Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / O’zbekiston sharoitida online ishlash uchun eng qulay 14 ta xizmat

O’zbekiston sharoitida online ishlash uchun eng qulay 14 ta xizmat

So’nggi vaqtlarda masofadan turib ishlovchilar soni sharoit va tanlov talabi bilan ortib borayapti. Internet orqali ishlash xizmatchi uchun ham, ish beruvchi uchun ham juda qulay ekanligini hisobga olsak, O’zbekistonda bu yo’nalish kelajakda ancha yaxshi rivojlanadi, degan tahmin qilish mumkin.

Xorijda internet orqali masofadan turib ishlash odatiy holga aylanib ulgurgan. Tabiiyki, ularda buning uchun yetarli sharoit ham shakllangan. O’zbekistonda bugungi kundagi sharoitni hisobga olgan holda masofadan online ishlash mumkinmi? Ushbu savolga javob berish maqsadida ushbu maqolamda internet orqali ishlashda qulay hisoblangan bir necha bepul yoki juda arzon xizmatlar haqida yozmoqchiman. Bu xizmatlardan foydalangan holda internet orqali faoliyat yuritish nafaqat xizmatchi uchun, balki ish beruvchi uchun ham bir qator qulayliklarga ega.

Bir kishi uyidan chiqmagan holda, internet orqali kuniga 4-6 soat ishlaydi, deb hisoblaylik. Unga qiladigan ishi uchun haq to’laydigan kompaniya esa xizmatchining ish samaradorligini masofadan turib baholashi, topshiriq berishi, bajarilgan vazifalarni qabul qilib olishi va albatta haq to’lashi kerak bo’lsin. Har ikki tomon uchun zarur bo’lgan bu amaliyotlarni bir necha foydali online xizmatlar yordamida hayotga tadbiq etish mumkin. Talablar minimal darajada – O’zbekistonning istalgan shahridagi Uzonline interneti orqali ishlash mumkin. Xizmatchi va ish beruvchida internetga ulangan kompyuter bo’lsa kifoya!

Xizmatchi va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlarni aloqa, nazorat, taqdimot va to’lov amaliyotlariga bo’lgan holda ko’rib chiqamiz. Chunki har qanday masofaviy mehnat munosabatining asosida aynan shu to’rt amaliyot yotadi: ish beruvchi va xizmatchi tez-tez bir-birlari bilan aloqada bo’lib turishlari kerak bo’ladi, ishlarning qanday bajarilayotganligini ish beruvchi nazorat qilib turishni xohlaydi, xizmatchi bajarayotgan ishini ish beruvchiga taqdimot sifatida namoyish etib turadi va nihoyat, ish beruvchi bajarilgan ish uchun xizmatchiga haq to’laydi.

Aloqa

Internet orqali muloqot va konferensiyalarni tashkil etishda bir nechta qulay xizmatlarga tayanish mumkin.

Appear.in – Video konferensiya uchun juda yaxshi sayt. Bir necha kishi bir-birini ko’rgan holda video muloqotga kirishishi mumkin. Bepul bu xizmatdan foydalanish juda oson.

TeamSpeak – Ovozli muloqotga mo’ljallangan bepul platforma. P2P asosda ishlaydigan bu dastur ovozli muloqot uchun juda qulay hisoblanadi. Bunda bir necha kishi guruh bo’lib ovozli muloqotga kirishishi ham mumkin.

Telegram – Bu dasturga ortiqcha izoh shart emas. Uning masofadan ishlashdagi qulayligi kompyuterda ham mobil qurilmalarda ham birdek ishlay olishidir. Telegram bilan ish beruvchi va xizmatchi turli usullarda tez va samarali muloqotga kirisha olishadi.

TeamViewer – Ushbu dastur kompyuterni masofadan turib boshqarishga moslashgan. Bunda bir tomondagi foydalanuvchi internet orqali boshqa tomondagi foydalanuvchining kompyuterini to’liq boshqarishi mumkin. Dasturda ovozli, video va yozma xabarlar uchun imkoniyatlar bor.

Nazorat

Ish beruvchi masofadan turib xizmatchiga vazifalar tayinlashi va ularning qanday bajarilayotganligini kuzatib/nazorat qilib turishi mumkin. Buning uchun quyidagi qulay xizmatlardan foydalanish kerak.

Todoist – Shaxsan o’ziga yoki kimgadir/guruhga vazifa tayinlash va ularning bajarilishini nazorat qilishga moslashgan platforma. Web interfeysidan tashqari Android uchun mobil ilovasi ham mavjud. O’zim va jamoamiz Todoistdan har kuni foydalanamiz. Shaxsiy rivojlanish yo’lida o’ziga o’zi maqsadlar tayinlab, samaradorligini oshirmoqchi bo’lganlarga alohida tavsiya etaman.

Google Kalendar – Ishlarni sana va soatga ko’ra rejalashtirish uchun juda qulay xizmat. Gmail akkauntingizning bo’lishi u xizmatdan foydalanishingizga kifoya qiladi.

Zoho – Masofadan turib ishlash uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan barcha qulayliklar. Shaxsan menga eslatmalar tizimi juda ma’qul keldi.

Remember The Milk – Eslatmalarning juda ajayob tarzda tashkil etilgan ko’rinishi.

Taqdimot

Google Docs – Bajarilgan ishlarni online tarzda Word, Excel yoki Power Point ko’rinishida taqdim etish uchun juda qulay platforma. Jamoamiz bilan Word xujjatlarni online tahrirlashda ushbu xizmatdan juda ko’p foydalanardik.

LightShot – Kompyuter interfeysini bir zumda suratga olib, online jo’natish uchun qulay bo’lgan kichik dastur. Uni har qanday holatda ham kompyuteringizga o’rnatib, ishlatishingiz kerak. Shaxsan o’zim har kuni bu qulay dasturdan foydalanaman.

Flickr – Foto va video ma’lumotlarni zudlik bilan almashish, namoyish etish zaruratida bo’lganlar uchun ajoyib bepul xizmat.

To’lov

Bajarilgan ish uchun xizmat haqini to’lashda quyidagi qulay online to’lov usullaridan foydalanish mumkin.

Payme – O’zbekistonda plastik kartochkadan plastik kartochkaga pul o’tkazishda bundan yaxshiroq xizmat bo’lmasa kerak (hozircha).

WebSum – Bank yoki infokiosk orqali pul o’tkazish mumkin bo’lgan qulay online to’lov tizimi.

Webmoney – Nafaqat O’zbekistonda, balki xorijda ham samarali ishlab kelayotgan online to’lov tizimi.

Masofadan ishlash uchun imkoniyat va sharoit yetarli darajada. Hozircha ish beruvchilar masofadan turib ishchi yollatishning samaradorligihaqida o’ylab ko’rishga shoshilishmayotgan bo’lsa ham, kelajakda bu soha albatta rivojlanadi. Axir qachondir O’zbekistonda ham xorijning rivojlangan mamlakatlaridagi singari yangi mehnat sharoitlari shakllanadi. Shunda bizning yurtdoshlarimiz ham internet orqali masofadan turib ishlaydigan bo’lishadi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

12 ta fikr

  1. Assalomu aleykum Azamat akka
    Saytingiz hostingini o’zgartirdingizmi? Saytingiz ahost.uz edi. Hozir yandex name serverini ko’rsatayabi.
    mana: http://cctld.uz/whois/?domain=azamat&zone=uz , buni qanday qulay taraflari bor dns1.yandex.net serverini fon.uz ham shu serverda ekan.

    • Bu faqat DNS hosting. Yandeks DNS yozuvlari aslida aHostga qaratilgan.

      • salom oka man shu dns ga salgina chunmiy qoldim. qareng masalan bitta kino sayt bor kinolar tasix da joylashgan lekin saytni dns hostingi ru sayt yozilgan bu degani ru saytidan olingan hostingni tasix qilib kino qoyilgan deyilganimi yoki shuni iloji bormi tashki hostingdan kattaroq host olib saytni tasixda ishlatishga?

  2. kik.uz domeni band ekan menga yordam bera olasizmi?

  3. Azamat aka jarida shabloni qayerdan olsam bòladi yoki bloger uchun qulayroq shablon tafsiya eta olasizmi javob uchun rahmat

  4. domen registratsya qilish uchun registratorni farqi yo’qmi? Surxndaryodai registrator ham bolaveradimi yoki boshqa registratordan o’tish kerakmi?

  5. http://uzpayme.ru/ saytida webmoneyni websum va uzcard dagi summalarga almashamiz deb elon berilgan. Azamat aka siz bu haqda nima deya olasiz? Uzcarddan QIWI kashelokka tashlashni iloji bormi? Oldindan rahmat!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*