Bosh sahifa / Sayt tayyorlash

Qisqa fursatda va arzon narxda sifatli sayt tayyorlatmoqchimisiz?

Ortiqcha tashvish va xarajatlarni unuting. Biz bilan hamkorlik qilsangiz yangi saytingizni yaqin atrofingizda topish mumkin bo’lgan eng arzon narxdan ham arzonroq bahoga tayyorlatishingiz mumkin. Bundan tashqari, biz ishni juda tez bajaramiz! O’rtacha qiynlikdagi saytingizni bir necha soatda tayyorlab berishimiz mumkin! Juda qiyin, katta loyihalar uzog’i bilan bir-ikki kunda tayyor bo’ladi.

Biz hosting yoki domenlarni ro’yxatga olish xizmatini ko’rsatmaymiz. Iltimos, sayt tayyorlashga buyurtma berishdan avval Sizda hosting va domen bo’lishi kerakligini yodingizdan chiqarmang.

Saytlar tayyorlash sohasi aniq bir narx belgilanadigan ish emas. Qanday turdagi saytni qancha narxda tayyorlab berishimiz mumkinligi haqidagi aniq ma’lumotni telefon orqali loyihani tahminiy tasvirlab berganingizdan keyin olishingiz mumkin. Ammo, umumiy tasavvurga ega bo’lishingiz uchun quyida sayt turlari va ularni tayyorlatish uchun talab etiladigan xarajatning tahminiy miqdori haqida bilib olishingiz mumkin.

Maktab yoki ta’lim muassasasi, o’qituvchilar uchun rasmiy sayt tayyorlashda ham yordam beramiz.

fikr_uzOddiy blog

Bunday saytda yuqori yoki yon menyu, bir necha qo’shimcha vidjetlar va barcha maqolalarning (rasmi bilan) ro’yxati ko’rsatiladi. Sodda tuzilishga ega bo’lgan bunday sayt shaxsiy blog, qaysidir qiziqishga oid maqolalar yozib boriladigan saytlarga juda mos.

Fikr.uz saytiga kirib ko’ring. Shunga o’xshash sayt tayyorlatmoqchimisiz?

Bunday saytni tayyorlatish bahosi tahminan 500-600 ming so’m atrofida bo’ladi.

Oddiy blog-sayt bir necha soatda tayyor bo’ladi.

Yuqoridagi narx tahminiy. Buyurtmachining talabiga ko’ra, tayyorlanadigan saytning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda narx o’zgarishi mumkin.

 xushnudbek_uzShaxsiy blog

Bu turdagi sayt o’z ichiga yuqori, pastki, yon menyular, bosh sahifadagi bo’limlarni alohida ajratib ko’rsatuvchi bloklar, yon tomonda reklama uchun joy va boshqa ma’lumotlarni ko’rsatuvchi vidjetlarni oladi. Saytning tahminiy tuzilishini Xushnudbek.uz yoki ko’rib turganingiz, Azamat.uz saytlari misolida ko’rishingiz mumkin.

Saytni tayyorlash bahosi tahminan 800-900 ming so’mni tashkil etadi.

Narx tahminiy bo’lganligi sababli tayyorlanishi kerak bo’lgan sayt talablari va tayyorlash bahosini telefon orqali muhokama qilamiz.

Sayt bir kunda tayyor bo’ladi.

kun_uzModulli sayt

Bunday sayt ko’proq katta yangiliklar saytlariga, portallar yoki ko’ngilochar saytlar guruhiga mos keladi. Bunda sayt turli ko’rinishdagi modul-bloklardan iborat bo’ladi. Saytning ishlab turgan tahminiy namunalarini Kun.uz yoki Stadion.uz saytlari misolida ko’rishingiz mumkin.

Bu turdagi saytni tayyorlash bahosi tahminan 1 000 000 – 1 300 000 so’m atrofida bo’ladi.

Sayt bir-ikki kunda tayyor bo’ladi.

Aniqroq ma’lumot olish uchun qo’ng’iroq qiling.

uybor_uzMaxsus imkoniyatli sayt

Bunday saytlarda yuqorida sanab o’tilgan saytlarda bo’lmaydigan maxsus imkoniyatlar bo’ladi. Masalan, Uybor.uz saytidagidek, foydalanuvchilar sotiladigan yoki ijaraga beriladigan uylar haqida e’lon kiritishlari mumkin bo’ladi. Bunda asosiy e’tibor sayt va foydalanuvchi o’rtasidagi aloqaga qaratiladi.

Bunday saytni tahminan 1 500 000 – 2 000 000 so’mga tayyorlab beramiz.

Sayt bir necha kunda tayyor bo’ladi.

Telefon qiling va hammasini gaplashib olamiz.

Bizda asosiy e’tibor WordPress tizimiga qaratilganligi hamda ushbu tizimning dunyo bo’yicha birinchi o’rinda ishlatilayotganligi sababli yuqorida aytib o’tilgan barcha turlar bo’yicha saytlarni faqat WordPress tizimi asosida tayyolab beramiz. Bunda WordPress tizimi (Sizning tayyorlanajak saytingiz) tili ruscha yoki inglizcha bo’ladi. Hozircha WordPressning o’zbek tilidagi versiyasi to’liq ishlab chiqilmagan.

Saytingizni o’rnatib berganimizdan keyin uni o’zingiz o’zbekchalashtirishingizga to’g’ri keladi. Bunda faqat sayt shabloni o’zbek tiliga tarjima qilinadi (ya’ni, administratorga emas, foydalanuvchilarga ko’rinib turadigan qismi). Saytning administrator ko’radigan qismi esa rus yoki ingliz tilida qoldiriladi. Saytingiz uchun tanlangan shablon tarjima qilish imkoniyatini bersa, uni PO va MO fayllar yordamida tarjima qila olasiz. Aks holda shablonni «qo’lda» tarjima qilishga to’g’ri keladi. O’zingiz tarjima qilishni istamasangiz qo’shimcha to’lov evaziga istalgan shablonni o’zbekchalashtirib berishimiz mumkin.

WordPress asosida tayyorlatmoqchi bo’layotgan saytingizning tashqi ko’rinishini shablon belgilaydi. Sayt ko’rinishi qanday bo’lishi kerakligini bizga tasvirlab bersangiz, unga eng mos bo’lgan shablonni o’zimiz topamiz. Shablonni o’zingiz tanlashingiz ham mumkin. Buning uchun mana bu yerga o’ting.

Buyurtma bermoqchimisiz? Hoziroq qo’ng’iroq qiling:

(+998 93) 798 22 00

(WhatsApp / Telegram)