Bosh sahifa / WordPress / Yuritish / Maqolalarni kelajakda chop etish uchun rejalashtirish

Maqolalarni kelajakda chop etish uchun rejalashtirish

WordPress tizimining matn muharririda maqolalarni chop etish amaliyotiga javob beruvchi alohida bo’lim mavjud. Uning ko’rinishida quyidagicha:

Saytimda ishlatilayotgan WordPressning o’zbek tili tarjimasi to’liq bo’lmaganligi sababli yuqoridagi bo’lim rasmidagi ba’zi joylar tushunarsiz bo’lishi ham mumkin. Aslida «Joylashtirish» so’zi o’rnida «Chop etish» ishlatilishi kerak. «Publish immediately» esa «Darhol chop etish» deb tarjima qilinishi kerak.

Agar maqolani yozib bo’lgandan so’ng yuqoridagi ko’rsatilgan «Joylashtirish» tugmasini bosib yuborsak, biz yozgan maqola darhol saytda chop etiladi. Ammo «Publish immediately» to’g’risidagi o’zgartirish linkini bosganimizda yozilgan maqolani qachon chop etish kerakligini rejalashtirish imkonini beruvchi sozlanmalar ko’rsatiladi:

Bunda biz maqola chop etilishi kerak bo’lgan oyni, sanani, yilni va vaqtni ko’rsatishimiz mumkin. Albatta, maqola chop etiladigan vaqtni o’tmishga to’g’rilab qo’yishimiz ham mumkin. Bu holatda chop etilgan maqola eski maqolalar arxivi ichida joylashtiriladi. Kelajakdagi vaqtni belgilaganimizda esa, yozib qo’yilgan maqola ko’rsatilgan kelajakdagi vaqt kelishi bilan saytda chop etiladi.

Bizga kerakli bo’lgan, maqola chop etilishi kutilgan kelajakdagi vaqtni ko’rsatamiz va OK tugmasini bosamiz. Shundan so’ng chop etish tugmasi quyidagicha o’zgaradi:

Maqolaning chop etish vaqtini rejalashtirganimizdan so’ng uning chop etilishi haqida o’ylamasak ham bo’ladi. Ko’rsatilgan vaqt kelganida WordPressning o’zi yozilgan maqolani saytda chop etadi.

Bu sayt yurituvchilar uchun juda katta qulaylikni yaratadi. Kelajakdagi saytda chiqarilishi kerak bo’lgan maqolalarni oldindan yozib, tayyorlashingiz va belgilangan vaqtda uni saytda avtomatik chop etilishiga erishishingiz mumkin.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

3 ta fikr

  1. Salom. WordPressda saytimga fayl yuklayman desam fayl yuklash uchun maksimal 2 mb narsa yuklash mumkin ekan. Shuni mbsini qanday oshiriladi?

  2. Azamat aka yaxshiku 2-3 kunlik maqolalarni oldindan qo`shib qo`ysak. Oldindan qo`shsak o`sha kuni kiromasak ham o`zi chiqaveradi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*