Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib boshqa saytlardan maqolalarni avtomatik ko’chirish

Qanday qilib boshqa saytlardan maqolalarni avtomatik ko’chirish

O’z saytingizga maqolalar qo’shilishini to’liq avtomatlashtirishingiz mumkin. Bunda Siz tanlagan saytda chop etilgan har qanday maqola shu zahoti Sizning saytingizga ham ko’chiriladi. Bir qarashda bu boshqa sayt maqolasini ko’chirib bir ma’lumotning farqsiz bir nusxasini yaratishdek ko’rinsa ham, saytingiz bo’limlariga turli saytlardan har xil yo’nalishdagi maqolalarni avtomatik ko’chirish orqali saytingizni boyitishda juda foydali bo’lishi mumkin.

Bunday avtomatik maqola ko’chirishni o’z saytingizda amalga oshirish uchun Sizning saytingiz WordPress asosida qurilgan bo’lishi kerak. ZiyoNet tarkibidagi saytlarda bu ishni amalga oshirib bo’lmaydi. Agar saytingizda avtomatik maqolalar ko’chirilishini amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, WordPress asosidagi mustaqil hostingda ishlaydigan saytingiz bo’lishi shart.

Hammasi RSS orqali amalga oshiriladi. Har bir WordPress asosida ishlaydigan saytda RSS bor. RSS – yangi maqolalar haqida qurilmalar va dasturlarga xabar beruvchi o’ziga xos obuna tizimi. Saytda qachon yangi maqola chop etilsa, RSS orqali shu maqola ma’lumotlari barcha obunachilarga yetkaziladi. Maxsus plagin yordamida o’zingiz tanlagan saytlarga RSS orqali obuna bo’lishingiz va bu saytlarda chop etiladigan yangi maqolalarni avtomatik tarzda o’z saytingizga ko’chirib olishingiz mumkin.

Shaxsan o’zim bu usulda ishlaydigan sayt tayyorlagan edim. Hozirgi vaqtda bu saytning egasi boshqa kishi. Hozirgacha ham ushbu sayt to’liq avtomatik tarzda yuritiladi. Sayt bir nechta boshqa saytlarga ulangan. Qachonki boshqa saytlarda yangi maqola chop etilsa, shu yangi maqola plagin o’rnatilgan saytga ko’chirilib, avtomatik chop etiladi. Siz boshqa ishlaringiz bilan mashg’ul bo’lishingiz mumkin, ammo saytingizga har kuni bir nechta yangi maqolalar doimiy avtomatik tarzda qo’shilib boraveradi.

Ayni vaqtda huddi shu tartibda ishlaydigan, AdSense orqali pul ishlashga moslashtirilayotgan yangi saytim – Kukariku.ru sayti ustida ish olib borayapman. Kelajakda bu saytni kuzatish orqali avtomatik tarzda maqola joylanadigan saytning qay holatda ishlashiga guvoh bo’lishingiz, baho berishingiz mumkin bo’ladi.

Avtomatik tarzda maqolalar joylaydigan eng yaxshi plagin sifatida WP RSS Aggregator plaginini tavsiya etaman. Uni mana bu yerdan yuklab olib, o’rnatishingiz mumkin. Plagindan tekin foydalanishingiz ham mumkin. Ammo uning pulli funksiyalarini ishlatish uchun sotib olishingiz kerak bo’ladi. Plagin pulli imkoniyatlari bitta sayt uchun 139 dollardan boshlab narxlangan. Barcha qo’shimcha ma’lumotni WP RSS Aggregator plaginining sahifasidan topishingiz mumkin.

To’liq avtopilotda, boshqa saytlar maqolalari asosida ishlaydigan saytning kelajagi AdSense kabi reklama tarmoqlaridan pul ishlashga bog’liq ravishda juda yorqin bo’lishi mumkin. Axir o’zingiz hech qanday ish qilmasangiz ham pul keltirib turadigan, avtomatik ishlovchi saytlar hammaga ham kerak. Uning foydali jihatlari haqida esa o’zingiz mushohada etib ko’ring.

WP RSS Aggregator plagini imkoniyatlari cheklangan bo’lishi mumkin. Agar Sizga maxsus imkoniyatli, aynan bir sayt uchun to’liq moslashtirilgan plagin kerak bo’lsa, uni aynan Siz uchun maxsus yasab berishim ham mumkin. AdSense, Yandex va boshqa reklama orqali pul ishlashga yo’naltirilgan tarmoqlar uchun maxsus tayyorlanadigan, to’liq avtomatik tarzda bir nechta saytlardan maqola ko’chirib ishlaydigan saytni domen (bir yillik) va hosting (bir oylik) xarajatlarini o’z ichiga olgan holda 3 500 000 so’mdan boshlanadigan narxga tayyorlab bera olaman. Sayt tayyorlashga buyurtma berish murojaatlari uchun telefon: +99893 798 22 00.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

45 ta fikr

  1. Aftopilotda ishlaydigan sayt yaratib bersangiz unga siz aytgan maqolani aftomatik ravishda kòchirib oluvchi plaginni pullisini òrnatasizmi

  2. grabber (plaggin) yasab berishim mumkin. xohlagan saytingizga, narxini kelishamiz. uzmaster.mobi@gmail.com ga xabar yo’llashingiz mumkin.

  3. Assalom aleykum Azamat aka wordpressda qandoq saytga video joylashtirsa bo`ladi va download tugmasini qandoq qo`ysa bo`ladi.

    • Videoni Hostingizni qayeriga tashlagan bo’lsangiz shu silkani berasz bo’ldi yuklana veradi keyin Masalan:azamat.uz/wp-content/upload/video.mp4 shu silka Download deb turib silkani qoyib qoyasz o’zi yuklab ola veradi

  4. DLE da avtomatik maqoa qushadigan plugin bormi?

  5. Plugin urnatgandan sung masalan Kun.uz dagi har bitta yangilikni qushsa shu yangilik meni saytimga avtomatik qushadimi? yangilikni pasida manba:kun.uz deb yozadimi?

  6. yangilik dan boshqa programma uyin video ni ham avtomatik saytga kuchirib bera oladimi?

  7. Qoyil! Shu maqolangizni avval ham o’qigan edim, Undagi g’oyaning mazmuniga endi o’qib tushundim. Siz chindan ham bilimini o’zgalardan qizg’anmaydigan inson ekansiz. Shu xislatingizga tan berish kerak. Bu usulda siz aytganingizdek yaxshi passiv daromad keltiradigan saytlar qilish mumkin ekan. Bir savol tug’ildi: SIzga buyurtma bersam, Pinterestga o’xshagan sayt yaratib berib, o’sha saytdan avtomatik maqola (unga material qo’shiladi) qo’shiladigan qilib berolasizmi?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*