Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Mana endi O’zbekistonda internet orqali pul ishlash mumkin!!!

Mana endi O’zbekistonda internet orqali pul ishlash mumkin!!!

Rivojlanish shu tarzda davom etsa, tez kunda O’zbekistonda internet orqali pul ishlash haqidagi aksariyat maqolalar eskirgan hisoblanadi. Saytimdagi bu mavzuga oid tavsiyalarni o’z ichiga olgan maqolalarim eskirishidan juda quvonayapman, chunki nihoyat (!!!) O’zbekistonda internet orqali pul ishlashning haqiqiy va o’ta oson usuli paydo bo’ldi! Endi O’zbekistonda yashovchi har bir fuqaro uyidan chiqmagan holda kompyuter qarshisida o’tirib internet orqali pul ishlash imkoniyatiga ega.

Payme tizimining O’zbekistonda ish boshlaganiga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Shunday bo’lishiga qaramasdan undan ko’pchilik yurtdoshlarimiz allaqachon xabardor bo’lishga ulgurishgan. Ammo bu tizimning internet orqali pul ishlash sohasini naqadar yuqori bosqichga olib chiqishi mumkinligi haqida juda ko’pchilik o’ylab ko’rmagan bo’lishi kerak.

Hozircha Payme tizimidagi 5 ta bank ulangan ekan. Yurtimizda elektron pullar aylanishiga bo’lgan talabning yuqori darajada ekanligini hisobga olgan holda aytishimiz mumkinki, tez orada boshqa banklar ham bu tizimga qo’shilishadi.

Payme tizimi online plastik kartochkalar ichidagi mavjud pul mablag’larining boshqa plastik kartochkalarga osonlik bilan o’tkazilishini ta’minlaydi. Birgina shart – qabul qiluvchi va yuboruvchi plastik kartochkalari tegishli bo’lgan banklar Payme tizimiga qo’shilgan bo’lishi kerak.

Agar online plastik kartochkaga ega bo’lgan har qanday kishi o’zi istagan boshqa bir kishiga osonlik bilan pul o’tkaza olsa, internet orqali pul ishlashning qanday yangi usullari paydo bo’lishi mumkinligi haqida o’ylab ko’rdingizmi? Endi Siz saytingiz orqali o’zingiz uddalay oladigan har qanday xizmatni foydalanuvchilarga taklif qilishingiz mumkin. Xizmatingiz egaziga haqni o’z plastik kartochkangizga Payme tizimi orqali olasiz!

Payme.uz sayti interfeysi pulni jo’natish uchun juda qulay va tushunarli ekan. Quyidagi rasmda ko’rsatilganidek: yuboruvchi o’zi yuborayotgan pul miqdorini (rasmda 150 000 so’m), o’z plastik kartochkasi ustida ko’rsatilgan raqamni (rasmdagi 111… o’rniga), kartochkaning amal qilish muddatini (rasmdagi 222… o’rniga) va nihoyat, qabul qilib oluvchining plastik kartochkasi raqamini yozadi (rasmdagi 333… o’rniga). Shu tarzda jo’natuvchining hisobidan ko’rsatilgan pul miqdori qabul qiluvchining kartochkasi hisobiga o’tkaziladi!

Bu tizimda pul yuboruvchi yoki qabul qilib oluvchi hisobidan o’tkazma uchun ma’lum miqdordagi foiz ushlab qolinishi tabiiy. Hozircha necha foiz ushlab qolinadi, qanaqa tariflar, shartlar yoki cheklovlar borligi haqida bilmayman. Umid qilamizki, tez kunda bu tizimning ommalashuvi bilan barchasidan xabardor bo’lamiz! Ammo tizimning foiz va shartlari juda muhim emas, menimcha. Eng muhimi – bizga berilayotgan imkoniyat!

Mana endi o’z saytingizni ochishingiz vaqti keldi! Saytim orqali «Internet orqali ishlagan pullarim qayerga tushadi?», «Internet orqali ishlagan pullarimni qayerdan olaman?», «Bankda xisob raqamim bo’lishi kerakmi?», deb savol beruvchilar juda ko’p edi. Nihoyat ular o’zlari uchun yetarli dalil bilan javob olishdi, deb o’ylayman. Internet orqali ishlab topilgan pulni olish imkoniyati paydo bo’ldi, endi qanday turdagi, yo’nalishdagi sayt ochish va saytingiz orqali qanday xizmat yoki elektron mahsulotlarni taklif qilish haqida o’ylashni boshlashingiz mumkin.

Ko’p a’zoli sayt qilib a’zolardan oylik abonent to’lovi olmoqchimisiz? To’lov usuli qulay! Kitob yozib, uni elektron ko’rinishda sotmoqchimisiz? To’lov usuli oddiy! Saytingizga reklama joylashtirish uchun to’lov qilishadimi? Saytingiz orqali boshqa biror xizmat turini taklif qilmoqchimisiz? Payme to’lov tizimi endi Siz uchun ishlaydi! Imkoniyatdan unumli foydalaning. Internet orqali pul ishlash uchun saytingiz rejasini hozirdan tuzishni boshlang!

Professional sayt kerakmi? Buyurtma asosida Sizning saytingizni o’zingiz istagandek ko’rinishda tayyorlab berishimiz mumkin!

Abituriyentlar uchun test formulalari

24 ta fikr

  1. Men internet orqali pul ishlayotganimga 4 oy bo’ldi. Hozirda oyiga minimal 150-200 $ ishlab topyapman. Hohlovchilarga o’rgatishim mumkin. Saytlar va to’lov tizimlari http://interwork.lark.ru/uz manzilida ko’rsatilgan. Savollaringizni fedyahd@yandex.ru manziliga yuboring. Qo’ldan kelgancha yordam beraman.

  2. Ro’yhatdan o’ting va online buyurtma uchun $4 ni qo’lga kiriting. Buyurtmalar butun dunyo bo’ylab yetkazib beriladi. Batafsil http://interwork.lark.ru/uz saytida.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*