Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Nega ingliz tili?

Nega ingliz tili?

why-english

Yuqoridagi qizil odamcha nima uchun hamma qatori bir hil emas? Nega u boshqalarga nisbatan ko’zga tez tashlanayapti? U nimasi bilan o’z qatoridagilardan ajralib turibdi? Sabab uning qizil rangda ekanligida emas. Gap shundaki… u ingliz tilini biladi!

Men ingliz tilini mukammal bilgan bugunki kundagi shaxsni huddi shunday tasavvur qilaman: u har doim o’z safdoshlaridan bir qadam oldinda bo’lib, har doim o’z ustunligi bilan ajralib turadi.

Siz ham o’z kasbingizda ilg’or bo’lishni, tengdoshlaringizdan bilim darajangiz bo’yicha o’zib ketishni xohlasangiz ingliz tilini o’rganing! Bugundan boshlab! Hoziroq!

Nima uchun ingliz tilini o’rganishingiz kerak? Nima uchun bugungi kunda har qanday sohada muvaffaqiyatli bo’lish uchun ingliz tilini bilishingiz shart? Nima uchun aynan ingliz tili?

Ingliz tini bugundan boshlab o’rganishga qattiq kirishishingiz uchun sabablar, mana:

  1. Ingliz tili – jahon biznesi tili. Bu tilda dunyoning hamma xalqlari gaplashadi!
  2. Ingliz tili – kompyuter va internet tili. Internetda ingliz tilidan ko’ra ko’proq ma’lumotni o’z ichiga olgan til yo’q.
  3. Ingliz tili – xalqaro umumiy ta’lim tili. Ilm o’rganishni xohlasangiz, eng avvalo ingliz tilini o’rganing.
  4. Ingliz tili – jahon adabiyoti tili. Eng mashxur olimlar va yozuvchilar asalarini shu tilda yozgan.
  5. Ingliz tili – bugunki kundagi eng talab etiladigan til.

Bundan tashqari, agar Siz abituriyent bo’lsangiz, kelajakda O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida o’qish niyatida bo’lsangiz ingliz tilini o’rganishingiz shart! Chunki ingliz tili barcha davlat kirish imtihonlari bloklariga qo’shilgan. Bugungi kunda O’zbekistonda ingliz tiliga, uni o’rganishga shunchalik katta e’tibor qaratilayaptiki, 5-10 yildan keyin dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlaridagi kabi O’zbekistonda ham nafaqat o’qishga, balki ishga qabul qilish uchun ingliz tilini bilish darajasini tekshirish imtihonlari topshiriladigan bo’ladi.

Bilim darajangiz, saviyangiz va kelajakdagi imkoniyatlaringizni yuksaklarga olib chiqishga yordam beradigan ingliz tilini o’rganishga bugundan boshlab kirishing! Bu borada saytimiz sizga yordam beradi!

Esingizda bo’lsin, Bond.uz sayti kunlik yangilab boriladi. Unda eng yangi ma’lumotlar, eng yangi savol-javoblarni topishingiz mumkin. Eng asosiysi – saytdan foydalanish mutlaqo bepul!

Tilni o’rganish qiyinchiliklarsiz bo’lmaydi. Sizda savollar payda bo’lishi, ko’p narsalarga tushunmay qolishingiz mumkin. Bu borada sizga yordam berishga tayyormiz! Ingliz tili grammatikasi, uni o’rganish borasidagi o’zingizni qiziqtirgan va qiynayotgan har qanday savollaringizni yuboring! Saytimiz orqali barcha savollaringizga javob berishdan xursandmiz!

Keling! O’rganing! Biz bilan birga rivojlaning!

Abituriyentlar uchun test formulalari

9 ta fikr

  1. meni bir savol qiynayapi.Bu gunoxkor dunyoda yo’lida adashgan ruxi cho’kgan odam qayerga borishi kerak???

  2. ingiliz tilida mustaql tayyorlanish uchun nimaga katta etibor berish kerak.bir o’zim darslarni yod olishga qiynalyapman. maslaxat bering.

  3. qanday qatnashsa buladi

  4. Rus yoki Arab tili nima bo’ldi? Dunyo o’sha yerdan paydo bo’lganku?

    • Sizni gapingiz ham tog’ri, lekin hozir zamon talabi shu. Aytishganku, zamon senga boqmasa, sen zamonga boq deb. Hozir ingliz tili -dunyo tili, biznes tili, muloqot tiliga aylanib bormoqda. Ammo siz aytgan tillar ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. O’rganishni istagan odam bu tillar bilan bir qatorda ingliz tilini ham o’rgangani faqat o’ziga foyda.

  5. bu kitob asosidagi video darslar menda juda yoqqandi juda yaxshi tushuntirilgan edi

  6. salom azamat aka nega saytda essential grammarin use kitobining ikkita mavzusi yoritilgan qolganlari yo’q yoki men topolmiyapmanmi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*