Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib rasmingizni dunyoga taniqli qilish

Qanday qilib rasmingizni dunyoga taniqli qilish

Bugungi kunda internetdagi saytlarning deyarli hammasida sayt foydalanuvchilarining maqolalarga fikr bildirish (comment) tizimi mavjud. Siz ko’rib turgan ushbu saytda ham har qanday maqolaning tugash qismida o’z ismingiz, email manzilingiz va xabaringiz matnini yozgan holda maqola haqidagi fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin. Agar e’tibor bergan bo’lsangiz, fikr bildirgan kishilar ismi qarshisida kichik rasm (avatar) ko’rsatiladi. Bu saytda (hozircha) faqat mening fikrlarimda o’z rasmim ko’rsatilayapti, boshqalarda esa (avatarlariga ega bo’lmaganliklari sababli) rasm o’rnida bo’sh joy yoki turli shakllar ko’rsatilgan. Sizning ham rasmingiz saytlarda fikr bildirganingizda ko’rinadigan bo’lishini xohlasangiz, rasmingizni dunyoga qaniqli qilishingiz mumkin!

Gravatar (Globally Recognized Avatars – Dunyoga taniqli avatarlar) sayti Sizga rasmingizni bitta doimiy email manzilingizga bog’lagan holda har qanday saytda ortiqcha urinishlarsiz ko’rsatishingiz imkonini beradi. Bu tizimning ishlash mazmuni quyidagicha: Siz www.gravatar.com saytiga kirasiz (rus tilidagi versiyasi: ru.gravatar.com) va ro’yxatdan o’tasiz. Qaysi email manzil bilan ro’yxatdan o’tsangiz, keyinchalik saytlarda fikr bildirayotganingizda aynan shu email manzilni ishlatishingiz kerak bo’ladi. Muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tishdan so’ng Gravatar saytiga yuzingiz yaxshi ko’ringan rasmingizni (avataringizni) yuklaysiz. Shundan so’ng, har qanday saytda Gravatarda ro’yxatdan o’tgan email manzilingiz yordamida fikr bildirsangiz, shu saytda Sizning rasmingiz fikringiz yonida avtomatik tarzda ko’rinadigan bo’ladi.

Xabaringiz borki, har qanday saytda maqolalarga fikr bildirish formasida (shu qatorda Azamat.uz saytida ham) Sizdan ismingiz, email manzilingiz va xabaringiz matnini kiritish talab etiladi. Gravatar rasmi faqat email manzilingizgagina bog’langan. Ya’ni, maqolalarga fikr bildirishda «Ism» deyilgan joyda har qanday ismni yozishingiz mumkin. Faqat Gravatarda ro’yxatdan o’tgan email manzilni kiritsangiz, Siz bildirgan fikr qarshisida rasmingiz ko’rinadi.

Gravatarga yuklangan rasmingiz, o’z nomi bilan, dunyoga taniqli rasm bo’ladi. Ya’ni bir marta ro’yxatdan o’tib, bir marta rasm yuklaysiz va shu rasmni istalgan saytdagi fikrlaringizda ko’rsatishda foydalanishingiz mumkin bo’ladi. Rasmingizni Gravatarga yuklaganingizdan keyin har qanday Gravatar yordamida rasm ko’rsatish qobiliyati bor saytlarda, masalan Azamat.uz, Idrok.uz, Kun.uz va hatto boshqa xorijiy saytlarning istalganida emailingiz bilan fikr bildirsangiz, xabaringiz qarshisida rasmingiz ko’rinadi.

Gravatarga rasmini yuklash internet saytlaridagi muhokamalarda ko’p qatnashadigan, mustaqil fikrining yanada mustahkamroq ta’kidlanishini xohlaydigan va internetdan foydalanishda doim to’liq imkoniyatlarni ishga solishni yoqtiradigan faol foydalanuvchilar uchun juda foydali bo’lishi mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

17 ta fikr

  1. Salom! Saytiz haqida gazetada o’quvdim Haqiqatdan juda qiziqarli ekan!Menda Ingliz tilini o’rganish ishtiyoqi tug’ildi.Yoshim 28 da Qo’limdan kelarmikan. eplolarmikanman.

  2. Raxmatk.. hh

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*