Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Muvaffaqiyatni qay darajada xohlash mumkin?

Muvaffaqiyatni qay darajada xohlash mumkin?

O’z oldimga qo’ygan maqsadlarimga erishayapman. Natijalarim qoniqarsizlik darajasidan yuqori bo’lsa ham, so’nggi vaqtlarda o’zimda muvaffaqiyatga bo’lgan tashnalikning avvalgiga nisbatan sustroq bo’lib qolganidan hovotir ola boshladim. Ruhlantiruvchi omillarning kamayishi yoki yuqoriroq bosqichga ko’tarilishga bo’lgan istakning yetarlicha emasligi kishi harakatini sezilarli darajada sekinlashtirar ekan. Men avvalgidek muvaffaqiyatga chanqoq bo’lishni xohlayman. O’zimda motivatsiyaga kuchli ehtiyoj sezayapman.

YouTube videolari ichida bitta ruhlantiruvchi video e’tiborimni jalb qildi. Unda mashxur sportchilardan biri muvaffaqiyatni qay darajada xohlash mumkinligi haqida gapirdi. Uning hikoyasi quyidagi mazmunda bo’ldi:

«Bir kishi o’ta muvaffaqiyatli inson xuzuriga kelib ‘Men ham sizdek muvaffaqiyatli bo’lishni xohlayman’, debdi. Muvaffaqiyatli kishi unga ertasi kun tongda dengiz sohiliga borishni va uni o’sha yerda kutishni aytibdi. Muvaffaqiyat qozonish ilinjida bo’lgan kishi tongdan aytilgan joyga borib, dengiz bo’yida muvaffaqiyatli kishini kuta boshlabdi. Muvaffaqiyatli kishi kelib, kutayotgan kishiga ‘Suvga tush’, debdi. Muvaffaqiyat sirini bilishni istagan kishi suvga sho’ng’ibdi. Shunda muvaffaqiyatli kishi suvdagi kishining boshidan tutib olib, uni suv ichida ushlab turibdi. Suvdagi kishi nafas yetishmasligidan qiynalib, suvdan chiqishga harakat qila boshlabdi. Bir qancha vaqtdan so’ng muvaffaqiyatli kishi suvdagi sherigini suvdan chiqarib, qiynoqdan halos etibdi. ‘Suv tagida bo’lganingda nimani xohlading?’, deb so’rabdi muvaffaqiyatli kishi. ‘Nafas olishni’, deb javob beribdi suvdan chiqqan kishi zo’rg’a nafas rostlab. Shunda muvaffaqiyatli kishi unga shunday maslahat beribdi: ‘Xohishning o’zi yetarli emas. Xohishning qay darajadaligi, qanchalik kuchli ekanligi muhim. Muvaffaqiyatni suv tagida nafas olishni istaganingdek xohlaganingdagina haqiqiy muvaffaqiyatga erisha olasan!’. Bu saboq mavaffaqiyatga erishishni xohlagan kishi hayotida eng muhim darslardan biri bo’lgan ekan».

Men hozir o’z oldimga qo’ygan maqsadlarimga erishishni shunchaki xohlayapman. Balki juda kuchsiz xohlayotgandirman. Ammo bu maqsadlarimga erishishim uchun kamlik qiladi. Men rejalarimni amalga oshirishni huddi suv tagida nafas olishni xohlagandek xohlashim kerak. Suv tagida nafas olishni xohlab yuqoriga, havoga intilganimdek harakat qilishim kerak. Shunda o’zim xohlagan kelajakni ko’ra olaman.

Agar Siz ham muvaffaqiyatga erishish yo’lida yetarli natijalarni ko’ra olmayotgan bo’lsangiz, xohishingiz qay darajada kuchli bo’layotganligiga bir e’tibor bering. Balki natijaga erishish uchun yetarlicha kuchli xohlamayotgandirsiz?

Abituriyentlar uchun test formulalari

2 ta fikr

  1. Shu sayt ijodkorining maqolalaridan ruhlanib anchadan buyon ikkilanib (dangasalik qilib) orqaga surib yurgan ishimni bugun mana shu daqiqadan boshladim – dasturlashni o’rganishga noldan kirishdim (aslidayam 0 bilim) . O’qishni erta-kechi yo’q diyishadiku(25 yoshdaman, soham – pedagog) Hozircha Paskal tilini 9-sinf darsligidan boshladim, ozroq mustaqil tushuncha olib olsam keyin kursga qatnash niyat bor. Azamat aka buyogigayam dalda bo’lib turasiz endi. O’zi o’rganishni ancha oldin boshlashim kerak edi. Paskal ga oid qo’llanmalar bo’lsa link berilar

  2. Azamat aka shu o’rinda sizning fikrlaringizga shunday qo’shimcha qilmoqchiman: O’zingiz intilgan maqsadga nisbatan bo’lgan otashin o’tli istak keyingi barcha natijalar uchun boshlang’ich nuqta bo’ladi. Masalan, Tomas Edison lampani hozirgi ko’rinishga keltirguncha 10 000 martadan ko’proq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Uning omadga erishishga bo’lgan kuchli istagi hech qachon so’nmagan, hatto kamaymagan ham.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*