Bosh sahifa / Abituriyentga / Jonli ingliz tili darslari davom etadi!

Jonli ingliz tili darslari davom etadi!

Fledu.uz portali tomonidan tashkil etilgan «Jonli Lessons» loyihasi doirasida o’tgan o’quv yili davomida har kuni belgilangan vaqtda internet orqali bepul onlayn ingliz tili darslari olib borildi. O’tgan yilgi darslar davomida respublikamizning turli hududlaridan 200-300dan ziyod til o’rganishni xohlovchilar loyihaga qiziqish bildirishdi va ulardan 40dan oshiq til o’rganuvchilar darslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldilar. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti o’qituvchilari va yuqori bosqich talabalari internet orqali ingliz tili darslarini jonli, interfaol metodlar asosida olib borishdi.

Qisqa tanaffusdan so’ng, yangi o’quv yilining boshidan internet orqali jonli ingliz tili darslarining davom etishi e’lon qilinadi! Bu loyiha orqali istalgan foydalanuvchi internet orqali uyi yoki ishxonasidan turib, jonli ingliz tili darslarida qatnashishi va xorijiy til ko’nikmalarini rivojlantirishi mumkin. Jonli ingliz tili darslari 5-sentyabr, dushanba kunidan boshlanishi rejalashtirilgan. Darslarning boshlanish vaqti loyihaning lessons.fledu.uz saytida e’lon qilinadi.

Jonli ingliz tili darslarining yangi bosqichda yanada sifatli va ommabop bo’lishini ta’minlash maqsadida foydalanuvchilar fikrini o’rganishga qaror qildik. Quyida keltirilgan so’rovnoma savollariga o’z javoblaringizni va munosabatlaringizni xolisona ifoda etish orqali loyihamizning kelajakda takomillashuviga hissa qo’shishingiz mumkin. Sizning fikringiz loyiha tashkilotchilari uchun darslarni samarali tashkil etishda juda ahamiyatli. Har bir so’rovnoma qatnashchisi loyihamizni mukammallik sari yaqinlashtiradi. Iltimos, do’stlaringizni ham so’rovnomada faol qatnashishga jalb qiling.


Narx / To'lov usuliDars o'tish vaqtiO'qituvchi malakasiO'quv materiallari


Matnli / ovozliOvozli / TasvirliTasvirli / Matnli


ListeningSpeakingReadingWriting


9:00 - 10:3011:00 - 12:3014:00 - 15:3016:00 - 17:30


IndividualJamoa bilan birga (8-10 kishilik kichik guruhlarda)

Abituriyentlar uchun test formulalari

9 ta fikr

  1. Teamspeak ni kompyuterimga ornata olmayaman. yuklab olish tugmasini bossam Oshibka bezopasnosti degan yozuv kelib chiqyapti. Nima qilay?

    • Bu xatolik emas. Shunchaki brauzeringiz dastur yuklab olayotganligingiz haqida Sizni ogohlantiryapti. Yuklab olishni davom ettirish bandini toping. Faylni yuklab oling va ko’rsatmaga ko’ra o’rnatib, sozlang.

  2. Assalomu alaykum! Darslar qachon boshlanadi?

  3. Online darsla yordam beradmi? Doim iwlidimi wu sayt?

  4. Darslar qachon boshlanadi menimcha hozir dars o’tilmayapdiyu admin

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*