Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / PDF elektron kitoblar qonun himoyasida

PDF elektron kitoblar qonun himoyasida

O’zbekistonda endigina shakllana boshlayotgan elektron kitoblardan keng miqyosda foydalanish amaliyoti xorijda bir necha yillar muqaddam allaqachon o’zining eng yuqori darajasiga chiqib ulgurgan edi. Amazon homiylik qilgan Kindle loyihasigacha elektron kitoblar savdosining asosini PDF fayliga asoslangan kitoblar tashkil qilgan. PDF fayli elektron kitoblar yaratish uchun xavfsizlikni hisobga olmaganda eng qulay asos hisoblanadi: elektron kitobni istaganingizdek shaklga keltira olasiz, fayl xajmini minimal darajaga yetkiza olasiz, PDF fayllarni dunyodagi foydalanuvchini internet bilan bog’lashga xizmat qiladigan 99.9% qurilma o’qiy olishiga ishonchingiz komil bo’ladi. Xavfsizlik esa…

Saytim orqali PDF ko’rinishidagi elektron kitoblar savdosini rivojlantirmoqchiman. Bu ishni «Bepul hosting» elektron kitobi bilan boshladim. Elektron kitoblar savdosini yo’lga qo’yish haqida o’ylay boshlaganimda meni qiziqtirgan eng asosiy masala kitoblarning noqonuniy tarqatilishini bartaraf etish bo’ldi. Harid qilgandan so’ng PDF faylni istagan kishi muallif ruxsatisiz o’zi xohlagan boshqa bir kishiga berishi, saytida bepul yuklab olish uchun joylashtirishi yoki boshqa yo’llar bilan tarqatishi mumkin. Bunda elektron kitoblarga bo’lgan mualliflik huquqi buzilishi bilan birga kitoblar savdosiga ham jiddiy zarar yetkazilishi tabiiy.

O’zbekistonda mualliflik huquqini himoyalash bilan Intellektual mulk agentligi shug’ullanadi. Agentlikka Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali saytimda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan PDF kitoblarning xavfsizligi, mualliflik huquqlarining qay darajada himoyalanganligi va boshqa masalalarga oid savollarimni yo’lladim. Xususan, quyidagi savollar murojaatimda alohida e’tirof etilgan edi:

  • Kitobni yozib, PDF ko’rinishida sotuvga chiqarsam, ammo bu kitob hech bir nashriyotda qog’oz ko’rinishida chop etilmagan bo’lsa. Bunday holatda kitobga nisbatan rasmiy mualliflik huquqim bo’ladimi?
  • Bir kishi elektron kitobni sotib olib, keyin uni boshqa bir kishiga bersa, saytiga bepul yuklab olish uchun chiqarsa, mening mualliflik huquqim qonun tomonidan qanday himoya qilinadi?
  • Mualliflik huquqim buzilgan holatda kimga murojaat qilishim kerak va huquqbuzarlarga qanday chora ko’riladi?

Agentlik tomonidan qaytarilgan javob xatini e’tiboringizga havola qilmoqchiman. Bu orqali elektron kitoblar yozish, ularni internet orqali sotish va shu kabi faoliyat bilan shug’ullanish haqida o’ylab yurgan, ammo mualliflik huquqlarining elektron maxsulotni noqonuniy tarqatishlari orqali buzilishiga oid savollariga javob topa olmayotgan kishilarga ma’lumot ulashish niyatidaman.

 

Ushbu javob xatidan shuni xulosa qilish mumkinki, O’zbekistonda elektron kitoblarga bo’lgan mualliflik huquqi qonun himoyasida.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Bitta fikr

  1. Rahmat juda yaxshi ma’lumot beribsiz.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*