Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Qarama-qarshiliklar tortishadi

Qarama-qarshiliklar tortishadi

Fizikadagi + va – qutblarning o’zaro tortishishi men bilan yaqin o’tmishda sodir bo’lgan muhim voqeadan keyin meni butunlay hayratga soldi. Maktabda o’qib yurgan paytlarimda fizika fanidan bu ajoyib hodisa haqida o’qiganman, ammo shu paytgacha buning sababi yoki mohiyati haqida o’ylab ko’rmagan ekanman. Bir necha kundan beri men bilan sodir bo’layotgan voqealar tabiatdagi «qarama-qarshiliklarning tortishishi» qonuni har kunlik hayotimizda ham qanchalar katta ta’sir kuchiga ega ekanligi haqida o’ylab qolishimga majbur etdi hamda natijada ushbu maqola orqali hozir quyidagi fikrlarimni bo’lishayapman.

Atrofingizga bir qarang. Siz nimadan jon-jahdingiz bilan qochsangiz, shu narsadan hech qachon qutula olmaysiz. Nimanidir qo’lga kiritish uchun bor kuchingiz bilan harakat qilsangiz, bu narsa borga sari Sizdan uzoqlashadi. Agar Siz ham buni o’z hayotingizda his qilgan bo’lsangiz kundalik turmushimizdagi + va + o’zaro itarishishi, aksincha qarama-qarshi + va – o’zaro tartishishiga guvoh bo’lasiz.

Butun dunyoda qarama-qarshiliklar tortishishiga yaqqol misollarni ko’rishimiz mumkin. Umuman olganda, hamma joyda telba-teskarilik: dunyodagi eng qobiliyatli rep qo’shiqchi oq tanli – Eminem (aslida esa rep qora tanli kishilar qo’shig’i), dunyodagi eng zo’r golf o’yinchisi qora tanli – aslida golf oq tanlilar o’yini, Milliy Basketbol Assotsatsiyasi (NBA)ning eng uzun bo’yli o’yinchisi Xitoy millatiga mansub, Amerika kubogini deyarli barcha sport turlari bo’yicha har doim Shvetsariyaliklar qo’lga kiritadi, Fransuzlar Amerikaliklarni man-manlikda ayblaydi, Germaniya esa urushga qo’shilish fikridan bosh tortib tinchliksevar davlatlar qatoridan joy olib borayapti… Bu faktlarni davom ettirish shart emas menimcha.

Xo’sh, hayot shunday qarama-qarshiliklarning tortishishidan iborat ekan, Siz – shaxsiy rivojlanish yo’lida izlanayotgan kishi, bundan qanday qilib foydalanishingiz mumkin? Qarama-qarshiliklar tortishadi, degan haqiqatni hayotingizga ijobiy o’zgarishlar olib kelishga majbur qilish uchun qanday yo’l tutasiz?

Eng birinchi o’rinda nimadan qochayapsiz-u, nimaga jon-jahdingiz bilan intilayapsiz, mana shu narsani aniqlab oling! Hayotingizdagi qarama-qarshiliklarni aniqlab olishingiz keyinchalik ularni to’g’ri yo’nalishda ishlata olishingiz uchun kerak bo’ladi. Siz duch keladigan qarshiliklarni aniqlab olganingizdan keyin ularga nisbatan munosabatingizni o’zgartirishingiz yuqorida aytib o’tilgan qarama-qarshiliklar fizik qonunini o’z foydangizga hizmat qilishga majbur qilishingiz mumkin!

Masalan, Sizning hayotingizda birinchi o’rindagi muhimlik darajasida bo’lgan biror maqsadingiz bor. Faraz qilaylik, Siz mashina sotib olishni juda xohlayapsiz, ammo Sizda hozircha bu uchun yetarli pul yo’q. Siz mashina sotib olish uchun kerakli bo’lgan pulni ishlab topish yo’lida juda ko’p harakat qilasiz, tashvishlanasiz, imkon qadar ko’proq bu muammo haqida bosh qatirasiz. Shu vaziyatda bir muddat to’xtab o’ylab ko’rsangiz tabiatning qarama-qarshiliklarning tortishish qanuni Sizning harakat qilayotgan ishingizga qanchalar darajada ta’sir qilayotganligini ko’rasiz. Sizning mashina olishga bo’lgan harakatlaringizni qarama-qarshiliklar tortishishi qanunining + va – pallalariga qo’yib o’lchab ko’raylik:

Siz pul topaman deb tashvishlanayapsiz, hovotir olayapsiz, mashina olish haqida tinmay o’ylayapsiz. Agar yaxshilab e’tibor bersangiz, Sizdan juda katta kuchni talab qilayotgan bu tashvishlanishlar aslida mashina olishingizni kechiktirayapti. Siz o’z maqsadingiz haqida qanchalik tashvishga tushsangiz maqsadingiz Sizdan shunchalik uzoqlashadi. Chunki Siz unga + kuch berib talpinganingizda, Siz yetishmoqchi bo’lgan maqsad Sizga har doim – kuch bilan itariladi. Ammo maqsadingiz tomonga qarama-qarshi bo’lgan kuch bilan munosabat qilishga urinib ko’rganmisiz? Aytaylik, mashina oishni juda xohlayapsiz-a, ammo o’zingizni tutishingiz, hulq-atvoringiz va harakatlaringiz huddi Sizda allaqachon mashina bordek bo’ladi. Siz mashina olish uchun pul ishlab topishda davom etasiz, maqsadingizga erishish yo’lidagi harakatlaringizni susaytirmaysiz, ammo avvalgi holatdan farqli ravishda Sizda mashina olishga nisbatan tashvishlanish, ortiqcha o’ylov bo’lmaydi. Bu holat esa, o’z navbatida, maqsadingiz sari dadil qadam tashlashingiz uchun kengroq yo’l ochib beradi. Avvalgiday mashina uchun tashvishlanib talpinishingiz o’rniga bu mashina allaqachon Sizga tegishli bo’lganday o’zingizni tutishingiz maqsadingiz tomonga qarama-qarshi kuch yuboradi, qarabsizki tabiatning qarama-qarshiliklar tortishish kuchi hayotingda ish berib, maqsadingizga yetishishingiz osonlashadi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

12 ta fikr

  1. «Qarama-qarshiliklar tortishadi» ni o’qib chiqdim . Umuman olganda menimcha Siz g’arb psixologlarining kitoblarini ko’p o’qishingizni yuqoridagi maqola ham ko’rsatyapti . Saytdagi shioringiz ham bungga yaqqol misol bo’la oladi. Bilmadim yuqoridagi maqoladagi fikrlar qaysidir hayotning jabxalariga to’g’ri kelar . Ammo uni to’liq qamrab ola olmaydi menimcha .

  2. To’g’ri fikirlar g’arbona, lekin yomon emas menimcha.

  3. Hamma yozganlarizi o’qib o’ylab ko’rdim ko’nglizga tegmasinu sizI hafa qilish niyatim yo’q siz hali ancha koproq kitob o’qishiz insonlarni kuzatishiz kerak chunki sizi yozganizi kopchilik o’qiydi va koplar ishonishadi cho’kayotgan odam hasga yopishar deganlaridek siz ularga najotdek ko’rinas agar ijobiy natija olishmasa ishonch degan hislari yo’q bo’ladi va qolgan umrlarini ham huddi shu zulmat ishonchsiz hayotda o’tkzishadi

  4. Salom!!! Umuman olganda Ushbu maqola mani etiborimni tortdi har qancha bo’lganda ham intilish bor kimgadir nimani dir yetqizib berishga harakat qilyapsiz vijdonan yondoshyapsiz bundan minnaddormiz . Yuqorida ko’rasatilgan maqola insoniyatni qaysidir qismi uchin xizmat qila oladi bu aniq fakt deb o’ylayman . Nafaqat ushbu maqaolada balki siz saytda omma etiboriga yetqizib berayotgan ma»lumotlar maqolalar va loyihalar biz o’zbek farzandlarini qaysidir yo’nalishlariga katta yordamberayotganidan va hozirgikun talabiga javob bera oladigan darajada ingliz tili yo’nalishi bo’yicha ahamiyatga moil ishlarni bajarayoganizdan biz jamoamiz bilan xursandmiz !!! Sizdan shuni iltimos qilamizki siz doimo izlanishlardan muxlislarga yordam berishdan hechham to’xtamang…..

    • Bu gaplar bilan biz o’zimiz intilayotgan narsalar ko’proq uzoqlashishimiz kerak.
      Xudoning: «Sendan harakat, mendan baraka» deganlari asossizmi?
      Fizika qonuniyatlari – hayotga unchalik chambarchas to’g’ri kelavermay menimcha.

  5. HA menimcha bu maqoladagi gaplar togri. Men ham hayotim davomida o’ylagan emas o’ylamagan narsalarim sodir bo’lishiga ko’p guvoh bo’laman. Agar bugun biror ishni qilaman desam yoki birovni ko’raman desam u bn ko’risha olmiman. Aksincha uni o’ylamasdan hatto unutib yuborib ko’chaga chiqsam o’sha odamga duch kelaman. Xullas hayotda eng yaxshisi meyorni saqlash ekan hech narsani berilib o’ylash qaygurish hech qanday foyda keltirmas ekan.

  6. har narsani jiddiy qabul qilish kerak emas yahshi hayot uchun har doim intilish kishida ishonch vaqtni qadriga yetkazish kerak shuni bilish kerak o’tmishda kimdir siz uchun harakat qilgan va hozir va kelajakda siz uchun intilgan odamlar uchun harakat qilishingiz K E R A K (M U S T) ……………………………………………. DON’T FORGET………………………………………………….

  7. mana o’ylab ko’ring shu tortishish kuchi qonunida salbiy narsalarni estan chiqarish yoki o’ylamaslik kerak deyiladi shunday torimi ammo lekin salbiy narsalarni ham oylash zarur boladigan payitlayam borku :::: misol un siz bir quduqqa kecha tuwib ketkan edingiz bugun esa ana usha quduqni oylab otasiz togrimi ammo o’ylamasangiz usha quduqqa yana tushib ketasiz men aytyapmanki bizga zarari yetadigan narsalarga befarq qarasak bizga zarari yetib qolmaydimi wuni iloji qanday savolim wundan iborat

  8. men bunga butunlay ishonaman

  9. Bu maqola orqali «Sekret» filmidagi ilgari surilgan goya va fikrlar butunlay yo’qqa chiqarilmaganmikin?! Nima dep o’ylaysiz? Maqolani o’qishnio boshlashim bilan hayolimga shu fikr keldi.

  10. Tushunarsiz + – tortilmaydi magnit N va S qutblari tortiladi ikkita bir xil qutb itariladi.

    Siz pul topaman deb tashvishlanayapsiz, hovotir olayapsiz, mashina olish haqida tinmay o’ylayapsiz. Agar yaxshilab e’tibor bersangiz, Sizdan juda katta kuchni talab qilayotgan bu tashvishlanishlar aslida mashina olishingizni kechiktirayapti. Siz o’z maqsadingiz haqida qanchalik tashvishga tushsangiz maqsadingiz Sizdan shunchalik uzoqlashadi. Chunki Siz unga + kuch berib talpinganingizda, Siz yetishmoqchi bo’lgan maqsad Sizga har doim – kuch bilan itariladi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*