Bosh sahifa / Grammatik mavzular / QUITE va RATHER

QUITE va RATHER

Quite va rather so’zlari ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilinganda «ancha-muncha«, «ko’p» kabi ma’nolarni anglatishi mumkin. Garchi bu ikki so’z bir hil tarjimaga ega bo’lsa ham, ularning ishlatilishida bir nechta farqlar bo’lishi mumkin. Keling, so’zlarni alohida-alohida ko’rib chiqamiz.

Quite o’zbek tiliga «kamdan ko’proq, lekin ko’pdan kamroq«, ya’ni «ancha-muncha» deb tarjima qilinadi. Quyidagi misollarda quite so’zining tarjimasiga e’tibor bering:

  • He is quite famous – U ancha-muncha mashxur;
  • This coat is quite expensive – Bu palto ancha-muncha qimmat;
  • He lives quite near me – U menga ancha-muncha yaqin joyda yashaydi.

Yuqoridagi gaplarga e’tibor bergan bo’lsangiz, quite so’zi sifatdan oldin ishlatiladi.

Rather so’zi ham huddi quite singari tarjima qilinadi, ammo rather quite so’ziga nisbatan salbiyroq bo’lgan ma’nolarni ifodalash uchun ishlatiladi. Quyidagi misollarga e’tibor bering:

  • Tom is a rather lazy boy – Tom ancha-muncha dangasa bola;
  • The task is rather difficult – Topshiriq ancha-muncha qiyin;
  • My home is rather a long way to walk – Mening uyim piyoda borish uchun ancha-muncha uzoq.

Quyidagi misolga e’tibor bering: bitta gapda ikkita – ham salbiy, ham ijobiy fikr keltirilgan. Bu fikrlar bilan quite va rather so’zlarining ishlatilishini farqlang:

She is quite intelligent but rather lazy – U ancha-muncha aqlli ammo ancha-muncha dangasa.

Gaplarda rather so’zi ijobiy ma’nodagi sifatlar bilan ham ishlatilishi mumkin. Bunday holatlarda bu otning «noodatiy tarzda«, «g’ayritabiiy holatda» ekanligini ifodalab keladi. Quyidagi misollarda buni ko’rishingiz mumkin:

  •  These oranges are rather nice – Bu apelsinlar juda yaxshi (yaxshi bo’lishini kutmagandim, ammo ular g’ayrioddiy darajada yaxshi ekan);
  • Ann didn’t like the book but I thought it was rather interesting – Anna kitobni yoqtirmadi, ammo mening o’ylashimcha u juda qiziq ekan (kutilmagan tarzda qiziq ekan, g’ayritabiiy ravishda yaxshi kitob ekan).

Hammamiz ham o’rganayapmiz. Savollar bo’lsa bemalol murojaat qilavering!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

2 ta fikr

  1. Juda yaxshi tushuntirar ekansiz bu so’zlar haqida avval eshitmagandim endi ular haqida juda yaxshi bilib oldim. RAxmat

  2. Ingiliz tilidagi predloglar haqida ko’proq ma’lumotlar bero oldasizmi?
    Man shu predloglarni to’liq o’rganishnmoqchiman Iltimos!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*