Bosh sahifa / Grammatik mavzular / Ravish (Adverb)

Ravish (Adverb)

Ravish fe’l (ish-harakat)ning belgisini bildiradi hamda ish-harakat qanday usluda, qayday qilib bajarilganligini bildiradi. Quyidagi misollarda ravishning ishlatilishiga e’tibor bering:

  • U eshikni sekin ochdi.
  • Biz baland ovozda gapirdik.
  • Siz juda tez gapirayapsiz.

Ingliz tilida ravish sifatga «-ly» qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi. Masalan:

  • He speaks English very fluently – U ingliz tilida juda ravon gapiradi. («fluent»-«ravon». «fluently-ravon»(ravish))
  • They came in quietly – Ular sekin kirishdi. («quietly» – sekin. Ish-harakat qanday sodir etilganligini bildiradi).
  • She drives the car very badly – U mashinani juda yomon haydaydi.

Ingliz tilida ravish fe’ldan keyin ishlatiladi. Yuqoridagi misollarda buning guvohi bo’lishingiz mumkin.

Ingliz tilidagi barcha sifatga ham «-ly» qo’shimchasini qo’shish orqali ravish yasalavermaydi. Quyidagi 4 ta sifatga hech qachon ravish yasash uchun «-ly» qo’shimchasi qo’shilmaydi. Bu sifatlar ham ravish ham sifat o’rnida shakli o’zgarmasdan ishlatilaveradi.

FAST – TEZ;

HARD – QATTIQ, OG’IR;

LATE – KECH;

EARLY – ERTA.

Misollarga e’tibor qiling:

  • He drives very fast – U juda tez haydaydi («fast» – ravish).
  • They came very late – Ular juda kech kelishdi («late» – ravish).
  • I am working hard – Men qattiq ishlayapman.
  • You must come early – Siz erta (vaqtidan oldin) kelishingiz kerak.

Bundan tashqari «GOOD» (yaxshi) sifatining ravish shakli «WELL» bo’ladi. Misolga e’tibor bering:

Tom plays tennis very well – Tom tennisni juda yaxshi o’ynaydi.

«WELL» so’zi har doim ravish vazifasida ishlatiladi, bu so’z faqatgina sog’lik ma’nosida sifat tarzida ishlatilishi mumkin. Masalan:

My brother is not very well at the moment – Ayni vaqtda mening akam juda yaxshi emas (sog’lom emas).

Ravish haqidagi savollaringizga javob berishdan har doim xursandman!

Abituriyentlar uchun test formulalari

28 ta fikr

  1. iltimos testlarni javobini belgilab bering.
    1) the car went …. and… down the hill/
    a)very fast/dangerous b)silently/safe c) faster/faster d)later/slow

    2)of the 2 boys, the child chose…..
    a)the less expensive b)the least expensive c)the one most expensive d)the most expensive of them
    3)…. price of sugar has risen by…. penny…kilo.
    a)the/a/a B)-/A/A C)THE/-/A D)-/-/A

    »Lake Beta is 20m deep. lake Alfa is 80m deep». means: the depth of Lake Beta is …. that of lake Alfa .
    a)one-fourth b) four times c)one-third d)3 times

    4) the height of Mt Vesevious is about 1200 m and that of Mt Balanc is 4800m. Mt Balanc is the….. of the 2 mountains. its height is about … of Mt Vesevious.
    a)higher/ one fourth that b)highest/ one fourth c) highest/4 times that d)higher/4 times that

    5)Diana would have got up earlier if…..
    a)she knew the train left at 6.30
    b)the alarm clock went off on time
    c)you could have woken her up
    d)she could sleep well

    6)there are pictures of …. in the newspaper everyday. i really don’t want to see them.
    a)peace b)freedom c)peope d)violence (kitobda javobi d ekan so’zning ma’nosi qanday)

    7)the man on the phone wanted me to…. a moment.
    a)stay calm b) hold on c)take on d)put off

    keyin bir savolim bor edi: ranglarning ortirrma, qiyosiy , ozaytirma shakllari qanday yasaladi?

    • 1-C, 2-B, 3-C, Lake Beta-A, 4-C, 5-B, 6-D (vaxshiylik), 7-B.
      Ranglar: dark, light, yoki -ish qo’shimchasi. Masalan: dark blue – to’q ko’k rang, light blue – och ko’k rang, yellowish – sarg’ish. Shuni so’raganmidingiz?

  2. testlar javobini yechib bera olasizmi

  3. Salom Azamat aka. Siz men uchun katta yaxshilik qilyapsiz. Buning uchun katta rahmat. Men o’qituvchiman. Lekin aniq bir kitobdan tayyorlanmaganman. Kopchilik murphy otarkan. Shu ichidagi darslar haqida toliq malumotlar yozsangiz iltimos……….

  4. Assalomu alekum va rahmatullohi va barakatuh! Raxmat kottakon rahmat oqib ozim ochun ancha engilik oldim

  5. Xat va Insho yozish qoidalarini oson tushuntira olasizmi?

  6. Салом, манга равиш сурок гапларда сурок суз ва кушма гапларда богловчи вазифасида келадиган равишалани хаммасини билиберинг.Масалан пайт равишлари урин тарз ва бошкалар.пайт равишида now, when хуллас шулани хаммаси керегиди рахмат

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*