Bosh sahifa / Grammatik mavzular / Past Simple yoki Past Participle?

Past Simple yoki Past Participle?

Ingliz tilining noto’g’ri fe’llar jadvali barchamizga tanish. Bu jadvalni juda ko’pchilik ingliz tili grammatikasi qo’llanmalarida uchta ustunli shaklda berilganligini ko’ramiz. Bu ustunlarda fe’lning Infinitive, Past Simple va Past participle shakllari alifbo tartibida beriladi. Infinitiv to’g’risida yetarlicha ma’lumot berganmiz va fe’lning bu shakli tushunib olishda deyarli muammolar keltirib chiqarmaydi. Past Simple va Past Participle shaklidagi fe’llarning har ikkalasi ham Past (o’tgan) zamonda bo’lganligi sababli ba’zi o’rganuvchilar ularni farqlashda qiynalishadi.

Ushbu maqola Past Simple va Past Participle shaklidagi fe’llarning ishlatilishdagi asosiy farqlarini yoritib beradi. Quyida bu ikki shakldagi fe’llarni ishlatilishdagi farqi ko’rsatilgan. Ularning alohida zamonlarda qo’llanilishi haqida batafsil ma’lumotni shu zamonlarga bag’ishlangan mavzularda o’rganib olishingiz mumkin.

PAST SIMPLE shaklini o’tgan zamonda boshlangan VA o’tgan zamonda tugagan ish-harakatlarga nisbatan ishlatamiz. Bunda biz ish-harakat qachon boshlanib, qachon tugaganligi to’g’risida ma’lumot berishimiz shart bo’lmaydi. Eng muhim masala ish-harakatning o’tgan zamonda bajarib tugatilganligi va hozirda uning bajarilmayotganligi hisoblanadi.

PAST PARTICIPLE shaklidan esa quyidagi zamonlarni yasashda foydalanamiz. Bunda SEE (ko’rmoq) fe’li misol qilib ko’rsatilgan. Bilasizki, SEE fe’lining jadvaldagi (SEE – SAW – SEEN) o’rni uchinchi ustunga (Past Participle) to’g’ri keladi.

Present Perfect

I have seen it.

Past Perfect

I had seen it.

Future Perfect

I will have seen it.

O’tgan zamon shart ergash gap

I would have seen it.

Passive

It was seen.

Past Simple va Past Participle ishlatilishi bo’yicha asosan faqat shu farqlarni ko’rishimiz mumkin. Past Participle shaklidagi fe’llarning alohida zamonlarda qanday va nima uchun ishlatilishi to’g’risida har bir alohida zamonga oid mavzularni o’rganish orqali bilib olishingiz mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

4 ta fikr

  1. Salom, uzur mumkn bulsa i have seen it, i will have seen it larning tarjimasini yozolaszmi rahmat

  2. Salom Azamat aka agar mumkin bo’lsa siz bn telegram orqali bog’lansam bo’ladimi?

  3. Mr. Akhmadaliev

    Hammaga Salom. Manga IELTS ni orgatadigan Ustoz kere bovotudi. Agar Tanish bilishla bosa Etvorila. Javob Uchun Oldindan Rahmat.
    Tel.: +998 90 968 51 18
    +998 99 877 78 49

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*