Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib IELTS imtihoniga xujjat topshirish

Qanday qilib IELTS imtihoniga xujjat topshirish

IELTS imtihoniga xujjat topshirishni istovchilar soni ortib bormoqda. Saytim orqali menga berilayotgan IELTSga aloqador savollarning katta qismi aynan testni topshirish uchun qayerga murojaat qilish, qanday qilib xujjat topshirish haqida bo’layotganligi sababli, jarayonni sodda, bosqichma-bosqich ko’rinishda yoritishga qaror qildim.

Agar Siz IELTS imtihoni topshirmoqchi bo’lsangiz, quyidagilarni bajarishingiz kerak bo’ladi:

1. O’ZINGIZGA MA’QUL IELTS IMTIHONI SANASINI ANIQLANG. O’zbekistonda IELTS imtihonlari Toshkentdagi Britaniya konsulligi tomonidan o’tkaziladi. Test topshirishni xohlovchilar soni ko’pligini hisobga olgan holda IELTS imtihonlari oldindan belgilangan jadval asosida, qat’iy belgilangan sanalarda o’tkaziladi. O’zingizga mos bo’lgan, ishlaringiz chiqib qolib, band bo’lib qolmaydigan sanani belgilab, aynan shu sanada o’tkaziladigan IELTS imtihoniga xujjat topshirishingiz kerak. IELTS imtihonlari Toshkentda qaysi sanalarda o’tkazilishini va qaysi sana Sizga ko’proq mos ekanligini bilish uchun ielts.britishcouncil.org/Uzbekistan sahifasiga kiring. Sahifaning pastiki qismida (rasmda ko’rsatilganidek) eng yaqin bo’lgan IELTS imtihonlarining o’tkazilish sanalari ko’rsatilgan bo’ladi. Bundan tashqari, Sizdan chap tomonda turgan mahsus forma orqali so’rovga ko’ra kelajakdagi IELTS imtihonlarining o’tkazilish sanalarini bilib olishingiz mumkin. Test sanasini bilish bilan bir qatorda IELTS imtihoning qaysi turini topshirmoqchi ekanliginizni ham aniqlab olgan bo’lishingiz kerak. Akademik yoki Umumiy moduldagi IELTS imtihonlarining farqini bilib olish uchun mana bu maqolani o’qing.

2. TANLANGAN SANADA IMTIHON TOPSHIRISH UCHUN ANKETA TO’LDIRISHGA O’TING. Buning uchun yuqorida ko’rsatilgandek berilgan ro’yxatdagi test sanalarining o’zingizga eng mos bo’lgan birortasi ustiga bossangiz, IELTS imtihoni topshirish uchun to’ldirishingiz kerak bo’lgan anketaga o’tish sahifasi ochiladi. Mana shu anketa IELTS uchun topshiradigan xujjatingiz hisoblanadi. Anketaga o’tish uchun IELTSga xujjat topshirish shartlarini o’qib chiqishingiz taklif etiladi. Bu shartlar yozilgan sahifaning eng pastki qismida «Barcha shartlarga roziman» deyilgan joyiga belgi (ptichka) qo’yib, «Continue» tugmasini bosish orqali davom etasiz:

3. ANKETANI TO’LDIRING. Barcha shartlarga rozilikni belgilab, davom etish tugmasini bosganingizdan so’ng ma’lumotlaringizni kiritishingiz talab etilgan anketa ko’rsatiladi. Bu anketaning barcha zaruriy qismlarini e’tibor bilan, shoshmasdan to’ldiring. O’zingiz haqingizda so’ralgan barcha ma’lumotlarni to’g’ri, haqqoniy yozing. Ismingiz, familiyangiz, tug’ilgan vaqtingiz kabi muhim ma’lumotlarni alohida e’tibor bilan kiriting. Test vaqtida pasportingiz tekshiriladi. Agar anketada kiritgan ma’lumotlaringiz pasportingizdagi ma’lumotlar bilan mos tushmasa, arizangiz bekor bo’lishi mumkin. Anketani to’ldirish jarayonida pasportingizning rasmingiz ko’rsatilgan qismini skaner qilib, anketaga biriktirishingiz so’raladi. Shuning uchun pasportingizni oldindan skaner qilib qo’ying. Anketaning eng so’ngidagi «Send IELTS result to other institutions?» deyilgan joyida «NO» belgilang. Aks holda anketaning keyingi bosqichlarida IELTSda olgan bahongizni qaysi institutga yuborish kerakligi haqida ma’lumot kiritishingizga to’g’ri keladi. Ko’p hollarda bu amaliyot Siz uchun zarur bo’lmaydi. Anketaning eng yuqori qismida esa IELTS imtihonini topshirish uchun to’lashingiz kerak bo’lgan summa Buyuk Britaniya pul birligida ko’rsatilgan bo’ladi. Quyidagi rasmda ham, anketaning eng yuqori qismida narx 110 funt qilib ko’rsatilgan. Anketani to’ldirib, davom etish tugmasini bosing.

4. MA’LUMOTLAR TO’G’RILIGINI TEKSHIRING VA TO’LOV USULINI TANLANG. Anketaga barcha so’ralgan ma’lumotlarni kiritganingizdan so’ng, ularni jo’natishdan avval yana bir bor ma’lumotlar to’g’riligini tekshirib chiqishingiz taklif qilinadi. Barcha ma’lumotlaringizni yana bir bor ko’rib chiqing. Xatoga yo’l qo’ygan bo’lsangiz, ortga qaytib ularni to’g’rilashingiz mumkin. Hammasi to’g’ri bo’lsa, sahifaning eng pastki qismidagi to’lov turini «Pay Later» deyilgan tanlov sifatida ko’rsatib, «Apply now» tugmasini bosing:

5. KO’RSATILGAN HISOB RAQAMGA ISTALGAN BANK ORQALI PUL TO’LANG. Anketa muvaffaqiyatli yuborilgandan so’ng sahifaning eng quyi qismida rasmda tasvirlangandek hisob raqam ko’rsatiladi. Bu hisob raqamni printer orqali chiqarib olib, uni istalgan bankka olib boring va IELTS uchun to’lanishi kerak bo’lgan summani (masalan, 110 funt) naqd yoki plastik kartochka orqali bankka pul o’tkazish yo’lib bilan ko’rsatilgan hisob raqamga to’lang. To’lov anketa yuborilgandan so’ng 3 kun ichida to’lanishi kerak, aks holda anketa bekor qilinadi.

To’lov so’mda amalga oshirilganligi sababli bank hodimidan to’lanayotgan kunda Buyuk Britaniya funtining O’zbekiston so’miga nisbatan Markaziy bank tomonidan belgilangan qiymati (kursi)ni bilib olishingiz kerak bo’ladi. Siz test uchun, masalan, 110 funt to’lashingiz kerak. Bank hodimi shu 110 funtni davlat kursidagi qiymatini hisoblab, Sizga necha so’m to’lashingiz kerakligini aytadi.

6. TO’LOV MA’LUMOTNOMASI (KVITANSIYA)NI SKANER QILIB, KONSULLIKKA YUBORING. Bank orqali pulni muvaffaqiyatli o’tkazganingizdan so’ng Sizga mahsus to’lov ma’lumotnomasi (kvitansiya) berishadi. Biz to’lagan kunda 110 funt davlat kursida 435 359 so’m 10 tiyinni tashkil etgan edi. Rasmda ham shuncha summa to’langanligi haqida to’lov ma’lumotnomasi ko’rsatilgan. Sizga ham to’laganingizdan so’ng shunga o’xshash ma’lumotnoma (kvitansiya) berishadi. Siz uni skaner qilib, rasmini ielts.info@britishcouncil.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz kerak. Yodingizda bo’lsin, to’lovni bank orqali to’lash va kvitansiyani skaner qilib pochtaga yuborish anketa yuborilgandan so’ng 3 kun ichida amalga oshirilishi shart. Aks holda anketangiz bekor bo’ladi va to’lovingiz qabul qilinmaydi.

7. POCHTA ORQALI TO’LOVINGIZ QABUL QILINGANLIGI TASDIQLANADI. TESTNI KUTING. Siz kvitansiyani yuborgan pochta manziliga to’lovingiz qabul qilinganligi, ko’rsatilgan, anketa yuborish orqali xujjat topshirilgan kundagi IELTS testi uchun ro’yxatga olinganligingiz haqidagi rasmiy tasdiqlash elektron xati yuboriladi. Bunday tasdiqlash xatini olishingiz IELTS imtihoni uchun muvaffaqiyatli xujjat topshirganingizni anglatadi. Shundan so’ng test kunini hayajon bilan kutishingiz qoladi, xolos. Endi testlarga tayyorlanishni kuchaytirishingiz ham mumkin bo’ladi.

IELTS testida hammaga omad tilayman!

Abituriyentlar uchun test formulalari

46 ta fikr

  1. Aprel oyi qachon ochiladi

  2. Assalom Azamat Aka.Sizga savolim bor javobiz uchun oldindan raxmat.Man hozir ieltes tayorlanyapman shu writing qismiga kelganda muamolraga duch kelyapman.Masalan essay yozishga kelsek hech qanaqa so’z yoza olmayabman.Shunga uziz mimani masalxat berasiz

    • O’zbek tilida insholar yoza olasizmi? Agar o’zbek tilida yozishingizda muammolar bo’lsa, ingliz tilida yozishingiz tabiiy ravishda yomon bo’ladi. Maslahatim o’zingiz kutmagan bir mavzuda o’zbek tilida isho yozib ko’ring. Fikrlaringizni ona tilingizda erkin bayon qila olsangiz, gaplarni chet tilida yozishingiz kerak bo’ladi, xolos.

  3. Ha o’zbek tilida juda yaxshi yoza olaman.Faqa ingiliz tiliga kelsak so’zlarni qayerga qo’yish qanaqangi ko’shimchalar ko’shishni bilmayaban.Muamo shu tarafda bulib turubdi.Shunga uziz nimani maslaxat berasiz endi.Yoki ko’p insho yozsam o’rganib ketarmikanman.

  4. Sanjar Majitov

    Gap yoq uka bayramingiz ustozlar kuni bn tabriklayman. S.S.Majitov

  5. Salom. Ielts sertifikati qancha vaqt amalda bòladi. Yani biror belgilangan sanagacha muddatli beriladimi. Masalan shu yilda olingan sertifikat 4 yildan sòng ahamiyatini saqlab qoladimi

  6. Yana bir savolim ielts imtixoni haqida batafsil bilmoqchiman. Qanaqa bosqichlari bor. Qancha vaqt beriladi. Vahokazo. Oldindan rahmat.

Sanjar Majitovga javob qoldirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*