Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Million dollarli sahifa yaratishga uringan kishi

Million dollarli sahifa yaratishga uringan kishi

Alex Tex tayyorlagan «Million Dollar Homepage» (Million Dollarli Sahifa) sayti unga talabalik davridayoq million dollar keltirgan edi. G’oya juda yaxshi: reklama beruvchilar saytning bir piksel joyida reklama joylashtirishi uchun bir dollar to’lashadi. Saytda jami bir millionta piksel joy borligi sababli sayt egasi reklamalar orqali bir million dollar ishlab olgan.

Aleksning g’oyasini takrorlab sayti orqali million dollar ishlab olmoqchi bo’lganlar juda ko’p bo’ldi, ammo ularning deyarli hech qaysi biri Aleks muvaffaqiyatini takrorlay olmadi. Lekin sayti orqali pul topishni maqsad qilgan kishilardan biri Aleksning g’oyasidan yangi talqinda foydalanishga qaror qildi. «The Guy Who Fucked The Million Dollar Homepage» («Million Dollarli Sahifani urib qo’ygan 🙂 Yigit») deb ataladigan sayt ochgan Bernd Zikulnig ismli uchuvchi yigit o’z sayti orqali pul ishlashga harakat qilib ko’rdi. Ammo saytining nomidagi «fucked» ( 🙂 ) so’zining haqoratli bo’lganligi sababli Google uning saytini ta’qiqlab qo’ydi. Shunda ham u taslim bo’lmasdan, saytining nomini «The Guy Who Topped The Million Dollar Homepage» («Million Dollarli Sahifadan o’zib ketgan Yigit») qilib o’zgartirdi.

Bernd saytida hammasi butunlay boshqacha: uning saytida faqat bitta piksel bor va bu yagona pikseldagi joyda reklama joylashtirish 1 000 000 dollar turadi! «Kim deyarli ko’rinmaydigan bir piksel joyga reklama joylashtirish uchun bir million dollar to’laydi?», deysizmi? Balki rostdan ham hech kim reklama joylamas, balki Bernd sayti hech qachon egasiga pul keltira olmas, ammo saytning egasi bunday deydi: «Alex Tewning g’oyasi juda yaxshi edi. Bir millionta pikselning har biriga bir dollardan reklama joylashtirish fikri juda qiziqarli. Ammo bu fikr endi eskirdi. Alex g’oyasi internet tarixida yagona va takrorlanmas bo’ldi. Endi men ham huddi shunday internet tarixida qoladigan sayt yaratdim. Mening saytimda faqatgina bitta piksel bor, uning narxi bir million dollar. Balki men hech qachon bu piksel joyni sota olmasman, balki hech kim hech qachon menga bir million dollar to’lamas. Ammo mening saytim allaqachon internet tarixidagi «Eng qimmat reklama joyiga ega bo’lgan sayt» sifatida abadiy qoldi. Saytim menga foyda keltiradimi, yo’qmi… Ko’ramiz».

Ha, albatta. Ko’ramiz. Balki foyda keltirib qolar.

Uning g’aroyib, bir pikselli sahifasini ko’rish uchun mana bu yerga bosing: http://www.theguywhotoppedthemilliondollarhomepage.com/index.html

Pikselni ko’rmayapsizmi? 😀 U juda kichik bo’lganligi sababli to’rt tomonidan ko’rsatkich bilan piksel joyi ko’rsatilgan. Unda reklama bor 🙂

Sayt muallifi o’zini Alex Tex bilan taqqoslagan sahifani ko’rish uchun mana bu yerga: http://www.theguywhotoppedthemilliondollarhomepage.com/about.html

Saytning boshqa sahifalari muallif haqida ma’lumotni va uning sevimli qushi bilan tushgan rasmini topishingiz mumkin.

Millionta pikselning har bittasi bir dollardanmi, yoki bitta piksel bir million dollargami… Buning ahamiyati yo’q. Muhimi – internet orqali pul ishlab topish mumkin! Hatto eng axmoqona bo’lib tuyulgan g’oyali sayt bilan ham! 😀

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

6 ta fikr

  1. Xa kallaga qoyil lekin bu joyni halay bulay odam sotib olmasa kerak! 1000000 dollarga televideniyadan reklama bersa ancha sermahsulroq bo’ladi

  2. ha turi bu ahmoqlik uni saytida uzi hech narsa yuq 33 yoshga kirsaham hali aqli kirmapti lekin shu yo’l bilan nomi chiqdi

  3. xD qoyile 1PX ga rasm bunaqasi kamdan kam bo`ladi. Ammo bu loyiha pulni ham ishlavoradida

  4. Asalomalekum. Meni ismim doston men ham sayt tayorlashga juda qiziqaman. Biroq men qancha urinmay sayt ocha olmayapman. Men sayt ochdim lekn men kutganday bolmadi. Men saytni telefonda ochdim. Kampyuterim yoq shu tufayli telefonda harakat qilaveraman qilaveraman. Html javascript degan narsalarga umuman chunmadim. Hich telefonda sayt ochib korganmisilar. Hudi Alex Tex kabi yangilik qilb koraylik. Agar iloji bolsa menga ham sayt ochishni boshidan batafsil chunturib yuboringlar iltimos

    • salom Doston aka sizga maslahatim «word press» video kurssini sotib oling.undan keyin joomla video kurslarini sotib olsez sayt yaratishni o’rganib olas. HURMAT BILAN ANDIJON VILOYATI. BULOQBOSHI TUMANI. YUSUPJONOV ABDULAZIZBEK «2002»

  5. @Dostonbek sizga nimada yordam kerak o’zi? Agar mobileda sayt yaratmoqchi bo’lsangiz ancha hom o’ylabsiz. Sizga kompda o’rganishingizni maslaxat berardim. Sabringizga qoyilman lekin… Chunki men ham mobileda sayt yaratguncha asab qolmagandi….
    agar web dasturlash kerak bo’lsa video darsliklar bor..

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*