Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Kecha Telegram messenjeridan butunlay yuz o’girdim. Asosiy kamchiliklarimdan tashqari hozirgacha ham Facebook, YouTube va Googlega bog’liqlik kabi zaifliklarim bor. Lekin kecha Telegramni ular orasidan chiqarib tashlay olishim o’zimni o’zim maqtab qo’yishimga arzigulik ish bo’ldi 🙂

Kimgadir kerak bo’lib qolishi mumkin, degan maqsadda qanday qilib Telegram profilini o’chirish bo’yicha qisqagina yo’riqnoma yozishga qaror qildim.

Telegram profili sozlanmalari ichida «Agar [ko’rsatilgan vaqt] oralig’ida Telegramga kirmasam, profilim o’chirilsin», degan bo’lim bor. Bu bo’limda, adashmasam, bir oydan bir yilga qadar bo’lgan vaqt oralig’ini tanlab qo’yishingiz mumkin. Shu belgilangan vaqt oralig’ida Telegramga kirmasangiz, Telegram bilan bog’liq barcha ma’lumotlaringiz – akkauntingiz, profil rasmingiz, kontaktlaringiz, guruhlaringiz va yozishmalaringiz tarixi butunlay o’chiriladi. Albatta, profilingizni o’chirmoqchi bo’lsangiz bu bo’limdagi «o’z-o’zini yo’q qilish» vaqtini bir oyga sozlab, Telegram dasturini kompyuteringiz va telefoningizdan shunchaki o’chirib tashlashingiz va hammasini unutishingiz mumkin. Bunda bir oydan so’ng akkauntingiz avtomatik tarzda o’chiriladi.

Kimdir Telegramdagi akkauntini darhol o’chirmoqchi bo’lsa, Telegram ularga yanada qulayroq, tez ta’sir ko’rsatuvchi usulni ham taklif etar ekan. Bu haqida kecha bilib qoldim 🙂

Xullas, agar hoziroq Telegram profilingiz/akkauntingizni butunlay o’chirmoqchi bo’lsangiz, telegram.org/deactivate sahifasiga tashrif buyuring. U yerda Sizdan Telegramingizga bog’langan telefon raqamingizni xalqaro shaklda yozishingizni so’rashadi. Raqamingizni yozganingizda Sizning Telegram dasturingizga maxsus kod yuboriladi. Bu kodni yuqoridagi manzil orqali kirgan sahifangizga yozasiz va Telegramingizni butunlay o’chirasiz!

Yodingizda bo’lsinki, bu usulda Telegram akkauntini o’chirish barcha ma’lumotlarning butunlay o’chib ketishiga sabab bo’ladi. So’nggi qarorni qabul qilishdan avval Telegramda bo’lishi mumkin bo’lgan barcha kerakli ma’lumotlar, raqamlar va media fayllarni yuklab olishni unutmang.

ASABIYLAR UCHUN TAHRIR: Tinchlaning! Yaqinda ish yuzasidan Telegram profilimni avvalgi raqamimga qayta ochishga majbur bo’ldim. Ishxonamizning (maktab emas) asosiy xabarlashuv tizimi – Telegram. Shu sababli muassasa boshlig’i Telegram ishlatishim zarur ekanligini aytdilar. Profilimni qayta tiklasam-da, ushbu maqolani o’chirmaslikka qaror qildim. Balki akkauntni qanday o’chirish haqidagi ma’lumot kim uchundir kerak bo’lib qolar.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

6 ta fikr

  1. Assalomu aleykum. Iltimos Forex birjasi haqida ma’lumot bersangiz. Forex strategiyalari va yaxshi daromad olish uchun nimalarni o’qib o’rganish talab etilishi haqida ham aytib o’tsangiz. Oldindan rahmat.

  2. Ayni man qidirgan narsa, rahmat

  3. Man telim android versiyasi 2.3.6 u TELEGRAM ga kiradimi yoki yoq
    Kirsa qaysi sayitdan skachat qilsam boladi TELEGRAM mi

  4. Judayam kerakli maqola, aynan shu savolga javob topolmi yurudim topdim Azamat aka Rahmat sizga. Siz tufayli shu narsani ham o’rganib oldim

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*