Bosh sahifa / WordPress / Yuritish / «Read more…» tegidan foydalanish

«Read more…» tegidan foydalanish

«Read more…» («Davomi…») tegi maqolani yozayotgan vaqtda qo’yilishi mumkin va bu frontendda «Davomi…» yoki «Davomini o’qish…» yozuvi yoki tugmasi sifatida ko’rinadi. Amalda buni ko’rish uchun mana bu yerga o’ting va maqolalarning anons matnidan keyin «Davomi >>» deyilgan tugmaga e’tibor qarating. Bular huddi shu «read more» tegi yordamida yasalgan.

«Read more…» tegini qo’shish WordPressning vizual matn muharririda birinchi qator tugmalarining eng oxiridagi funksional tugma yordamida amalga oshiriladi. Bu tugma to’g’risida «WordPress tizimining matn muharriri» maqolasida yozilgan edi. Vizual matn muharriridagi «read more» tugmasidan foydalanish uchun «read more» tegi paydo bo’lishini xohlagan joyimizga kursorni qo’yamiz va tugmani bosamiz:

 Agar kursor matn o’rtasida joylashtirilgan bo’lsa, kursor turgan joydan boshlab matn o’rtasida MORE deb yozilgan uzuq chiziqli to’g’ri chiziq bilan ajratiladi. Bu frontendda ko’rinadigan «read more» yozuvi yoki tugmasining vizual muharrirda ko’rinishi hisoblanadi.

Matn muharririning matnli (tekst) qismida yozganda «read more» tegini mana bu teg yordamida ko’rsatamiz:

<!--more-->

Yodingizda bo’lsin, matn muharririning vizual ko’rinishida matnlar yoziladi, matn (tekst) ko’rinishida esa HTML kodlar, teglar va boshqa kerakli skriptlar yoziladi.

«Read more» imkoniyati katta hajmli ma’lumotlarga ega bo’lgan bir necha postlarni ro’yxat sifatida mana bu yerdagidek ko’rsatilganda qisqa, tartibli va davomini o’qish imkoniyati bilan taxlash imkoniyatini beradi. Agar «read more» bo’lmaganda edi, barcha postlar o’z ichidagi to’liq matni bilan ko’rinardi va bu frontenddagi foydalanuvchilar uchun bir oz noqulayliklar tug’dirishi mumkin edi.

WordPress tizimida «read more» tegidan faqat postlar (maqolalar)dagina foydalana olamiz. Bu teg sahifalar uchun ishlamaydi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

10 ta fikr

  1. shuni qo`ymasdan ma`lum miqdordagini avtomatik qisqartiradigan qilsa bo`ladimi

  2. Azamat qandaysiz? Read more tugmasini o’zgartirganimda bosh sahifadagilari o’zgarmayapti. Nima sabab deb o’ylaysiz?

  3. Continue reading YUTUQLARIMIZ → shuni » davomi» qilishim uchun 3 kundan beri xarakat qilyapman.O`xshamayapti.Azamat aka yordam bering.Men endi boshladim xali tushuncha ozda.Raxmat kotta

  4. meni yaratgan web saytni ba’zi postlarida red more… chiqyapti ba’zilarida esa to’liq matn chiqyapti. Qanday to’g’rlasam bo’ldi panellarni englishda ishlataman

  5. Thank you I have just done.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*