Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib mustaqil o’rganish mumkin?

Qanday qilib mustaqil o’rganish mumkin?

Qaysidir sohani o’rganishga kirishganingizda birinchi navbatda o’zingizga yaxshi ustoz topishga harakat qilasiz. Ustoz Sizga nimalarni o’rgatsa, shu narsalarni o’zlashtirasiz. Olayotgan bilimingizdan qanoat hosil qilmasangiz, undan ko’proq o’rgatishni talab qilasiz, savollar tug’ilganda so’raysiz, javoblar qarama-qarshiligi paydo bo’lganda esa bahslashasiz. Ustoz bilan o’rganish ko’p hollarda juda yaxshi. Ammo o’zingiz mustaqil o’rganishingiz mumkinligi haqida ham hech o’ylab ko’rganmisiz?

Mening fikrimga ko’ra uztozdan o’rganishga nisbatan kishi o’zi mustaqil izlanib o’rgansa o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni oson va aniq topa oladi. Mustaqil o’rganishda o’rganuvchidan juda ko’p erkinlik bo’ladi: u o’zi istagan narsani o’rganishi, o’zi uchun qulay qilib o’rganishi, o’rganish zarur bo’lmagan joylardagi ma’lumotlarni qoldirib ketishi va o’rganish jarayonini o’ziga to’liq moslab olishi mumkin bo’ladi. Shu sababli bugungi kunda juda ko’pchilik mustaqil o’rganuvchilar ilm olishning aynan shu usulini tanlashmoqda.

Internet ilmimizni oshirish uchun juda katta imkoniyat beradi. Albatta, buning birinchi sharti – ingliz tilini mukammal darajada o’rganib olishingizdir. Ingliz tilini yaxshir bilsangiz, hech bo’lamganda o’qib tushunish ko’nikmasiga ega bo’lsangiz, internet orqali o’zingizga kerak bo’lgan bebaho ilmni bepul, mustaqil va o’zingiz xohlagan usulda o’rganishingiz mumkin bo’ladi.

Internet orqali mustaqil o’rganish uchun kishida maqsad kuchli bo’lishi hamda unga yo’naltirilgan harakat oldindan rejalashtirilishi shart. Chunki nimani o’rganishni istayotganligingiz to’g’risida biror qarorga kelmasdan o’rganish uchun internetga kirsangiz, undagi turli chalg’ituvchi saytlar, ma’lumotlar albatta Sizni boshqa tomonga yetaklab ketadi. Shu sababli internet orqali ilm olishning o’ziga xos madaniyati qoidalariga bo’ysunishingiz zarur.

Dasturchilikni endigina o’rgana boshlayotgan yoshlar uchun quyidagicha maslahat beriladi: «Biror muammoga duch kelsang, savol berishdan avval miyangni keyin esa Google ishlatishni unutma!». Menimcha bu maslahat internet orqali nafaqat dasturchilikni, balki boshqa har qanday sohani o’rganish istagida bo’lganlar uchun asqotadi. Chunki yangi yo’nalishni o’rganayotgan ekansiz, Sizda savollar va tushunmovchiliklar tug’ilishi tabiiy. Bunday holatda faqat o’zingizning mantiqiy fikrlashingizga tayanishingiz mumkin bo’ladi. Albatta, savollaringiz uchun javob kerak bo’lganda Google orqali qidirishingiz maqsadga muvofiq. Chunki Sizda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan 99% savolning javobi allaqachon saytlarda yozilgan, ularni topishda esa Google Sizga yordam beradi. Shunday ekan, Google orqali qidirish yo’llarini ham alohida o’zlashtirishingiz foydadan holi bo’lmaydi.

Internet orqali o’zingiz istagan sohaga oid ilmni mustaqil o’rganishingiz mumkin. Bu o’rganishning eng hayajonli imkoniyatlari quyidagilar:

  • ilmni o’zingiz istagan vaqtda o’rganasiz;
  • ilmni o’rganish 100% bepul;
  • imkoniyatlaringiz hech narsa bilan cheklanmaydi;
  • o’rganish tezligini o’zingiz belgilaysiz;
  • o’rganish orqali o’rgatish imkoniyatiga ham ega bo’lasiz;
  • faqat o’zingizga kerak ma’lumotlarni o’rganasiz;
  • xohlagancha takrorlash imkoniyatiga ega bo’lasiz;
  • istalgan qiyinchilik darajasidan boshlab o’rganasiz.

Mustaqil o’rganishning mana shunday afzalliklari bor. Ammo hech bir ish biror shart-sharoitning oldindan tayyorlab qo’yilishisiz amalga oshmaydi. Internet orqali mustaqil ilm o’rganishingiz uchun Siz quyidagilarga ega bo’lishingiz kerak:

  • internetga ulangan kompyuter;
  • ingliz tilida o’qib tushunish, gapirish va yozish ko’nikmalari;
  • ilm olishga bo’lgan xohish;
  • kompyuter qarshisida sarflash uchun vaqt;
  • maqsadingizga erishish yo’lida kuchli iroda.

Agar Sizda barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa, bugundan e’tiboran internet orqali ilm o’rganishni boshlang! Unutmang, hayotingizda o’zingiz uchun orttirishingiz mumkin bo’lgan yagona boylik – bu ilmdir!

Abituriyentlar uchun test formulalari

6 ta fikr

  1. Shu gaplarga qo`shilaman. Agar baribir odamni o`zida bo`lmasa baribir qiyin. Ko`p narsani o`rganish uchun albatta alohida vaqt ajratish kerak

  2. Azamat aka, siz aytganday qilib hamma joyini o’zgartirib kattalashtirib chiqdim ammo «Yuklangan fayl hajmi php.ini faylida belgilangan upload_max_filesize qiymatidan oshib ketmoqda» deyapdi. Lekin php.ini fayliga siz aytgan kodni yozdim, .HTACCESS fayliga va shablonga ham yozdim. Ammo bumadi. Man denwerda ishlayman yordam berin

  3. I like your article… Thank you very much…

  4. azamat aka kimyoni o’rgatadigan video kurslar ham bormi bor bo’lsa iltimos javob yozing

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*