Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib cheklangan tashqi traffikni taqsimlash

Qanday qilib cheklangan tashqi traffikni taqsimlash

Bu maqola TMeter dasturini o’rnatib, to’g’ri sozlaganlar uchun. Agar Siz hali TMeter dasturini o’rnatmagan bo’lsangiz, uni Qanday qilib tashqi internet traffigini cheklash maqolasida ko’rsatilgan yo’riqnoma asosida o’rnatishingiz mumkin.

Cheklangan tashqi traffikni taqsimlashning nima keragi bor? TMeter yordamida cheklangan traffikingizni cheklash internet traffigining behosdan cheklovdan ortiqcha ishlatilib ketishining oldini oladi. Misol uchun, Siz UzOnline provayderining Aktiv +1 tarifiga ulangansiz, deb hisoblaylik. Siz bir oyda internet uchun 48 ming so’m to’laysiz va UzOnline Sizga bir oyda 7 500 megabayt tashqi traffik beradi. Agar oyning oxirigacha 7 500 megabaytdan ko’p tashqi internet traffigidan foydalansangiz, har bir ortiqcha ishlatilgan megabayt uchun kunduzi 25, tunda esa 12 so’m to’lashingizga to’g’ri keladi. Ko’pchilik foydalanuvchilar oy davomida cheklangan tashqi traffikdan bir megabayt ham oshib ketmaslikni, internet uchun ortiqcha pul to’lamaslikni xohlaydi. Bunday holatda abonent uchun belgilangan 7 500 megabaytni bir oyga teng taqsimlab ishlatish oy davomida internetga to’lanadigan ortiqcha harajatlarning oldini olishda juda qo’l keladi.

Hozir kompyuteringizda o’rnatilgan va to’g’ri sozlangan TMeter dasturi yordamida bir oy davomida belgilangan tashqi traffikni oyning 30 kuniga teng taqsimlashni o’rnatamiz. Bunda chegaralangan traffik teng 30 kunga (bir oy) bo’linadi va agar cheklangan kunlik traffikdan oshiqcha ishlatilish yuz beradigan bo’lsa, TMeter tashqi internet traffigini butunlay to’sib qo’yadi. Tashqi internet traffigi butunlay to’sib qo’yilganda TAS-IX tarmog’idagi bepul saytlar Siz uchun to’liq, muammosiz ishlashda davom etadi.

Quyidagi yo’riqnomada cheklovni UzOnline ISPning Aktiv +1 tarifi traffigi asosida sozlashni ko’rib o’tamiz. Bunda chegaralangan traffik bir oyga 7 500 megabaytni tashkil etadi. Agar Sizda boshqa tarif bo’lsa, o’zingizning tarif rejangizda chegaralangan traffik miqdori bo’yicha hisoblaysiz. Masalan, bu yo’riqnomada bir oyning 30 kuniga 7 500 megabayt teng bo’linib taqsimlangan. Agar Sizda, misol uchun, Start-1 tarifi bo’lsa, Siz o’zingizdagi 600 megabaytni bir oyning 30 kuniga teng bo’lib taqsimlaysiz. Hammasi tushunarli bo’lsa, boshladik!

1. TASHQI SAYTLAR FILTRI SOZLANMALARIGA KIRING. Dasturning chap tomonidagi sozlanmalari ichidan «Nabor filtrov bandiga kirsangiz, Tashqi saytlar va TAS-IX filtrlari bor. Bu filtrlar ichida yana tashqi saytlar va tas-ix deb nomlangan qoidalar ham bor. Bizga filtrning o’zi kerak. Tashqi saytlar deb nomlangan filtr ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosib menyuni chiqaring va menyuda «Izmenit» (o’zgartirish) bandini tanlang.

2. TRAFFIKNI CHEKLASH BANDIGA KIRING. Hosil bo’lgan oynachada «Ogranichevaniye skorosti i traffika» (Traffikni va tezlikni cheklash) bandiga kiring.

3. TRAFFIKNING CHEKLOV CHEGARASINI SOZLANG. Hosil bo’lgan oynachada rasmda ko’rsatilgan joylarni sozlang: «Vklyuchit limit po traffiku» degan joyiga ptichka belgisini qo’ying, «Tip» bo’limidagi tanlov menyusidan «Schyotchik prinyatix bayt ne bolshe chem» bo’limini tanlang, uning to’g’risidagi joyga jami cheklangan traffigingizning oyning 30 kuniga bo’lingan bo’linmasini yozing (7500 mb : 30 kun = 250 mb) va nihoyat «Blokirovat traffik» bandini tanlang.

4. HISOBLAGICHNING KUNLIK 0 QILINISHINI SOZLANG. Hisoblagich har kuni tungi soat 12 da nol qilinishi kerak. Chunki biz kunlik 250 megabayt cheklov qo’yganmiz, har kuni hisoblagich megabaytlarni boshidan hisoblashi muhim. Buning uchun yuqoridagi oynachaning tepasidagi «Raznoye» bandiga kirib, «Obnulit schyotchiki» bo’limining «Kajdiy den» (har kuni) bandini tanlang. Ish so’ngida OK tubmasi orqali o’zgarishlarni saqlab, oynachani yopasiz.

5. O’ZGARISHLARNI SAQLANG. Barcha o’zgarishlarni dasturning asosiy oynasi pastki o’ng qismida joylashgan «Primenit» tugmasini bosish orqali saqlashni unutmang.

Tashqi traffikning taqsimlanishi amalga oshirildi! Endi internetdan foydalanaverishingiz mumkin. Tashqi saytlar filtridagi qoidani huddi TAS-IX filtridagi qoida singari ochiq («Podschitat») qilib qo’yishingiz kerak. Buning uchun Qanday qilib tashqi internet traffigini cheklash yo’riqnomasining 12-qadamiga o’zgartirish kiritasiz.

Har kuni, agar Siz tashqi traffikni 250 megabaytdan (yoki belgilangan megabaytdan) oshirib ishlatsangiz, TMeter tashqi traffikni butunlay to’sib qo’yadi. Bunday holatda faqat TAS-IX tarmog’idagi bepul, traffik hisoblanmaydigan saytlargina ishlab turadi. Tungi soat 12 da barcha hisoblagichlar 0 qilinadi va tashqi saytlar yana ishlashni boshlaydi. Shu tariqa Siz bir oyda davomida belgilangan tashqi traffikdan bir megabayt ham ortiqcha ishlatmaysiz.

Abituriyentlar uchun test formulalari

31 ta fikr

  1. SALOM AZAMAT AKA . BU DASTUR RUS TILIDA EKAN QAYSI BIRI TAS-IX YOKI QAYSI BIRI TAS-IX EMASLIGINI TOPA OLMAYAPMAN ILTIMOS YORDAM BERSANGIZ.

  2. Azamat aka traffikni cheklagandan keyin bu xizmatni ochirsa boladimi

  3. kimda agar wu tas-ix saytlani spiskasi b6sa mani po4tamga yuborila iltimos. 4unki manda kopirovat qiliw 6xwamayapti, sergiofranklin4@gmail.com

  4. Slalom, siz tmeter Haida yozgan ekansiz men yozganlarizni o’qidim. Shunaqa foydali maqola quyganingiz uchun sizga katta rahmat. Lenin .LAT kengaytmasini qanday qilib quyishni bilolmadim. Shunga yordam Bering iltimos. Notepad +++ da unaqa kengaytma chiqmadi. Qaydi dasturda chiqadi?

  5. Mashxur
    Yangi
    Fikrlar

    videjetini hosil qilish uchun qaysi plaginni o’rnatish kerak.
    tabbed???

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*