Bosh sahifa / Abituriyentga / Jonli ingliz tili darslarida navbatdagi xorijlik mehmon

Jonli ingliz tili darslarida navbatdagi xorijlik mehmon

Fledu.uz tashabbusi bilan o’tkazilayotgan jonli ingliz tili darslari har doimgidan ham qiziqroq mavzular asosidagi darslar bilan davom etib kelmoqda. Darslar 5 kishidan iborat faol o’qituvchilar tomonidan yakshanba va umumxalq bayrami kunlaridan tashqari har kuni soat 17:00 da o’tkazilib kelinmoqda. Darslarda o’quvchilar ingliz tilini yaxshiroq, osonroq o’rganishlari uchun o’qituvchilarimiz imkon qadar yaxshiroq tayyorlanishga, o’rgatishning qiziqroq usullarini ishlab chiqishga harakat qilishmoqda.

Jonli darslarimizga xorijlik (ingliz tilini ona tili sifatida gapirmasa ham rus yoki o’zbek tilida umuman gaplashmaydigan, o’quvchilarimiz bilan faqat ingliz tilida gaplasha oladigan) kishilarni taklif qilish asta-sekin urfga aylanib bormoqda. Bunday xorijlik suhbatdoshlar bilan bevosita jonli muloqotga kirishayotgan o’quvchilarimiz ingliz tili bilimlarini amaliyotda sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishmoqda. Jonli darslarimiz boshlangandan buyon jonli suhbat uchun hozirgacha ikkita mehmonni taklif qilishga ulgurdik. Asli yaponiyalik bo’lgan janob Li jonli darslarimiz ishtirokchilari bilan ingliz tilida qizg’in suhbat qurdilar.

O’quvchilar janob Li bilan savol-javob qilishdi, yaqindan tanishishdi. Menimcha asosiy muloqot vositasi edigina o’rganilayotgan til bo’lganda har qanday kishi ham gapirishda hayajonga tushadi 🙂 Shunga qaramasdan o’quvchilarning mehmonimiz bilan ingliz tilidagi jonli muloqoti do’stlarning samimiy suhbati kabi ochiq va qiziqarli o’tdi.

Janob Liga o’qituvchilar jamoasi hamda o’zim nomimdan tashakkur bildiraman. Shunday qiziqarli darslarda qatnashish, ingliz tilini internet orqali bepul o’rganish hamda xorijlik mehmonlar bilan sof ingliz tilida bevosita, to’g’ridan-to’g’ri suhbat qurish imkoniyatida butun O’zbekiston yoshlariga beminnat taqdim etayotgan Fledu.uz portaliga ham tashakkurimni izhor etaman.

Siz hali ham ingliz tilini biz bilan o’rganmayapsizmi? Internet orqali ingliz tilini bepul o’rganishni xohlaysizmi? Unda Lessons.Fledu.uz saytiga tashrif buyuring! U yerda jonli darslarda qatnashish uchun qaysi dasturni qanday qilib yuklab olish va qanday qilib o’rnatish, sozlash haqida batafsil ma’lumot berilgan. Sizdan talab etiladigani: kompyuter yoki android qurilma, internet va mikrofon! Endi ingliz tilini uydan chiqmagan holda, bepul o’rganishingiz mumkin.

Eslatib o’taman, darslar yakshanba va bayram kunlaridan tashqari har kuni soat 17:00 da Lessons.Fledu.uz sayti orqali o’tkaziladi. Jonli darslarning Azamat.uz saytidagi ma’lumot sahifasi mana bu yerda.

Keyingi darslarimizda albatta qatnashing! Kutamiz.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

17 ta fikr

  1. Azamat aka men saytga kirolmayabman yoki chet elda bo’lganim uchun shunday bo’lyabdimi men ayni paytda rossiyadaman lekin ingiliz tilini o’rganishga juda qiziqaman siz aytgan darslar otkaziladigan saytga umuman kirolmayabman. Iloji bo’lsa saytga chet eldan ham kirish imkonyatini yaratinglar iltimos.

  2. Pokemon go_player

    kompyuter uchun mo’ljallangan dasturini yuklab bo’lmayatpi-ku

  3. Azamat aka, kechadan beri jonli darslarga qo»shilishga urinaman,lekin siz aytgan dasturlarni olsamam ulanolmayapman.olgan dasturlarim hech ochilmayapdi..R

  4. Sizdan bir narsani so’rasam maylimi? 10 oy vaqt davomida eilts imtihoniga tayyorlanmoqchiman.Lekin inhaning podkursiga yozilgandim.U yerda bir dars o’tirib 21 ta o’quvchilik guruh bilan ingliz tilini o’rganish meni qoniqtirmayapti.O’qituvchining ko’p gaplariga tushunolmay qolyapman. o’zimni guruh orasida bilimim pastligini ham sezdim. Uyaldim. Haqiqatdan speaking va listenning qobilyatim rivojlanmagan.faqatgina grammatikadan tayyorlanganman. Iltimos maslahat bering qanday yo’l tutsam to’g’ri bo’ladi?

    • Imkon boricha o’zingizga ma’qul bo’lgan o’quv kursini topishga harakat qiling. Boshqa kurslarni sinab ko’ring. O’zingizga eng mos bo’lgan o’quv kursini topib, u yerda jiddiy shug’ullanishingiz kerak. Individual tarzda shug’ullanuvchi ustozlar bilan gaplashib ko’ring. Olx.uz saytida individual repetitorlarning e’lonlarini ko’rganman.

  5. Yana bir narsa so’rasam maylimi ielts imtihoniga tayyorlanish uchun kamida qancha vaqt yetarli bo’ladi? Hali ielts topshirmaganman, lekin yuqoriroq ball kamida 6 olish qiyinmi? Inha podkurs xodimlari 6 ball olish qiyin masala deyishdi. Azamat aka javob uchun minnatdorman.

    • Hammasi o’zingizga bog’liq, birinchi navbatda. Agar ingliz tili bo’yicha bilimingiz yaxshi bo’lsa, testga kerakli ko’nikmalarni shakllantirishingiz osonroq kechadi. Bazi narsalar tajribaga ham bog’liq. Imkoningiz boricha yaxshiroq natija ko’rsatish uchun harakat qiling. Inha podkurs hodimlariga ularning fikrlari xato ekanligini, Siz imtihonda albatta 6 va undan yuqori ball olishingiz mumkinligini isbotlang.

  6. salom azamat aka men jonli darsda qatnasha olmayabman video plegni ornatilmayabman iltimos yordam bering oldindan raxmat

  7. Assalomu alaykum Azamat aka. Speaking, Listening kanallarining parollari qanday?

  8. ishlayaptimi bu video dars

  9. azamat aka man ipad orqali kirmoqchiman lekin kiraolmayapman biror maslahat bering

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*