Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib tashqi internet traffigini cheklash

Qanday qilib tashqi internet traffigini cheklash

Cheklangan tashqi traffik asosida internetdan foydalanuvchilar uchun bir oy davomida belgilangan traffikni tejab ishlatish ba’zan katta muammo bo’lishi mumkin. O’zim ham shunday muammoga ko’p duch kelganman. Oy oxiriga kelib tashqi internet uchun belgilangan traffik tugab qolsa, internetdan foydalanish uchun ko’p pul to’lashingizga to’g’ri kelib qolishi mumkin. Ko’pchilik foydalanuvchilar bunday vaziyatda tashqi internet traffigidan foydalanmasdan, faqat TAS-IX tizimidagi saytlarga kirish orqali internetga to’lanadigan pullarini tejashga harakat qilishadi. Ammo bu har doim ham muvaffaqiyatli bo’lmasligi va pulli traffik qayergadir «oqib ketaverishi» mumkin.

Agar Sizda ham shunday muammo bo’lsa va unga chek qo’ymoqchi bo’lsangiz, tashqi internet traffikni butunlay cheklab, faqat TAS-IX tizimidagi saytlarning ishlashiga ruxsat bermoqchi bo’lsangiz, kompyuteringizga TMeter dasturini o’rnating. Bu dastur bepul. Ushbu sahifadagi yo’riqnoma faqat TMeterning 13.2 versiyasiga tegishli. Boshqa versiyalarda bu yerda ko’rsatilganidek ishlamaydi.

Quyidagi yo’riqnomadan foydalanib dasturni yuklab olishingiz va kompyuteringizda tashqi internet traffikni cheklashingiz mumkin:

1. TAS-IX TARMOG’IDAGI IP MANZILLAR RO’YXATINI TOPING. Buning uchun cabinet.chirkom.uz/tasix/ sahifasiga tashrif buyurasiz. U yerda ip manzillarni o’z ichiga olgan zip faylni yuklab oling. Zip ichidagi LAT fayli keyinchalik bizga kerak bo’ladi.

2. TMETER LAT FAYLINI OCHING. Zip ichida TMeter dasturi uchun o’ljallangan «lat» fayl bo’lishi kerak. Agar fayl txt shaklda bo’lsa, uni shunchaki .lat kengaytma bilan qayta saqlab oling.

3. IP MANZIL OXIRIGA MODEM ISHLASHI UCHUN LOKAL IP MANZILLARNI QO’SHAMIZ. Bu juda muhim! Modemingiz to’g’ri ishlashi uchun yuqorida ko’rsatilganidek tayyorlangan ro’yxatning oxiriga 172.17.0.6 172.17.0.7 va 192.168.1.1 192.168.1.3 manzillarini ikki qator qilib kiritib qo’yamiz.

4. RO’YXATNI «IP-MANZILLAR.LAT» NOMI BILAN ISH STOLIGA SAQLAYMIZ. Buning uchun CTRL+S yoki Bloknot menyusidagi Saqlash bandini tanlaysiz. Hosil bo’lgan saqlash oynasida «barcha fayllar» bo’limini tanlab, fayl nomiga ip-manzillar deb yozib, nuqtadan keyin lat kengaytmasini qo’yasiz. Fayl «ip-manzillar.lat» bo’lib saqlanishi shart.

5. RO’YXAT SAQLANGANLIGIGA ISHONCH HOSIL QILING. Siz saqlagan «ip-manzillar.lat» fayli ish stolida turganligiga, to’liq saqlanganligiga ishonch hosil qiling. Dastur o’rnatilgandan so’ng u Sizga kerak bo’ladi.

Yuqoridagilarni bajarib bo’lgan bo’lsangiz, keyingi sahifaga o’ting!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

82 ta fikr

  1. 26-chisini qlganmdan so’ng tablisa lokalnoy adresov dgan yozuv chiqdi!keyin unga import qilib, siz aytgandek ip-manzillar.lat ni dalle qldim. lekn ip manzillar juft bo’lib cqmadi. bo’sh oyna ochildi va gotov qldm. keyn tas-ix mas saytlarga kirsamam iwlayverdi! start sbora degan yozuv xira bo’lib turibdi! Qayerida xato qilgan bo’liwim mumkiin! oldindan rahmat!

  2. ustanovchigi tas-ix bormi?

  3. 5. IP MANZIL OXIRIGA MODEM ISHLASHI UCHUN LOKAL IP MANZILLARNI QO’SHAMIZ. Bu juda muhim! Modemingiz to’g’ri ishlashi uchun yuqorida ko’rsatilganidek tayyorlangan ro’yxatning oxiriga 172.17.0.6 172.17.0.7 va 192.168.1.1 192.168.1.3 manzillarini ikki qator qilib kiritib qo’yamiz.

    manashu ip adresni yozamizmi?

  4. Salom azamat aka man xam ip-manzillar.lat faylini ipmort qilganimdan keyin ip manzillar royxati hosil bolmadi .oyna bo’m-bo’sh holatda turipti.nima uchun bunday bo’lgan bol’lishi mumkin.Keyin manda yana bir muammo bo’ldi TAS-IX va Tashqi trafik filtrlarini yaratganimdan keyin preminit qildim siz yozgandek shundan so’ng net ishlamay qoldi yani cheklab qoydi dastur.Lekin wifi orqali telefonimdan kirsam ishlayapti

  5. azamat aka 26-chisini qlganmdan so’ng tablisa lokalnoy adresov dgan yozuv chiqdi!keyin unga import qilib, siz aytgandek ip-manzillar.lat ni dalle qldim. lekn ip manzillar juft bo’lib cqmadi. bo’sh oyna ochildi va gotov qldm. keyn tas-ix mas saytlarga kirsamam iwlayverdi! Qayerida xato qilgan bo’liwim mumkiin! oldindan rahmat!

  6. Diqqat: Maqola tahrirlandi. Endi TMeterning faqat 13.2 versiyasigina ushbu yo’riqnomada ko’rsatilganidek ishlashi aniqlandi. Dasturning bu versiyasini maqola boshida keltirilgan link orqali TAS-IX tarmog’ida yuklab olishingiz mumkin.
    Kerakli versiyani yuklab oling va yo’qirnoma asosida o’rnatib, sozlang. Shunda Sizning kompyuteringizda internet ortiqcha darajada ishlatilib ketmaydi.

  7. фильтр где скачать

  8. http://cabinet.chirkom.uz/tasix/ ishlamayapti.
    Shu lat faylni yubora olmaysizmi?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*