Bosh sahifa / Abituriyentga / Jonli on-line ingliz tili darslari

Jonli on-line ingliz tili darslari

On-line ingliz tili darslari

Endi saytimizdan foydalanuvchi har bir kishi ingliz tilini bepul, jonli darslar orqali uyidan chiqmagan holda o’rganishi mumkin!

Hammasi juda oddiy ishlaydi:

  • Saytga oldindan belgilangan (yuqoridagi dars jadvalida ko’rsatilgan) vaqtda kirasiz;
  • TeamSpeak dasturi kliyentini yuklab olish va ishga tushirish orqali darsga qo’shilasiz;
  • Mikrofon, naushnik va ingliz tilini o’rganishga qiziqish orqali jonli darsda qatnashasiz!

Internet orqali darslarimizda qatnashish uchun talablar:

  • Kamida 1024 (TAS-IX) tezlikdagi internetga ulangan kompyuter;
  • Ovoz eshitish qurilmasi – naushnik yoki kolonka va mikrofon;
  • Sozlanmalari mos ravishda ko’rsatilgan TeamSpeak kliyenti (quyida o’qing);
  • Oddiy foydalanuvchi darajasida internetdan foydalana olish ko’nikmasi.

Saytdagi Qanday qilib TeamSpeak dasturini o’rnatish yo’riqnomasidan foydalangan holda kompyuteringizga TeamSpeak dasturi kliyentini o’rnating va jonli darslarga qo’shiling.

Ingliz tili ustozlari diqqatiga:

Jonli darslarni olib borish uchun ko’ngilli ustozlarni hamkorlikka chaqiramiz. Ingliz tilini qiziqish bilan o’rganayotgan yoshlarga ilm o’rgatish imkoniyatidan foydalaning! Hamkorlik qilishni istovchi ustozlarga serverimizda Administratorlik maqomi beriladi. Murojaat qiling.

E’LON: Jonli darslar loyihasi Fledu.uz sayti homiyligida lessons.fledu.uz saytida o’z ishini davom ettirmoqda. Loyihaning Azamat.uz saytidagi sahifasi bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

188 ta fikr

  1. Shu darslarni yozib olish iloji bormi ? Manda ulanishga sharoit yo’q. Agar yozib olinsa keyin ko’rib chiqilar edi.

  2. Bu loyihani davom ettirish zarur albatta. E’lonlar berish yoshlar e’tiborini tortish zarur.

  3. Kechirasiz Azamat aka ozi dars bolyaptimi. Har kuni soat 5 da kirib korsam hechkim yoqku.

  4. mr i wanna prepare for ielts what should i do?

  5. i am a student of academic lyceum

  6. Men ingliz tilida kuproq audio lug’atlarni ishitishni va mukammal urganishni istayman afsustki internetdan topa olmayapman uzim audio qilib yozib olganim bor lekin orginal tarzdagisi boshqacha odam maza qilib ishitadi audio lug’at topishimda yordam bering iltimos yozgan xatim be javob qolmaydi degan umetdaman hurmat bilan ohunjon

    • Ohunjon do’stim sizga LingvoX3,LingvoX6 lug’atlarini tavsiya qila olaman. Torrent orqali tortsa ham bo’ladi menda bu dasturning ikkisi ham mavjud telefononim +998937624649

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*