Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Mening 99 kamchiligim

Mening 99 kamchiligim

  1. O’zimga bergan va’dalarimni deyarli bajarmayman.
  2. Yotib kitob o’qisam uxlab qolaman.
  3. Tiqilinch joylarda o’zimni noqulay his qilaman.
  4. Ukoldan qo’rqaman.
  5. Odnoklassnikini deb ko’p vaqtimni bekorga sarflayman.
  6. Kompyuterni tuzatishni bilmayman.
  7. Qushlarni ushlashni yomon ko’raman, chunki patga allergiyam bor.
  8. Ot minishni bilmayman.
  9. Hamma akkauntlarim uchun bitta parol ishlataman.
  10. Boyvachcha emasman.
  11. Odamlar oldida nutq so’zlaganda hayajonga tushaman.
  12. O’zimni yomon odam deb hisoblayman.
  13. Somsa bilan oshni haddan ortiq yaxshi ko’raman.
  14. Qo’l soat taqib yura olmayman.
  15. O’zbekcha kino ko’rishni juda yomon ko’raman.
  16. Ko’zimning ko’rish darajasi -0.75, juda uzoqni aniq ko’ra olmayman.
  17. Samalyotni uchirishni bilmayman.
  18. Arab tilini o’rganish niyatim niyatligicha qolib kelayapti.
  19. Kam maosh to’lanadigan ishda ishlayman.
  20. Issiq havoda jismoniy mehnat qilishni yoqtirmayman.
  21. Sovuq suvni ko’p ichaman.
  22. Soqol olishga erinaman.
  23. Beeline kompaniyasini yomon ko’rsam ham nomerimni ishlatishga majburman.
  24. Maktab davridan beri biologiya fanini juda yomon ko’raman.
  25. Ishim tushganda yomon ko’rgan insonimga ishim bitgunicha tilyog’lamalik qilishni yaxshi eplolmayman.
  26. Yashashimdan asosiy maqsadni haligacha to’liq anglamadim.
  27. Ikki daqiqadan ortiq navbatda kuta olmayman.
  28. Yolg’izlikda tez zerikaman.
  29. Lavash degan taomni juda juda juda yomon ko’raman.
  30. Afsuski ucha olmayman.
  31. Qizlar nima uchun Ummon desa o’zini tomdan tashashini tushunolmayman.
  32. Mast kishini yomon ko’raman.
  33. Bu ro’yxatni to’ldirish uchun o’z kamchiliklarimni oson topa olmayapman.
  34. PHP dasturlash tilini to’liq bilmayman.
  35. Qaysi rangni yoqtirishimni bilmayman.
  36. O’zimga ishonganday ishona oladigan yaqin do’stlarim juda kam.
  37. Muzqaymoqni haddan ortiq yaxshi ko’raman.
  38. Sariq soch qizlarni yoqtirmayman.
  39. Pista chaqishni yaxshi ko’raman.
  40. Maktabda matematikadan ikkichi bo’lganman.
  41. Toshkentliklar nima uchun Surxondaryoliklarni qoloq deb hisoblashini tushunolmayman.
  42. Ummon guruhi qo’shiqlarini juda yomon ko’raman.
  43. Ochlikka chiday olmayman.
  44. Shu vaqtgacha parhez qilishni umuman eplay olmaganman.
  45. Spam xatlarni yomon ko’raman.
  46. Volleybol o’ynashni bilmayman.
  47. Call of Duty o’yinini yaxshi o’ynay olmayman.
  48. Dushmanlarim juda ko’p.
  49. Yemagan somsamga pul to’laganman.
  50. Erinchoqman.
  51. To’ylarda davraga chiqib o’ynashga uyalaman.
  52. Odamlar familiyamni ikkinchi marta so’rashlarini yoqtirmayman.
  53. Kasbimni sevmayman.
  54. O’n soniyada 20 tadan ortiq so’zni kompyuterda yoza olmayman.
  55. O’limdan qo’rqaman.
  56. Gulli galstuk taqqan kishilarni yoqtirmayman.
  57. Bir marta jiddiy operatsiya bo’lganman.
  58. Ko’p aldanganman.
  59. Mashinam yo’q.
  60. O’tmishdagi xatolarimdan har doim ham to’g’ri hulosa chiqara olmayman.
  61. Men haqimdagi tanqidlarni oson qabul qila olmayman.
  62. Ba’zan ataylab yolg’on gapiraman.
  63. Xom tuxumni icha olmayman.
  64. Menga SPID kasalligi yuqib qolishidan juda qo’rqaman.
  65. Hozirgacha bo’ydoqman.
  66. Barcha xorijiy tillarda gaplasha olmayman.
  67. Tandirda somsa yopa olmayman.
  68. Ummon guruhidagi yigitlarning ismlarini bilmayman.
  69. Qo’pol so’zlar ishlatilgan Eminem qo’shiqlarini sevib tinglayman.
  70. Ota-onam mendan fahrlanadigan darajadagi yigit emasman.
  71. Qo’llarimni ishlatmasdan velosiped hayday olmayman.
  72. Suzishni bilmayman.
  73. Qo’limga igna kirib qolishidan qo’rqaman.
  74. Yangi kishilar bilan tez kirishib keta olmayman.
  75. Qadah so’zi ayta olmayman.
  76. Gavai orollarida shaxsiy dacham yo’q.
  77. Yaxshi she’r yoza olmayman.
  78. Ovozim qo’shiq aytish uchun yetarli darajada yaxshi emas.
  79. Mashxur emasman.
  80. Besh sutka uxlamasdan tinimsiz ishlay olmayman.
  81. Qo’y so’yishni eplay olmayman.
  82. Suv ostida 1 daqiqadan ortiq qola olmayman.
  83. Boks bo’yicha O’zbekiston chempioni emasman.
  84. Radio boshlovchilikni eplay olmayman.
  85. Yetti ajdodimni to’liq bilmayman.
  86. iPhone ishlatib ko’rmaganman.
  87. Jahlim juda tez.
  88. Faqat uni sevaman.
  89. Xonam doim tartibsiz holatda.
  90. Makintosh kompyuterlarini yomon ko’raman.
  91. Comic Sans shriftini yomon ko’raman.
  92. Ovqatlanish vaqtida choy o’rniga har doim suv ichaman.
  93. Ko’chada buket gul ko’tarib yurishni yoqtirmayman.
  94. Galstuk bog’lashni bilmayman.
  95. Marsda hayot yo’qligidan hafaman.
  96. Armiyada xizmat qilmaganman.
  97. Pasportimni ikki marta yo’qotganman.
  98. Odamlarga “YO’Q!” deb javob berishga qiynalaman.
  99. Yuqorida sanab o’tilgan 98 ta aybim bor.

Ohhhooo!!! Shuncha kamchiligim bor ekan. Demak yomon odam ekanman-da, degan fikrga borayapman. Shunga qaramasdan kamchiliklarim ro’yxatini tuzib chiqishga ahd qildim va mana, ularni tan oldim! O’z kamchiliklarini tan olish esa ularni bartaraf etishga qo’yilgan birinchi qadam hisoblanadi.

Siz ham o’z kamchiliklaringiz ro’yxatini tuza olasizmi? Bu ro’yxat qanchalik uzun bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz? O’zingiz sanab o’tgan kamchiliklaringizni tan olish uchun yetarlicha kuchlimisiz?

Quyidagi fikr bildirish qismida o’z kamchiliklaringizning ba’zilarini yoza olasizmi?

Abituriyentlar uchun test formulalari

48 ta fikr

  1. Ehhe Manga o’xshagan shoshqaloqalar yo’g’akan u a. Man xatolarimi sanab chiqsam exxxeeeee botga sig’masa kere 🙁

  2. Azamat aka manimcha bu kamchiliklarni ko’pisini ataylab yozgan bo’sayiz kerak. Nimaga deganda agar sizni shu kamchiliklariz bo’ganida bunchalik ishlarni hattoki http://www.azamat.uz saytini boshqarishni va saytni shu darajaga keltira olmastiz deb o’ylayman. Bu meni shaxsiy fikrim.

  3. Men sizni o’zimga bilinga bitta kamchiligizni aytishim mumkin. Uni kamchilik xam debku bo’lmaydiyu lekin… Meni bitta savol qiziqtiradi shu 16 yillik hayot davrimda nuqul man yurakdan xurmat qilgan istedodiga tan bergan yaxshi o’qimishli odamlarga havas qilib ular bilan bir suxbatlashishni orzu qilib yuraman. Lekin… nuqul ulani vaqti bo’lmaydi xamma-xammasini xam bir tarafdan to’g’ri ishi og’ir faqat va faqat izlanishda deyish mumkin. Baribir hech bo’lmaganda bir kunda bir xay ana kelingki xaftada bir soat vaqti bo’lar deb o’ylayman. Yana bilmadim ??? Meni kamchiliklarimdan biri adolatni har doim aytmasdan qo’ymayman. Bu kamchiligimni tuzatiwim kerak. Chunki adolatli gap barcha odamlardan faqatgina 99.9 % odam to’g’ri tushunmaydi. Men xam ko’pincha noto’g’ri tushunaman. 5 yillik netdan foydalanish tajribamdan keladigan bo’lsam ko’pgina sayt adminlariga, ko’p mashxur kishilarga, o’qimishli hayotda o’zini ko’rsatib bilgan insonlarga ularni bir og’iz suxbatini olish uchun murojoaat qilganimda xammasidan unchalik qoniqarli javob olmaganman. Gapimni so’ngida men bitta gapni aytmoqchiman har bir inson uchun kimdir unga talpinsa (yaxshi niyatda) uni hayotida ko’rmagan bo’lsa xam uni yuragida u insonni qandaydir bir boshqacha tasavvur qilib yuriydi va bu o’sha havasga arzigulik kishi uchun bir baxt deb hisoblayman. Bu gaplarni aytganim xam bu mening kamchiligim… (!!!)

  4. Azamat aka bu 99 ta kamchiliklarizni yozishga qancha vaqt ketgan ?

  5. » Toshkentliklar nima uchun Surxondaryoliklarni qoloq deb hisoblashini tushunolmayman».
    Ehtimol tarixni o’qimaganlar shunday hisoblar, biroq At Termiziyga toshkentliklar allaqachon tan bergan.
    Odamni qatliligiga emas, manaviy saviyasiga qarab baho beradilar.
    Ulani tushunolmasligiz kamchilik hisoblanmaydi, axir hayotda bundan ham murakkab junboqlar bor.
    99 ta kamchilini yozmasdan noshukurman disez bo’larkan.
    Yuqoridigilani hammasi ham kamchilik emas.
    3,4,7,10,12,19.
    25 aksincha yaxshi sifat. To’ri ishizbitmi qiynalarsiz, lekn G’ururli insonsiz.
    26 umuman to’rimas, manimcha. Yashashdan maqsadi bor odamgina Ilm o’rganadi va o’rgatadi.
    30hichkim uchomidi. 31,33,35.
    Kamchilik emas.
    Avvalo bulani yozishga jur’at qilganiz uchun rahmat. Bizga ko’zgu bo’ldiz.
    Faqat bir narsani unutmen, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi.

  6. 36do’stikamlik,(sonimas sifat muxim), 38,41,42,48dushmanla, kamchilik emas, 49,51,52,53-kasbini 99% odam sevmidi.(55)Kim qo’rqmidi. ,56,57,58,59,63,65,68,69,73,75, (77),(78)bular uchun iste’dod kerak, lekn omad kerak. man she’r yozaman lekn kitob bo’lib chiqmagan, ovozim bor, lekn kuylashga haqqim yo’q, oilada san’atkorla yo’q. ,79,86,88,93,95.
    Xullas yuqoridigi sifatla kamchilik emas, bu sizi sifatlariz xalos.

    Siz o’zingizni hurmat qilmasligingiz, o’zingizga ishonmasligingiz va50, 85 shular kamchilik.
    Manimcha ro’yxatga o’zgartirish kerak.
    Lekn o’zim uchun asosiy xulosani chiqadim.

  7. Manga hamma maqola, yangiliklaringiz yoqdi AMMO manashu 99-kamchilikni bekor kirgizibsiz
    Chunki bu yerda ko`pchilikda shu kamchiliklar bo`lishi mumkin ya`ni ularda faqat men emas ko`pchilikda shu xatolar bor ekan degan FIKR kelib chiqadi.

  8. Ovqat vaqtida choy ichiw mukinmas faqat qaynagan suv ichish kere buni tori qilasiz

  9. Ko’nglimdan o’tgazgan haqiqatni aytsam ushbu 99 kamchilikdan 82 tasi manda ham mavjud.To’g’ri ba’zilari kamchilik emas,ammo fikrlash darajamiz o’xshash ekam.Mening yana bir kamchiligim-insonlarga tez o’rganib qolishim,tez mehr qo’yishimdir.Ularni o’zimga yaqin olaman,hurmat qilaman.buni esa noto’g’ri tushunishlari mumkin.Sizning kamchiliklaringizga kelsak,saytdan olgan ma’lumotlarim,o’qigan maqolalarimga tayangan holda,shuni ayta olamanki,qayd etganlaringizning ko’pchiligi sizga munosib emas.Masalan:fikrimcha siz ajoyib farzandsiz,idealga munosib insonsiz…Asosiysi «SIZ YAHSHI INSONSIZ».Ana ko’rdingizmi?Siz tog’ringizdagi fikrlarim asosida sizni hurmat qilib,yaqin oldim va ko’nglimdagilarni yozdim.Buni esa noto’gri tushunishlari mumkin.

  10. Haa… 3 yil avvalgi ro’yxat ekan. Undan keyin o’zgarishlar bulgandir.. Mast kishini yomon ko’rish fazilat hisoblanadi. O’lim masalasida biz unga albatta yo’liqamiz, asosiysi o’sha paytda afsuslanmaslik. Facebook ijtimoiy tarmog’ida ommalshgan mashhur shaxsni, Stiv Jobsni so’nggi so’zlarida … «parda tushiriladi»,deyilgan. Bu mashhur shaxsni bitta kamchiligi u o’zini Yaratganini yaxshi (to’g’ri)tanimagan va uning buyruqlarini bajarmagan…

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*