Bosh sahifa / Promotion / O’zbekistonim bilan faxrlanishimga 101 sabab

O’zbekistonim bilan faxrlanishimga 101 sabab

Vatanni biror sababga ko’ra sevishmaydi. U bilan qaysidir sabab tufayli faxrlanishmaydi. Chunki har bir kishining Vatani o’zi uchun qadrli va sevimlidir. Insonning tug’ilib, voyaga yetgan Vatani u uchun har qanday joydan sevimli, har yerda farxlanishiga arzigulik joy bo’lib qoladi.

Men O’zbekistonni sevaman. Mustaqil Vatanim, O’zbekistonim bilan faxrlanaman. Bu yurtni sevish, u bilan faxrlanish uchun sabab izlasak millionlab kitoblarga sig’maydigan haqiqatlar haqida to’xtalib o’tishimizga to’g’ri keladi. Menda Vatanim bilan faxrlanishimga milliardlab sabablar bo’lsa-da, quyida Vatanim bilan faxrlanishimga eng asosiy sabablardan 101 tasini yozmoqchiman. Men mustaqil O’zbekistonim bilan faxrlanaman, chunki:

  1.  O’zbekiston tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz osoyishta hayot kechirayapti.
  2. Vatanimizda ilm-fan ravnaqi uchun yetarli sharoit bor.
  3. Hukumatimiz yoshlarga g’amxo’r.
  4. Xalqimiz madaniyati butun dunyoga o’rnak bo’lgudek.
  5. Xalqiga nisbatan mehr tafti quyoshga teng yurtboshimiz bor.
  6. Bugun O’zbekistonni butun dunyo taniydi.
  7. Yurtimizda inson manfaatlari birinchi o’rinda turadi.
  8. Dunyoga mashxur allomalar shu zaminda tug’ilib, kamol topishgan.
  9. Xalqimizning sahiyligi cheksiz.
  10. O’zligimiz va milliy g’ururimizni tiklab olgan xalqmiz.
  11. Xalqaro musobaqalarda g’olib bo’lib kelayotgan sportchilarimiz bor.
  12. Hukumatimiz xususiy tadbirkorlik rivoji uchun g’amxo’rlik qiladi.
  13. «O’rta Osiyoda yagona» deyiladigan ko’p narsalar aynan bizda.
  14. Bobolarimizning ilmiy meroslarini hozirgi kunda butun jahon o’rganayapti.
  15. O’zbekiston xalqi bir oiladek ahillikda hayot kechirayapti.
  16. Yoshlarimizning ilm olishlari uchun hamma sharoitlar mavjud.
  17. Dunyoga taniqli olimlarimiz bor.
  18. Xalqimiz xashar yo’li bilan bir-birlariga yordam berishadi.
  19. Bizda kattalarga xurmat, kichiklarga izzat tushunchalari yuqori baholanadi.
  20. Jamiyatimizda qonun ustuvor.
  21. Vatanimizda ta’lim va tibbiyot tizimlari a’lo darajada tashkil etilgan.
  22. Xalqimiz mehmondo’st.
  23. Ming yillik qadriyatlarimiz hali ham barhayot.
  24. Yurtimizning yetti iqlimda topilmas tabiati bor.
  25. Islom dunyosiga taniqli Buxoriy, Termiziy kabi bobolarimiz bor.
  26. O’rta Osiyodagi eng ko’p tarixiy obidalar Vatanimizda joylashgan.
  27. Yurtimizda yilning to’rt fasli o’ziga xos o’tadi.
  28. Har bir viloyatimizning o’z qadriyatlari, alohida afzalliklari bor.
  29. O’zbekiston dunyoga mashxur o’zbek kurashining Vatani hisoblanadi.
  30. Mevalarga boy bog’larimiz, serhosil dalalarimiz, shifobaxsh tabiatimiz bor.
  31. Oziq-ovqat mahsulotlarimizning deyarli barchasi o’zimizda ishlab chiqariladi.
  32. Tarixi mingyilliklarga borib taqaladigan shaharlarimiz, qishloqlarimiz bor.
  33. O’zbek xalqi «bolam uchun» deb yashaydi.
  34. O’zimizning milliy qo’shiqchilik, kino va san’at yo’nalishlarimiz bor.
  35. Dunyoning boshqa hech bir yerida topilmas milliy taomlarimiz bor.
  36. Bizda ustozni otadek ulug’ bilishadi.
  37. Milliy professional armiyamiz bor.
  38. «Nuqta UZ» domenimiz bor.
  39. Vatanimizda onalik va bolalik, keksalar va faxriylar doim e’zozda.
  40. Yurtimizda zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayapti.
  41. O’rta Osiyo xalqlarini birlashtira olgan sarkarda Amir Temur – bizning vatandoshimiz.
  42. Bizda sportning barcha turlari rivojlanib borayapti.
  43. O’quvchilarimiz birinchi sinfdanoq chet tillarini o’rganishmoqda.
  44. Milliy televideniyamiz yaxshi rivojlangan.
  45. Mashinasozlik sohasida ildam qadam tashlayapmiz.
  46. Xorijlik sayyohlar havas bilan boqadigan imoratlarimiz bor.
  47. Milliy bayroq, gerb va madhiyamiz bor.
  48. Bizda ilm-fan yetakchilari yuksak qadrlanadi.
  49. Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarning barchasi ilm olishni xohlaydi.
  50. Yurtimizda ustozlar yuksak darajada qadrlanadi.
  51. Vatanimiz ravnaqi uchun hissa qo’shgan har bir soha vakili uchun yuksak davlat mukofoti bor.
  52. Davlatimiz chegaralari mustahkam.
  53. Yurtimizda infobiznes, onlayn marketing, internet tijorat kabi yangi sohalar rivojlanayapti.
  54. Har bir viloyatimizda yangidan-yangi zamonaviy binolar qurilayapti.
  55. Hukumatimiz yosh oilalar farovonligi uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib bergan.
  56. Farovon hayotimiz, tinch osmonimizga to’ylar, bayramlar yarashadi.
  57. Jaloliddin Manguberdi kabi dovyurak askarlarimiz bor.
  58. Dunyoga mashxur o’quv dargohlari, Markaziy Osiyoda yagona bilim yurtlari bizda joylashgan.
  59. Yurtimizda xalq salomatligi hukumatimizning oliy maqsadlaridan biri.
  60. Farzandlarimizning ilm olishlariga bog’chalardan boshlab e’tibor beriladi.
  61. Bizda har qanday ezgu g’oya qo’llab quvvatlanadi.
  62. Serma’no maqollarimiz, boy xalq og’zaki ijodimiz bor.
  63. Bozorlarimizdagi deyarli barcha mahsulotlarda «O’zbekistonda ishlab chiqarilgan» yorlig’i bor.
  64. Ta’lim tizimimizga dunyoning rivojlangan mamlakatlari yuksak baho berishgan.
  65. Xalqimizda «maslahat», «xashar», «to’yona», «rag’bat» kabi qadriyatlar bor.
  66. Xalqimiz urush, vayronkorlik va buzg’unchilikni qoralab, tinchlik va hamjihatlikni qo’llab-quvvatlaydi.
  67. Siyosiy, ta’lim va tibbiyot tizimlarimiz dunyo standartlariga mos.
  68. Xalqimiz kattaga xurmat, kichikka izzat bilan munosabatda bo’ladi.
  69. Ibn Sino bobomiz asarlari hozirga qadar dunyo tib olimlari tomonidan o’rganiladi.
  70. Yurtimiz chaqaloqlari omadli, yoshlari baxtli, keksalari esa yuksak e’zozda.
  71. Milliy bank va iqtisod tizimimiz yaxshi rivojlangan.
  72. Hech bir davlatda takrorlanmas milliy liboslarimiz bor.
  73. Yurtimizda nochor ahvolda yashaydigan birorta ham oila yo’q.
  74. Milliy internetimiz tanlovlari bor.
  75. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimiz bor.
  76. Dunyoga mashxur sportchilarimiz bor.
  77. Bugun O’zbekiston dunyoning eng rivojlangan va farovon davlatlari qatorida.
  78. Milliy yo’nalishdagi qo’shiqchilik, kino va boshqa madaniy sohalarimiz rivojlanayapti.
  79. Xalqimiz dasturxonini to’ldiruvchi hosildor yerlarimiz, bog’larimiz bor.
  80. Yurtimizda zamonaviy texnika vositalari ishlab chiqaruvchi milliy kompaniyalar ko’paymoqda.
  81. Bebaho intellektual salohiyatga ega yoshlarimiz bor.
  82. Yurtimizning har bir viloyatida zamonaviy sport inshootlari barpo etilgan.
  83. Vatanimizda yuqori sifatli boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus ta’lim olish bepul.
  84. Yurtimizda har bir kishi yuqori sifatli tibbiy yordam olishga haqli.
  85. Bolalar va yoshlar uchun eng zamonaviy oromgohlar tashkil etilgan.
  86. Internet orqali va masofadan to’lovlarni amalga oshirish tizimlarimiz bor.
  87. Bugungi yoshlarimiz bir nechta xorijiy tillarda muloqot qila olishadi.
  88. Kelajagi buyuk Vatanda yashayapmiz.
  89. Qadimdan meros urf-odatlarimiz yuksak qadrlanadi.
  90. Bizda hech bir to’y-marosim keksalarimiz bilan maslahatlashishsiz o’tkazilmaydi.
  91. Yurtimizda an’anaviy tarzda o’tkaziladigan xalqaro festivallar, sport musobaqalari bor.
  92. Xalq ta’limi tizimimizda har bir o’quvchi e’tibor markazida.
  93. Huquqlarimiz asosi bo’lgan Konstitutsiyamiz bor.
  94. Dunyoda o’xshashi topilmas oqibatli xalqimiz bor.
  95. Yoshlar uchun barcha yo’nalishlardagi oliy o’quv yurtlari bor.
  96. Zamonaviy me’morchilikka asoslangan azim shaharlarimiz bor.
  97. Ming yillik tarixga ega ikkita katta daryolarimiz bor.
  98. Tabiat tuhfasi bo’lgan milliy yer osti va yer usti boyliklarimiz bor.
  99. Faqat bizning xalqimiz farzandim mendan baxtliroq bo’lsin, deb yashaydi.
  100. Sanoqli yillik mustaqillik davrida asrlarga teng muvaffaqiyatlarga erishdik.
  101. Dunyodagi hech bir yerga alishmaydigan Vatanim bor. Men O’zbekistonni sevaman!

Ishonchim komilki, har bir Vatandoshim yuqoridagi sabablardan tashqari yana minglab boshqa sabablarni keltira olishadi. Albatta, bu har bir yurtdoshimizning o’z Vataniga nisbatan bo’lgan ulkan mehri natijasidir. Har birimiz O’zbekistonimiz bilan faxrlanamiz. O’zbekiston istiqboli – bizning istiqbolimiz. O’zbekiston kelajagi – har birimizning kelajagimizdir. Biz Vatanimizni sevamiz!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

8 ta fikr

  1. Azamat aka, sizga kop rahmat, juda qulay sayt ekan!!! Mehnatdan charchamang, Alloh kuch-quvvat bersin!!!

  2. 93. Huquqlarimiz asosi bo’lgan Konstitutsiyamiz bor.

    Fikr va so’z erkinligi ham Konstitutsiyamizda kafolatlangan. Shu huquqimdan foydalangan xolatda. Maqola muallifiga bitta dona savolim bor.

    Bu maqolada yolg’on ishlatganmisiz yoki gaplaringizni hammasi haqiqatmi?

  3. Qoyilman..xamma xar xil qarich bn o`lchaydi…O`zbekistonim bn faxrlanishimga 101 sabab….Buni xar bir qatorini o`qiyapmanda faqat kulgidan nariga o`tolmadim…Raxmatli Xojiboy Tojiboyevni «atomni bomba» xaqidagi askiyasi esimga tushdi…U etadiku zavod devoriga ilib qo`ygan plakatga ko`zim tushdi yani nimeymish atomni bomba tushsa nima qilish kerek…..shular xaqida eslatma berilgan ekan……xar bir qatorini o`qib kulyapmaneeeyyy —degan edi raxmatlik……

  4. CHIROYLI GAPLARNI TOPIB YOZIBSIZ

  5. Assalomu alaykum Azamat aka. Shu savolni javobini va nima uchun o’sha javob bo’lganligini iltimos aytib yuboring. Oldindan rahmat.
    I assume …. against buying a new car.
    A. Deciding
    B. Your decision
    C. To decide
    D. You’ve decided

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*