozlanmalarini ko’rib chiqing. Sizda WPML yoqilgan bo’lsa, uning sozlanmalarini ko’ring. Shundan so’ng FTP orqali saytingizning .htaccess faylini ko’rib chiqishingiz mumkin bo’ladi.

  2. azamat.uz/maqola-nomi.html килса хам боладими?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*