Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib teskari matn yozish

Qanday qilib teskari matn yozish

˙uʇɐɯ uɐƃlızoʎ ıɹɐʞsǝʇ nq ‘ıɥɔƃuıɹ,oʞ qıb,O Agar Siz bu matnni o’qishni uddalagan bo’lsangiz, gap nimada ekanligini tushunib yetdingiz! Matn teskari yozilgan. Ya’ni, har tomonlama teskari. O’ngdan chapga o’qiladi va matn butunlay pastdan tepaga burib qo’yilgan.

Bunday matnni yozishdan asosiy muhim maqsad nima ekanligini bilmayman, ammo yaqinda Odnoklassniki saytida kimdir profilidagi ismini huddi shunday qilib teskari yozib qo’ygan ekan. Bu narsa menga qiziq tuyuldi va yana boshqa kimdir o’z profilidagi ismini ma’lum biror sababga ko’ra shunday teskari yozishni xohlab qolishi mumkin, deb hisobladim.

Nima bo’lganda ham agar Siz biror sababga ko’ra matnni teskari yozishni xohlasangiz, buni UpsideDownText.com sayti orqali amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun UpsideDownText.com saytiga kiring. U yerda Sizga ikkita kichik oyna havola etiladi. Yuqoridagi oynada teskari holda ko’rinishini istagan matningizni odatiy tarzda yozing. Shu zahoki guvoh bo’lasizki, Siz yozayotgan matn berilgan pastdagi oynada teskari ravishda paydo bo’la boshlaydi. Tayyor bo’lgan, teskari holatda yozilgan matnni nusxalab, uni o’zingiz istagan saytga qo’yishingiz mumkin.

Ba’zi saytlarda sho’xlik qilish uchun bu usul Sizga yordam berishi mumkin. Zerikarli bir xillikni teskari yo’nalishga o’zgartiring!

Abituriyentlar uchun test formulalari

10 ta fikr

  1. Durdona Rustamova

    Xurmatli Azamat Xodjakov, ingliz tilidagi 13 ta zamon haqida ma’lumot bersangiz ILTIMOS!

  2. teskari matn uchun rahmat bu juda qiziq

  3. nima uchun obuna bo’lish bo’limida need burner chiqyapti

  4. avatarkani o’zgartirishni iloji yo’qmi

  5. Azamat aka ochig`ini aytganda sizning saytingizga QOYIL QOLDIM. Bundanda yanayam qiziq yangiliklar kutib qolamiz.

    Omad yor bo`lsin!!!

  6. Saytingiz foydali malumotlar bilan tola sizga savolim bor siz xar bir saytingizdan foydalanuchilani saytingizga va sizga bolgan etibori va fikrlariga qiziqasmi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*