Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / O’zbekiston sharoitida 10 ta eng yaxshi internet biznes g’oyalari

O’zbekiston sharoitida 10 ta eng yaxshi internet biznes g’oyalari

«O’zbekiston sharoitida», deganda men «hali O’zbekistonda mavjud bo’lmagan, amalga oshirilmagan» internet biznes g’oyalarini nazarda tutayapman. Xo’sh, hozirgi kunda .UZ domenida, O’zbekiston internet tarmog’ida qanday internet biznesi xizmatlari yo’q? Qanday internet biznesi xizmatlariga talab kuchli? O’zbekiston interneti uchun hozirgi kunda qanday biznes xizmatlari kerak? Mening fikrimcha quyidagi internet biznes xizmatlari TAS-IX saytlarida yetishmaydi va ularga bugungi kunda talab juda kuchli:

1. SMS TO’LOV XIZMATI. Men Click.uz kabi uyali telefonga UzCard plastik kartochkasini ulab qo’yib, SMS orqali to’lov qilishni aytmoqchi emasman. Bizga haqiqiy SMS to’lov xizmati kerak. Uning vazifasi saytlar orqali sotiladigan mahsulot va xizmatlar uchun maxsus raqamga SMS yuborish orqali abonent xisob raqamidan pulni yechib olib, sayt egasi xisob raqamiga o’tkazib berish bo’lishi kerak. Masalan, men saytimda kitob sotmoqchiman. SMS to’lov kompaniyasi bilan shartnoma qilaman va 7777 ga o’xshash qisqa raqam olaman. Kimki 7777 raqamiga «kitob» so’zini SMS qilib yuborsa, yuborgan kishi hisobidan ma’lum miqdorda, masalan 2 dollar, pul yechilib, mening hisobimga kelib tushishi kerak. To’lov o’tgan zahoti SMS to’lov xizmati avvaldan tayyorlab qo’yilgan «To’lovingiz muvaffaqiyatli o’tdi! Kitobni 68454 paroli orqali yuklab oling.» kabi SMS xabarni abonentga yuborishi kerak. Abonent parolni saytga kiritish orqali sotib olgan kitobini yuklab oladi. Shu xizmat yo’lga qo’yilsa, O’zbekiston saytlari bemalol mahsulot va xizmatlarni sota olgan bo’lardi.

2. ABITURIYENTLAR UCHUN KUCHLI, TEST BAJARISH SAYTI. To’g’ri, Dtm.uz saytida va yana boshqa bir qator saytlarda bu narsa juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Ammo faqat abituriyentlarning test bajarishlariga yo’naltirilgan kuchli saytni hozircha uchratmadim. Saytda test bajarish vaqtining chegaralanishi, javoblarning darhol e’lon qilinishi, imkon bo’lsa har bir xato javobning to’g’ri javobi tushuntirilishi saytning haqiqatdan ham kuchli bo’lishiga asos bo’la oladi. Test bajarish, albatta pulli bo’ladi. Bunday sayt orqali PAYNET bilan shartnoma qilgan holda katta pul ishlab olish ham mumkin.

3. SHIFOKORLAR PULLI MASLAHATI. Hozircha bunday foydali saytni TAS-IX tizimida uchratmadim. Saytning funksiyasi quyidagicha bo’ladi: malakali, tajribali shifokorlar saytga jalb etiladi. Ulardan savol so’rashni xohlaganlar saytdagi hisoblarini PAYNET orqali to’ldirishadi va to’lov evaziga savol yo’llashadi. Shifokorlar, har haftada bir marta, yoki 3 kunda bir marta saytga kirib, yig’ilib qolgan savollarga o’zlariga qulay bo’lgan paytda javob yozishadi. Albatta, sayt ma’muriyati har bir shifokorga oyida tushgan daromadlarning ma’lum qismini berishi kerak. Agar haqiqiy, davlat ro’yxatidan o’tgan shifokorlar saytga jalb qilinsa, odamlar albatta bunday saytga pul o’tkazib maslahatlar olishadi. Mijozlarni jalb qilish uchun «Bepul savol-javoblar» bo’limi tashkil etilsa, oddiy tibbiy savollarga javob berib turilsa, sayt foydalanuvchilari va saytga qiziquvchilar soni ortadi.

4. BILIMLAR BOZORI SAYTI. Bunday sayt huddi Torg.uz saytiga o’xshaydi, u yerda savdo bo’ladi, foydalanuvchilar harid qilishadi va sotishadi. Ammo bu saytda faqat bilim, malaka va tajribaga asoslangan intellektual mahsulotlar, xizmatlar sotiladi. Misol uchun, Siz juda aqllisiz, matematika sohasida juda bilimdonsiz. Bunday saytga kirib, matematika bo’yicha diplom ishlariga yordamingizni, kerakli bo’lgan masalalarni hal qilishda yordam berishingizni va fan yo’nalishiga oid boshqa xizmatlaringizni taklif qilasiz. Xizmatlaringiz kerak bo’lgan odamlar, masalan, diplom ishi yozishga qiynalib yurgan bitiruvchilar Siz bilan bog’lanib, xizmatingizdan to’lov asosida foydalanishadi.

Bundan saytga nima foyda? Saytda «ekspertlar» va «haridorlar» alohida huquqlar bilan ajratiladi. Ekspertlar (o’z xizmatini taklif qilayotganlar)ning bog’lanish ma’lumotlari; telefon raqamlari, email manzillari, saytlari va boshqalar to’lov asosida haridorlarga ko’rsatiladigan bo’ladi. Yoki aloqani ma’lum to’lov asosida amalga oshirish belgilab qo’yiladi.

5. MASOFADAN KOMPYUTERLARNI DASTURIY TA’MIRLASH XIZMATI. Internet foydalanuvchilarining deyarli yarmidan ko’pi kompyuterdagi oddiy dasturiy nosozliklarni mustaqil ravishda tuzata olmaydi. Ular uchun masofadan turib (Team Viewer kabi masofadan turib boshqalarning kompyuterini boshqarish dasturi yordamida) mijozlarning buzilib qolgan kompyuterlarini dasturiy ta’mirlash xizmatini taklif etish mumkin. Tasavvur qiling, xizmatni taklif qiluvchi korxona Toshkent shahrida joylashgan, ammo o’z rasmiy sayti orqali butun O’zbekiston aholisiga xizmat ko’rsatishi mumkin! Xizmat uchun to’lovni PAYNET orqali olish mumkin.

6. PULLI VA BEPUL REKLAMA ALMASHINUVI SAYTI. Bu xizmat faqat sayt tayyorlovchi (webmaster)lar uchun. Huddi shu turdagi xizmatni Sir.uz sayti taqdim etar edi. Ular bu ishni deyarli juda yaxshi uddalashayotgan edi, ammo Sir ancha vaqtdan beri o’z faoliyatini to’xtatib qo’ygan. Shaxsan menga va mening saytimga bunday xizmat juda kerak. Sir haqida 10 ta pul keltiradigan sayt g’oyalari maqolasida ham yozgan edim. Sayt funksiyasi quyidagicha: reklama beruvchilar saytga pul to’laydi va sayt reklamani ko’rsatuvchi minglab o’zbek saytlarida reklama beruvchining reklamasini ko’rsatadi. Hisob-kitob reklamaning har 1 000 marta ko’rsatilishiga qarab, yoki har bir marta bosilishiga qarab amalga oshiriladi. Bundan tashqari TAS-IX tarmog’i ichida joylashgan saytlarning o’zaro bepul banner reklama almashish dasturi ham yo’lga qo’yiladi. Bunda, masalan, mening saytimning reklamasi boshqa saytlarda ming marta ko’rsatilsa, men ham boshqa saytlar reklamasini o’z saytimda ming marta ko’rsatish majburiyatini olgan bo’laman. Juda ko’p daromad keltiradigan biznes!

Maqolaning davomini o’qish uchun keyingi sahifaga o’ting.

Abituriyentlar uchun test formulalari

14 ta fikr

  1. Xo`sh, Assalomu Aleykum Azamat aka, men bu maqolangizdan bir nechta e`tirozga sabab bo`luvchi ma`lumot topdim, masalan men shifokorlikga oid sayt yaratdim, ha ana yo`lga qo`yib ham oldim deylik, to`satdan, saytim orqali olingan ma`lumotdan zarar ko`rganlik haqida xabar yetib keldi va men o`sha zararni qoplashga, kerak bo`lsa qonun oldida javob berishga majbur bo`laman to`grimi? Yoki shifokorlar majbur bo`lishadimi? Siz qanday qaraysiz bunga?

    • Savolingiz o’rinli. Bu holat uchun sayt ma’muriyati ehtiyot choralarini ko’rib qo’yishi zarur bo’ladi. Birinchidan, saytga haqiqiy ma’lumotga ega bo’lgan shifokorlar jalb qilinadi. Menimcha, ular har bir savolga mas’uliyat bilan javob berishadi. Chunki javob beruvchi shifokorning profilida uning rasmi, ism-sharifi va boshqa ma’lumotlari keltirilganligini hisobga olsak, har bir shifokor savolga javob berishga jiddiy qaraydi. Bundan tashqari, saytning «Foydalanuvchi shartnomasi» orqali barcha foydalanuvchilarga «…berilgan javob va tavsiyalarga javob beruvchi shifokor javobga.», mazmunidagi xabar beriladi. Bunday saytlarning ingliz tilidagi eng muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgani http://www.medhelp.org sayti hisoblanadi. Bu saytda yuqoridagi maqolada tasvirlangan barcha qulayliklar va xossalar mavjud. Iltimos, saytga kirib, tanishib chiqing.

  2. Assalom Alaykum. Yaxshimisiz. bitta savol. sms to’lov xizmati yuzasidan. bu xizmat uchun pul kerakmi, ya’ni katta pul yoki xohish bo’lsa qilsa buladimi va yuridik jihatlari? Raxmat. tuliqroq?

  3. Assalomu Alaykum Azamat aka man sizni saytizga juda qiziqib qoldim. Sizga 1-2 ta savolim bor mumkin bo’lsa manda juda ko’p qiziq fikrlar bor lekin hech biri o’g’irlanmagan o’zim o’ylab topganman shularni qanday qilib qiziqchilarga sotishim mumkin

  4. Azamat aka, assalomu alekum. Respublikamizda, SMS TO’LOV nomi bilan faoliyat yuritayotgan tizim mavjudku!? http://smst.uz

  5. Assalomu alaykum Azamat aka yaxshimisiz men sizni saytingizga qiziqip qoldim sovolim shukiy masalan men safardaman xitoy shahrida oqiyman shunga o’qishim uchun mablag’lar zarur bo’ladi shuyerdan turib ozimni sarf xarajatlarim uchun mablag’ topishim kerak Internet orqaliy qanaqa oldi sotdi biznes qilishim mumkun

    • Nimani boshqalarga nisbatan yaxshiroq uddalaysiz? Boshqalar qila olmaydigan, yoki kamdan-kam kishining qo’lidan keladigan qanday hunaringiz bor? Mana shu savollarga javob topa olsangiz, o’ylaymanki internet orqali qaysi yo’l bilan pul ishlashingiz mumkinligini o’zingiz tushunib olasiz.

  6. Team vıewer dastırı offlıne da amalga oshırıladımı yokı onlıne damı keyın yangı endı yaratılgan saytlar uchun google adsens reklama beradımı

  7. ASALOM ALAYKUM Azamat Aka meni qiziqtirgan birinchi g’oyangiz internet taksi bo’yicha bolib uni qanday yaratish va uni qanaqa qilib ishka tushurish munkun uni yoki xarajati kata boladimi
    masalan unga misol tariqasida nimalar kerak boladi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*