Bosh sahifa / WordPress / Ma'lumot / O’zbek tilidagi rasmiy WordPress Yordam forumlari ishga tushirildi

O’zbek tilidagi rasmiy WordPress Yordam forumlari ishga tushirildi

Saytingiz WordPress asosida ishlaydimi? Har qanday saytda vaqti-vaqti bilan muammo bo’lib turadi. Bundan holatlarda, ba’zan, kimdandir yordam so’ray olishingiz Sizga juda katta imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin. Saytni o’rnatish, boshqarish va o’zgartirishni endigina o’rganayotganlarda esa minglab savollar tug’ilishi tabiiy hol.

Ko’p sonli WordPress ihlosmandlariga shuni mamnuniyat bilan e’lon qilmoqchimanki, bugundan e’tiboran uz.wordpress.org/support sahifasi orqali o’zbek tilidagi rasmiy WordPress Yordam forumlari ish boshladi! Yordam forumlari aynan WordPress tizimida ishlovchi saytlar va tarmoqlarning muammolarini bartaraf etish, WordPress tizimini o’zbek tilida o’rganuvchi dasturchilarga fikr almashish imkonini berish maqsadida tashkil etilgan. Unda istagan kishi qatnashishi va samarali foydalanishi mumkin!

WordPress tizimining tarjimalari hali to’liq emas, degan xabarni yozgan edim. Bugun tizimning eng so’nggi tarjima ishlari nihoyasiga yetkazildi. Endi tizim 100% o’zbek tilida! Galdagi vazifamiz WordPress Yordam forumlarini o’zbek tiliga o’girish bo’ladi. Chunki aynan forumlar ko’pchilik o’rganuvchilar uchun muhim ahamiyatga ega va loyihaning eng ko’p talabda bo’ladigan qismi ham aynan savol-javobga asoslangan tomoni bo’ladi. Forumlar tarjimasiga yordam berish istagida bo’lganlar mana bu sahifaga o’tishi mumkin.

Forumlarda saytingizdagi nosozlik yoki boshqa muammoga oid savolingizni yozib qoldiring. WordPress bo’yicha eng tajribali mutaxassislar Sizga yordam berishi mumkin. Savol yozish, javob berish yoki shunchaki muhokamada fikr bildirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun WordPress.org saytida ro’yxatdan o’tishingiz kerak bo’ladi.

Yordam forumlarining eng faol ishtirokchilari orasida kamina ham bor. Bugundan e’tiboran Azamat.uz saytining Savol-Javob bo’limida WordPressga oid savollarga javob berilmaydi. Tizimga oid barcha savol-javob endi loyihaning rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi.

Barchangizni sevimli tizimimizning O’zbekistondagi rivoji bilan yana bir bor tabriklayman!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Bitta fikr

  1. WordPress android uchunmi Azamat aka shu haqida malumot bering men androidda

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*