Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib Android telefonni proshivka qilish

Qanday qilib Android telefonni proshivka qilish

Hozir o’zbek televideniyasi orqali Artel telefonlari reklama qilinayapti. Xorijga o’qish uchun ketayotgan yigit yurt tuprog’i, onasi yopgan non va Artel telefonini milliylik ramzi sifatida olib ketayapti. Menga bu reklama g’oyasi juda yoqdi. Yaqinda yangi, Android tizimida ishlaydigan telefon sotib oldim. Xorijga ketmayotganligimni hisobga olib Artel emas, UzTE telefonini tanladim. Men harid qilgan UzTE Grand X Quad telefoni ZTE Grand X Quad v987 telefoni bilan (deyarli) bir xil ekan.

Haridimning 3 kunidanoq yangi telefonning programmasini o’rganish maqsadi turli sinovlar o’tkazishni boshladim. Google dasturlarini boshqaruvchi Google Services Framework xizmatini o’chirib ko’rganimda esa telefonning barcha dasturlari «janjal» qilishni boshladi va oxir oqibatda, bitta qayta yuklashdan keyin telefon deyarli yaroqsiz holatga kelib qoldi. Proshivka qilishdan boshqa imkon bo’lmaganligi uchun internetdan qanday qilib Android telefonlarni proshivka qilish haqida ma’lumot izlashga tushdim. Proshivka qilish o’ylaganimdan ancha oson ekan. Quyida qanday qilib UzTE (ZTE) Grand X Quad telefoniga yangi Android tizimini o’rnatish (telefonni proshivka qilish) haqida o’z tajribamni bo’lishmoqchiman. O’ylashimcha Android tizimida ishlovchi boshqa barcha telefonlar ham huddi quyida ko’rsatilganidek proshivka qilinadi. Faqat bitta farq – boshqalarda proshivka versiyasi va fayli boshqacharoq bo’ladi. Muhimi – telefoningiz modeli va Android versiyangizga mos proshivka tanlashingiz kerak.

Telefoningizni qayta proshivka qilish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:

1. Telefoningizda tez yuklashni o’chiring. Buning uchun Nastroyki -> Specialniye Vozmojnosti -> Bistraya Zagruzka kirib, funksiyani o’chirasiz.

2. Telefoningizga Framroot dasturini o’rnatib, telefoningizda root imkoniyatini yoqing.

3. Telefoningizga MobileUncle Tools dasturini o’rnating.

4. V987+CWM+Recovery+V6.0.3.0.7z faylini yuklab oling va ichidagi recovery.img faylini mobil telefoningiz fleshkasiga ko’chirib o’tkazing.

5. Telefoningiz uchun mos bo’lgan proshivkani oling. Masalan, men ZTE Grand X Quad uchun rus tilidagi Lewa 5 proshivkasini oldim. Proshivka ZIP faylini ochmasdan telefoningiz fleshkasiga ko’chirib oling.

6. O’rnatilgan MobileUncle Tools dasturini oching va «Обновление Recovery» bandiga kirib, fleshkangizdagi recovery.img faylini ko’rsating. Dastur telefonni Recovery rejimida qayta yuklashni taklif qiladi. Rozi bo’ling va yuklang.

7. Recovery rejimida Wipe date qiling, keyin Wipe cashe qilasiz va undan keyin advanced menyusi ichida wipe dalvik qilasiz. Shundan keyin quyidagilarni bajaring: install zip from sdcard—> choose zip from sdcard—> (Yuklab olingan Lewa 5 proshivkasini tanlaymiz)—>install

8. Yuklash to’liq tugashini kutamiz. Telefon bir necha muddatga qotib turgandek bo’lib tuyulishi mumkin. Telefonga tegmang! O’rnatish tugaganda telefonda yozuvlar chiqadi.

9. Telefonni qayta yuklab (reboot system), yangi proshivka bilan ochilgan telefon nastroykasida 1-bosqichda o’chirilgan Bistraya Zagruzka funksiyasini qayta yoqamiz.

Bo’ldi! Telefoningizga yangi o’rnatilgan Android tizimidan bahra oling!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

30 ta fikr

  1. Programma ne ustanovlena.
    deb dasturni oqimayapti nima qilish kere telimni versiyasi 4.4.2 nima qiliy

  2. Abdullah Abdulwahed

    Azamat aka bizga flashtool haqida malumot Bering flashtool Uzi nima boxmi yoki bror pragrammami wu haqida malumot bering javobiz uchun oldindan raxmat

  3. Iphone 4s ni icloudini ochish kerek

  4. Fleshkani ichidagi narsalari ochib ketmaydimi

  5. Salom Azamat aka. Men ham telefonimni provishka qilishda qiyinchiliklarga duch kelaman bu maqolangiz men uchun juda foydali buldi. Azamat aka! Mening telefonim ZTE SKATE siz aytgandek telimda specialniy vozmojnosti bolimida bistraya zagruska funkyisa mavjud emas. MEN HAM TELEFONIMNI VERSIYANI ALMASHTIRA OLAMANMI ANDROID HOZIRGI VERYSIA 2.3.4

  6. telefonimizga mos kelading telefon proshivkasini qanday aniqlasak boladi?

  7. Azamat aka Telimni proshivka qilganimdan keyin veb kamera ishlamiy qoldi.Qanday qilib ishlatsam boladi endi.Android versiya 5.1

  8. V987+recover qanday farmatda tushadi

  9. Azamat aka mani telfonim Artel P1 uni qanday proshivka qilsa bo`ladi

  10. Salom azamat aka men ham telefonlarni proshivka qilishga qiziqaman. Samsung galaxy telefonlarini proshivka qilishda anchagina tajribaga egaman. Bilganlarimni omma bilan bo’lishishni xoxlardim. Menimcha samsung telefonlarini proshivka qilish bo’yicha qadamba-qadam qo’llanma uchun saytingizda joy topilsa kerak

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*