Bosh sahifa / O'qituvchilarga / O’quvchilar tik turgan holatlarida darsni yaxshiroq o’zlashtirishadi

O’quvchilar tik turgan holatlarida darsni yaxshiroq o’zlashtirishadi

Texaslik salomatlik va ta’lim masalalarini o’rganish boshqarmasi olimlari o’quvchilar dars vaqtida o’tirmasdan, tik turgan holatda tinglashsa darsni yaxshiroq o’zlashtirishadi, degan xulosaga kelishdi. Ular o’tirgan holda darsni tinglaydigan va tik turgan holatda darsda qatnashadigan o’quvchilar o’rtasida izlanish olib borishda va hayratlanarlisi – tik holatda darsda qatnashga o’quvchilar o’tirganlarga nisbatan 7 daqiqa ko’proq vaqt davomida o’qituvchiga e’tibor qarata olishgan. O’tirganlar esa ko’proq chalg’ib, dars mazmunini tik turganlarga nisbatan kamroq o’zlashtirishgan.

Bundan kelib chiqqan ba’zi maktablar izlanish natijalarini hayotga tadbiq etish maqsadida dars davomida o’quvchilarni tik holatda saqlab turishga majbur etuvchi sinf partalaridan foydalanishgan. Albatta, o’quvchilar o’tirishni juda xohlagan vaqtlarida ular uchun o’rindiq joy ham tayyorlab qo’yilgan, ammo bu partalarning asosiy maqsadi o’quvchilarni imkon qadar ko’proq vaqt tik holatda saqlab qolish bo’lganligi sababli bunday partalarda tik holatda turib ishlash osonroq. Quyidagi rasmda ko’rib turganingiz sinf partasini tayyorlashdan maqsad aslida o’quvchilarning haddan oshiq ko’p vaqt o’tirishi natijasida semirib ketmasliklari va ko’p o’tirish oqibatida kelib chiqishi mumkin bo’lgan ba’zi umurtqa pog’onasi kasalliklarining oldini olish edi:

 Ammo ko’rib turganingizdek, tik holatda foydalaniladigan bunday partalar o’quvchilar diqqatini darsga ko’proq jalb qilish uchun ham ishlatilar ekan. Izlanishlar natijasida o’tirgan o’quvchilarga nisbatan tik holatda dars olayotgan o’quvchilar quyidagilarda faolroq bo’lishar ekan:

  • Dars vaqtida beriladigan topshiriqlarga javoban qo’l ko’tarish;
  • Sinfdagi ommaviy muhokamalarda qatnashish;
  • Savollarga javob berish;
  • Navbatsiz, boshqalar gapini bo’lib gapirishdan cheklanish.

Bolaligimizda uyga bajarish uchun berilgan topshiriqlarni bajarmay kelsak ustozimiz bizni tik holatda kitob o’qishga majbur qilishardi. Albatta, ular tik holatda dars qilishning foydali jihatlari haqida hech narsa bilishmagan va yuqorida qayd etilgan izlanish natijalarini o’qimagan bo’lishlari mumkin. Ammo bir hafta davomida o’zlashtirilmagan ma’lumotlar kimlar uchundir sinfxonada tik turgan holatda yaxshiroq, osonroq o’zlashtirilganligi ma’lum. 🙂

Tik holatda darsni yaxshiroq o’zlashtirish mumkinligi haqidagi ilmiy izlanishning ingliz tilidagi asl nusxasini o’qish uchun mana bu yerga o’ting: http://dx.doi.org/10.1080/14635240.2015.1029641

Yaqinda huddi shu mavzuga oid o’zbek tilidagi mana bu xabarni ham o’qib qoldim: http://kun.uz/2015/04/29/tik-turgan-holda-talim-olish-bolalarni-etiborliroq-qilishi-aniqlandi/

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

2 ta fikr

  1. men bunga qo’shilmayman. masalan butun dunyoga ilmiy ilhom berolgan sharq allomalari (hatto antik va g’arb allomalariyam) ilm olish, yodlash odoblari qatorida o’tirib o’qishni albatta yozishgan. bitta kichkina tadqiqot natijasi va 5 ming yillik tajriba kuchlar nisbati hech qachon tenglasha olmaydi

  2. Men ham o’quvchilarimni gohida tik turib tinglashini amalda sinab ko’raman.Natija o’tirgan holatdagidan yaxshiroq bo’ladi.Bu holat butun dars davomida emas,balki 5-10 daqiqa davom etishi mumkin.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*