Bosh sahifa / Reklama

Endi Azamat.uz saytida o’z reklamalaringizni joylashtirishingiz mumkin. Saytim orqali mahsulot va xizmatlaringizni reklama qilishingiz – muvaffaqiyatli tijoratingiz garovi bo’lib xizmat qilishi mumkin!

Nega reklamangizni aynan Azamat.uz saytida joylashtirishingiz kerak?

  • Azamat.uz saytiga ilm o’rganishni xohlovchi yoshlar tashrif buyuradi;
  • Sayt foydalanuvchilarining 90% qismi – abituriyent va mustaqil o’rganuvchilar;
  • Azamat.uz sayti orqali ingliz tilini bepul o’rganish mumkin, shuning uchun ham ingliz tilini o’rganishni xohlovchilar boshqa saytga nisbatan mening saytimga ko’proq tashrif buyurishadi;
  • Saytim orqali ingliz tili grammatikasiga oid bepul, o’zbek tilidagi video darslar taqdimoti bo’ladi. Video darslarning ommalashuvi – sayt foydalanuvchilarining ko’payishiga olib keladi;
  • Azamat.uz saytiga tashrif buyuruvchilar soni kundan-kunga ortib borayapti;
  • Eng qiziqarli ma’lumotlar, foydali resurslar va Siz uchun qulay bo’lgan to’lov usullarining barchasi Azamat.uz saytida mavjud!

Kimlar Azamat.uz saytida reklama joylashtirishga ko’proq qiziqishlari kerak?

  • Ingliz tili va xorijiy tillar repetitorlari: saytga chet tillarini o’rganishga ishtiyoqmand bo’lgan yoshlar tashrif buyuradi. Bu – o’z nomingizni butun O’zbekiston abituriyentlariga tanitish uchun qulay imkoniyat!
  • Mustaqil o’rganishga yo’naltirilgan qo’llanmalar mualliflari: saytning deyarli barcha foydalanuvchilari – chet tillarini mustaqil o’rganish ishtiyoqida bo’lgan yoshlar. Ularga o’z ijod mahsullaringizni saytim orqali tanishtiring!
  • Abituriyentlar bilan hamkorlikda ishlovchi o’quv kurslari: Siz haqingizda butun O’zbekiston abituriyentlari xabardor bo’lishini xohlaysizmi?
  • O’z sayti foydalanuvchilarining ortishini xohlagan webmasterlar: saytingizga tashrif buyuruvchilar sonini Azamat.uz sayti mashxurligi orqali ko’paytirish imkoniyati mavjud!
  • Turli yo’nalishga oid sayt egalari: Azamat.uz saytida ingliz tilidan tashqari sayt yaratish, internetda pul topish, shaxsiy rivojlanish, know-how, internet savodxonlik va boshqa sohalar ham yoritiladi.

Qanday o’lchovdagi reklamalarni joylashtirish mumkin?

Saytda istalgan hajmdagi reklamani joylashtirishingiz mumkin. Quyida eng ko’p foydalaniladigan, standart o’lchamdagi reklama turlarini keltirib o’taman. Bu o’lchovdagi reklamalarni joylashtirish narxlari reklamaning saytda 30 kun davomida ko’rsatilishi uchun belgilangan.

1160×90 o’lchamli reklama – 150 000 so’m

1160x—90-ielts

728×90 o’lchamli reklama – 100 000 so’m

728x90-ielts 728x90-banner-english

160×600 o’lchamli reklama – 75 000 so’m

banners-block

300×250 o’lchamli reklama – 50 000 so’m

300x250-online-lesson

620×60 o’lchamli reklama – 35 000 so’m

620x60-webnode-prepost

Yuqoridagi istalgan o’lchamli reklamani saytga joylashtirish uchun buyurtma berganingizda reklama bepul tayyorlab beriladi. Istalgan ko’rinishdagi reklama oddiy, gif (animatsion) yoki boshqa shaklda tayyorlatishingiz mumkin.

Reklamalaringiz saytning qaysi qismida joylashtiriladi?

Yuqorida ko’rsatilgan reklama namunalarini saytning deyarli barcha qismlarida ko’rishingiz mumkin. O’zingizga eng ma’qul bo’lgan joyni tanlang, reklama o’lchoviga buyurtma bering, to’lovni amalga oshiring va saytimning barcha foydalanuvchilari Sizning reklamangizni ko’rishadi.

Agar saytimdagi reklamalarning joylashuvi Sizga ma’qul bo’lmasa, men bilan bog’laning va talabingizga ko’ra saytning istalgan joyida reklamangiz uchun joy ajratiladi!

Bog’lanish uchun (Telegram, WhatsApp, Viber) telefon:

(+998 93) 798 22 00