Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Sayt tayyorlashni bepul o’rgatish uchun shogirdlar izlayapmiz

Sayt tayyorlashni bepul o’rgatish uchun shogirdlar izlayapmiz

Jamoamiz bilan saytlar tayyorlash va web dasturchilikni 100% bepul o’rgatish kursini tashkil etish haqida kelishib oldik. Agar Siz sayt tayyorlashni boshidan o’rganishni istasangiz, o’zingiz mustaqil sayt yaratishni xohlasangiz bizning kurslarimizga qatnashishingiz mumkin. Kurs bepul, unga istagan kishi qatnashishi mumkin. Sayt tayyorlashni o’rgatish uchun hech qanday to’lov yoki xizmat talab etilmaydi.

Kursda saytni to’liq boshidan kod asosida yozish ham, WordPress kabi tayyor tizimlar asosida tayyorlash ham o’rgatiladi. Sayt tayyorlash sohasiga qiziqayotgan ammo o’rganishga qiynalib turgan yoshlar uchun kurslarimiz ayni muddao bo’ladi, degan umiddamiz!

Jamoamiz a’zosi Anvar Ulugov o’zining Facebookdagi sahifasida quyidagicha e’lon yozdi:

Web saytlar tayyorlash va shu kasbni egallash niyyatida bo’lgan kishilar diqqatiga. Men o’zim uchun shogird va sheriklar yig’ish va ularga o’zim bilgan barcha bilim/tajribalarni beminnat o’rgatish niyyatidaman. Kim menga shogird tushish niyyatida bo’lsa, aloqaga chiqsin. Shogirdlarni quyidagi shartlar asosida qabul qilaman:
– Web saytlar tayyorlashga qiziquvchi;
– (HTML, CSS va PHP dan xabari bor) yoki (Ingliz/Rus tilini yaxshi biladigan);
– tajribasi yetishmayotgan;
– amaliyotda bilimini oshirishga ehtiyoj sezayotgan;
– qo’shilish uchun biror jamoa izlayotgan;
– tajribaliroq biror kishidan ko’proq narsa o’rganish niyyatida bo’lgan;
– oldiga aniq bir moliyaviy kirimni maqsad qilib qo’ymagan;
– ochiq ko’ngilli;
– samimiy va rostgoy;
– kamtarin;
– o’zi tuzgan jadvalga o’zi amal qila oladigan;

Shogirdlikka olingan kishilar nasib etsa quyidagilarni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar:
– HTML, CSS, jQuery;
– PHP, OOP, MVC, WordPress, Yiiframework;
– Linux (Ubuntu/Debian);
– Linuxda Webserver o’rnatish;
– Windowsda tarmoq tuzish;
– Linuxda tarmoq tuzish;
– Va boshqalar…

Izoh: Yuqoridagi bilimlarni men boshingizga solib qo’ya olmayman, bularning barchasini o’rganish avvalo o’zingizga bog’liq bo’ladi.

Imtiyoz: O’rgatilgan bilimlarni puxta o’rganib, yaxshi mutaxassis bo’lib yetishgan o’rganuvchilarga TeaSoft LLC va yana ba’zi hamkor tashkilotlardan tayyor ish ham taklif qilinadi, nasib etsa 🙂

Agar sizga ushbu xabar yetib borgan-u, ammo qiziq va foydali bo’lib chiqmasa, sizdan iltimos, o’zingiz bilgan qiziquvchilarga bu haqda yetkazsangiz, sizdan juda minnatdor bo’lar edim.
Tashakkur.

Aloqa ma’lumotlari:
Telegram: https://telegram.me/joinchat/BbG6Nj2O0ZJSfYuPY9wP4A
E-mail: anvar[a]ulugov.uz
Facebook.

Agar Sizda sayt tayyorlashga qiziqish bo’lsa, o’rganishni istasangiz, kurslarimizda albatta qatnashing! Kurslarda shaxsan o’zim ham qatnashaman va bilganlarimni o’rgatishga harakat qilaman. Yana bir bor eslatib o’tish joizki, kurs to’liq bepul va sayt tayyorlashni boshidan o’rganish uchun hech qanday to’lov olinmaydi.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar o’z bilimlarini amalda yaxshi natija bilan ko’rsatib bera olishsa, o’z jamoamizga ishga taklif qilish rejamiz bor. Jamoamizda ishlash muhiti haqiqiy dasturchilar ozrusidagi qoidalarga asoslanadi. Imkoniyatdan foydalaning, sayt tayyorlashni o’rganing va O’zbekiston internetini sifatli saytlar bilan boyitishga hissa qo’shing!

Kurslar qayerda, qachon va qay tarzda o’tkazilishi hozircha ma’lum emas. Kurs haqidagi barcha savollaringizni Anvar Ulugovga yo’naltirishingizni so’raymiz. Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Telegram: https://telegram.me/joinchat/BbG6Nj2O0ZJSfYuPY9wP4A
E-mail: anvar[a]ulugov.uz
Facebook: www.facebook.com/ulugov

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

23 ta fikr

  1. Salom Azamat Xodjakov. Yaqshi ish bolangan ekan, savolim kurslar internet orqali o’tiladimi yoki aniq bir joydami

  2. Internetda bo’ladimi? yoki biror joyda? Boshqa viloyatdagilar qanday qo’shilaoladi?

  3. Juda ajoyib loyiha, agar alohida domenda olib borilsa kelajagi yorqinroq bo’ladi…!

  4. Bu ham ingliz tili darsrlari kabi yo’q bo’lib ketmasa kerak

    • Ingliz tili darslari yo’q bo’lib ketmagan. Hozirgacha ham avvalgi reja bo’yicha har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 17:00 da online rejimda ishlaypti. Shunchaki uni alohida lessons.fledu.uz sahifasiga ko’chirganmiz. Vaqtingiz bo’lganda darslarda qatnashib turing, video translyatsiya orqali sifatli tayyorlanishib dars o’tishayapti.

  5. juda yaxshi oylabsizlar online vebinar bolarkanda
    anvar ulugov ulugov.uz sayti asoschisi mi?

  6. Azamat aka sizday yoshlar bilan bir Viloyatda yashashdan g’ururlanaman, sizlarday web master bo’lishga xarakat qilmoqchiman. Ishlarizga omad tilab qolaman, Termez shaxridan Bahtiyor. WPinfo.uz

  7. Azamat aka hali darslar boshlanmadimi

  8. Айгерим

    Здравствуйте, Азамат. очень радует, что есть такие молодые люди, безвозмездно помогающие другим найти своё место в жизни. есть вопрос: есть ли ваши ученики и в Навои? очень хотелось бы научиться создавать сайты.

  9. Azamat aka juda savobli ishni boshlabsizlar. Men ham shau guruhga qo’shilmoqchiman. Buning uchun nimalar qilishim kerak

  10. Rostanmi o’rganishga nechchi oy ketadi sayt ochish uchun nima qilish kerak qayirda buladi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*