Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Qimmatligiga qaramasdan bo’sh bo’lgan 20 ta domen

Qimmatligiga qaramasdan bo’sh bo’lgan 20 ta domen

Milliy domen zonamizda hali ro’yxatga olinmagan domenlar juda ko’p. Ammo har kunlik yangi domenlar registratsiyasi bilan bo’sh domenlar ro’yxati tobora qisqarib bormoqda. O’z ismingizni domen nomi sifatida ro’yxatdan o’tkazishga ulgurmay qolgan bo’lsangiz, familiyangizni yangi ochadigan shaxsiy saytingiz yoki blogingiz manzili sifatida tanlashingiz mumkin. Familiyangiz ham allaqachon domen nomi sifatida ro’yxatga olingan bo’lsa, boshqa biror so’zni saytingiz domeni sifatida tanlashdan boshqa tanlovingiz qolmaydi.

Domen nomi imkon qadar qisqa, jarangdor, osonlik bilan eslab qolinadigan bo’lishi kerak. Domen nomidagi so’z yoki so’zlar biror aniq ma’noni anglatmasa ham bo’laveradi. Domen nomining jozibaliligi sayt manzilini tez yodda qoldirsa, saytning qiymatli ma’lumotlarga boy bo’lishi uning ko’p sonli foydalanuvchilarini o’zida saqlab qoladi.

Bilasizki, domenning bo’sh yoki band ekanligini WhoIs saytidagi maxsus forma orqali aniqlashingiz mumkin. Bugun men bu sayt orqali 25-iyul, 2016-yil soat 13:57 holatiga bo’sh bo’lgan eng qimmatli domen nomlari ro’yxatini tuzib chiqdim. Istovchilar bu nomlardan birini yoki hammasini o’z nomiga ro’yxatdan o’tkazib qo’yishi mumkin. Nega deysizmi? Bu domenlar nimasi bilan qimmatliligi haqida har bir domen sharhida alohida yozib o’taman.

1. HAHAHA.UZ – O’yin-kulgu har doim internetning eng ommabop, gavjum yo’nalishlaridan biri bo’lgan. Hahaha! domeni latifalar, qiziqarli ma’lumotlar, kulguli fotosuratlar va boshqa qiziq ma’lumotlarga asoslangan sayt uchun juda qulay domen nomi. Kelajakda bu domenni albatta kimdir band qilib, undan foydalanadi. Bunday qimmatli domen nomining egasi aynan Siz bo’lishingiz mumkin!

2. DUNYOSI.UZ – Super-buper mega portal yaratmoqchimisiz? Dunyosi.uz domeni bilan istalgancha sub-domen asosida katta portal yaratish mumkin. avtomobil.dunyosi.uz , madaniyat.dunyosi.uz , talabalar.dunyosi.uz va hokazo sub-domenlar asosida portal loyihalarini nomlash mumkin.

3. OLAMI.UZ – Yuqoridagi Dunyosi.uz domeni bilan bir xil ma’noda. Hozirgi kunda mashxur bo’lgan Haqida.uz domeni bilan bu ikki domen aynan bir xil shaklda ishlatilishi mumkin.

4. MEME.UZ – Meme nima ekanligini bilasizmi? Google orqali qidiring va bu atamaning internetda qanchalar mashxur ekanligini bilasiz. Qachondir bizda ham memelar mashxur bo’lsa, shunda bo’sh turgan bu domenning qadri bir necha barobar oshadi.

5. PAPAY.UZ – Papay haqida multfilm ko’rganmisiz? Yo’q, bu domen bilan ismaloq haqida sayt yaratishingiz shart emas. Domen nomidagi PAY (to’lamoq) so’zi tadbirkorlik rivojlanib borayotgan yurtimizda juda muhim ahamiyatga ega. Menimcha, kerakli kishilar zaruriy xulosani chiqarib olishdi.

6. MYMOON.UZ – Bir qarashda My Moon (Mening oyim [ osmondagi oy ma’nosida]) shaklida yozilgan bu domen o’qilganda «maymun» deb talaffuz qilinar ekan 😀 Meni ayblamang, shunchaki filologman; So’zlarga e’tibor berish – mening mutaxassisligim.

7. OMG.UZ – Ingliz tilida «Oh, my God!» (Ey xudoyim!) so’zlarining qisqartmasi. Ingliz tilidagi saytlar orasida bu domendagi saytlar asosan mashxurlar hayotida bo’lib o’tgan voqealarni g’iybat qilishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bizdagi Sayyod.com sayti tematikasiga mos sayt uchun bu domen ayni muddao!

8. OPENBOX.UZ – Uyimizda OpenBox degan TV tyuner bo’lardi. Shunchaki, shu brend nomi ham domen uchun bizda bo’sh ekan. Ingliz tilidan tarjima qilganda ochiq quti degan ma’noni anglatadi.

9. XAXAXA.UZ – Ro’yxatning eng yuqorisida keltirilgan domenni olgan kishi bu domenni ham olishi kerak.

10. MANAMEN.UZ – Qanisiz? Mana men! 😀 Yoqmagan bo’lsa, e’tibor bermang!

11. MEMBER.UZ – Ingliz tilida «a’zo» degan ma’noni anglatadi.

12. SERQUYOSH.UZ – Madhiyamizning boshlanishidagi eng birinchi so’z.

13. MASALAN.UZ – Tavsiyalar yoki taqqoslashlar yo’nalishiga moslashgan saytlar uchun.

14. ROKSANA.UZ – Qiz bola ismi.

15. TUSHUNMADIM.UZ – Tushunmaganlarga tushuntirib qo’ya oladigan sayt uchun domen 😀

16. PAYPOQ.UZ – Bu domenda ham to’lamoq so’zi qatnashgan.

17. CHIROYLI.UZ – Keng qamrovli domen.

18. LOOP.UZ – Bir ishni qayta-qayta bajaraverish ingliz tilida loop deyiladi.

19. SANA.UZSanamoq (count) yoki sana (date) ma’nosida ishlatilishi mumkin bo’lgan domen.

20. SAMANDAR.UZ – O’g’il bola ismi.

Yuqoridagi domenlar shunchaki mening bo’sh vaqtimda izlaganlarim, xolos. O’zingizga ma’qul bo’lgan boshqa so’zlar qatnashgan domenlar bo’sh bo’lish va uni bugunoq band qilishingiz mumkin.

aHost.uz saytida domenni ro’yxatga olish bir yilga 22 ming so’m! O’zingizga yoqqan domen nomini band qiling, saytingizni tayyorlashga buyurtma bering va O’zbekistondagi eng zo’r loyihalardan biriga asos soling!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

4 ta fikr

  1. Yana WebMaster.Uz ham juda qimmat. 5000 $ga beraman didi

  2. Bu yerda narx haqida gap ketmayapti asadbek qimmatlilik ya’ni zo’r domen bo’lishiga qaramay bo’sh turgan domenlar haqida. Narxlari usha usha .UZ domen narxi

  3. O’tirib qidirlsa, ko’plab antiqa domenlar bo’sh 🙂

  4. Bir iltimos ham bor Azamat aka. Gap shundaki, yangi yaratilgan saytni qanday qilib tashrif buyurvchilar sonini ko’paytirish haqida maqola yozsangiz juda yaxshi bo’lar edi. Sababi UzNet da yaxshi g’oyali saytlar talaygina, ammo ularga tashrif buyuradigan foydalanuvchilar soni kam bo’lganligi sababli, adminlar bir ikki yil o’tmay saytlarini yopishmoda. Shu sababdan sayt SEO si haqida maqola yozsangiz nur ustiga a’lo bo’lar edi 😉

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*