Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / Matn asosidagi topshiriqlarning o’ziga xosligi

Matn asosidagi topshiriqlarning o’ziga xosligi

IELTS imtihonlaridagi matnlarni o’qib bo’lgandan keyin, ma’lumki, bir qator berilgan topshiriqlarni bajarish talab etiladi. Topshiriqlarning quyidagi turlari mavjud:

  • Bo’sh qoldirilgan joylarga so’z qo’yish;
  • Matnga mos sarlavha topish;
  • To’g’ri yoki xato bo’lgan fikrlarni aniqlash;
  • Ko’p variantli tanlov;
  • Matnda berilgan ma’lumotlar asosida jadvallarni to’ldirish, rasmlarni tasvirlash;
  • Matnda berilgan holatning sababi va natijalarini aniqlash;
  • Fikrlarning kimga ta’luqli ekanligini aniqlash.

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan topshiriqlarni bajarish, huddi tinglab tushunish ko’nikmasini baholash topshiriqlarini bajarishda bo’lgani kabi, imtihon topshiruvchidan ma’lumotlarni analiz va sintez qila olish, voqealar rivojini oldindan tahminiy aytib bera olish, uzoq va qisqa muddatli xotiradan unumli foydalana olish kabi ko’nikmalarning yuqori darajada shakllangan bo’lishini talab etadi. Ba’zi o’rgatuvchilarning fikriga ko’ra bunday ko’nikmalar imtihon topshiruvchilarda avval o’z ona tillarida shakllangan bo’lishi kerak, shundan keyingina ular ingliz tilidagi ko’nikmalarga aylanishi mumkin, ammo tajribada hammasi bunday emas. O’z ona tillarida yuqorida sanab o’tilgan ko’nikmalarni puxta egallagan talabalarda ham ba’zan ingliz tilida ushbu ko’nikmalarni shakllantirishlari uchun uzoq vaqtli qayta tayyorlov va maxsus o’rgatish talab etiladi.

Talabalar tomonidan eng qiyin o’rganiladigan topshiriq turi bo’sh joylarga kerakli so’zlarni qo’yishni talab qiluvchi topshiriqlar hisoblanadi. Chunki bu turdagi topshiriqlarni bajarish uchun nafaqat so’zlarning to’g’ri tarjimasini bilish, balki gapning grammatik tuzilishi, matn qurilmasi (kirish, asosiy qism, xotima) haqida ham mukammal bilimga ega bo’lish zarur. Bo’sh joylarga so’z qo’yishni talab qiladigan topshiriqlarni bajarishga kirishishdan avval qo’yiladigan so’zlarni o’qib, har birini grammatik tahlil qilib chiqishni maslahat beramiz. Topshiriqni bajaruvchi so’zlarning qaysi so’z turkumlari: ot, sifat, son, fe’l, olmosh, ravish, to’ldiruvchi, predlog va boshqalarga ta’luqli ekanligi haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi kerak. Odatda bu turdagi so’zlar tahlilidan keyin imtihon topshiruvchi berilgan so’zlar ichida, masalan, 2 ta ot, 5 ta fe’l, 1 ta predlog, 4 ta to’ldiruvchi va hokazolar borligini bilib oladi. Keyinchalik, topshiriqni bajarish davomida, bo’sh o’rinlarga kerakli so’z turkumiga aloqador so’zni qo’yish kerak bo’lgan vaqtda talaba mos so’zni 20 ta so’z ichidan emas, avvaldan ajratib olingan 5 ta so’z ichidan tanlab oladi. Hozirga qadar bizga faqat bitta, bo’sh joylarga qo’yiladigan so’zlarining hammasi ot so’z turkumiga aloqador bo’lgan so’zlardan iborat topshiriq uchradi. Bunday topshiriqlar ancha qiyin hisoblanadi, chunki imtihon topshiruvchilar har doim ham otning gapdagi o’rni va vazifalari haqida, ayniqsa uning ba’zi hollarda to’ldiruvchi hamda aniqlovchi vazifasida kelishi mumkinligi haqida yetarli darajadagi tasavvurga ega bo’lishmaydi.

Topshiriqlarni oson bajarish ko’nikmasini hosil qilish maqsadida turli so’z turkumlariga oid so’zlarni bo’sh joylarga qo’yish talab etiladigan mashqlarni takroran, bir necha marta bajarishni tavsiya etamiz. Bundan tashqari, “Ingliz tilidan kirish imtihonlariga tayyorlanish bo’yicha metodik ko’rsatmalar” qo’llanmasida berilgan 42 ta topshiriqni bajarish imtihonlarga tayyorgarlik ko’rishning ilk bosqichlarida yaxshi samara berishini ta’kidlab o’tamiz.

Boshqa turdagi topshiriqlarni bajarish uchun zaruriy bo’lgan ko’nikmalarni esa odatiy ingliz tili o’quv qo’llanmalarida hamda IELTS imtihoni uchun maxsus tayyorlov kitob-majmualarida berilgan mashqlar yordamida shakllantirish mumkin. Bunday topshiriqlarga tayyorlanish, barcha turdagi topshiriqlarda bo’lgani kabi, o’rganuvchidan alohida e’tibor va quntni talab etadi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

6 ta fikr

  1. oka o`ziz IELTS dan necha ball ogansiz

  2. Azamat aka Energetika yo’nalishi bo’yicha xorijda magistratura bosqichida oqishga kirish nisbatan osonroq bo’lgan oliygohlar haqida malumot bera olasizmi?

  3. WordPressdagi saytimni mobillashtirish kerak. Iltimos yordam berib yuboring

  4. Azamat aka koreyada moliya sohasi bo’yicha magistrri o’qish qanaqa bo’ladi ma’lumot bomi sizda saytlari busa yozib yuboring iltimos

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*