Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Jamoaviy rivojlantiruvchi «Fazilatlar» tizimi rejasi

Jamoaviy rivojlantiruvchi «Fazilatlar» tizimi rejasi

Maktabda o’qib yurgan vaqtimda ingliz tili ustozimiz ingliz tili darslarida hammamizdan inglizcha gapirishni talab qilardi. Kimda-kim o’zbekcha gapirib yuborsa ma’lum belgilangan jarimani biror ish bajarish ko’rinishida «to’lashi» mabjuriy bo’lardi. Jarimaga tushib qolmaslik uchun sinfimizda o’ziga xos musobaqalashuv boshlanardi.

Tanishlarim orasida ham shu tizimdagi musobaqalashuvdan o’zlaridagi kamchiliklarni tuzatishga harakat qilganlar bor. Masalan, o’rtoqlar o’zaro kelishib, har bir ishlatilgan qo’pol so’z yoki so’kinish uchun jarima joriy qilishgan. Natijada, jarima to’lamaslik uchun ular orasida hech kim so’kinmagan. 😀

Biz jamoamiz bilan yaxshi fazilatlarimizni rivojlantiruvchi tizim joriy qilishga qaror qildik. Bu tizim online ishlaydi va unga faqat jamoamiz a’zolarigina kira olishadi. Tizimda har bir jamoa a’zosi uchun ovoz berish imkoniyati bor. Ovozlar yashirin bo’ladi, kim kimga qanaqa baho berayotganligi hech kimga ko’rsatilmaydi. Shu yo’sinda har bir a’zoning yaxshi yoki yomon hislatlari baholanaveradi. Natijada a’zolar o’rtasida reyting ko’rsatkichi hosil bo’la boradi. Bu reytingga asosan har bir a’zoga maqom (status) belgilanadi. Masalan, kimdir doim va’da berib, va’dasini bajarmasa, boshqa a’zolar unga «Va’da berib bajarmadi» degan bahoni berishsa, bu a’zo o’z-o’zidan «Yolg’onchi» maqomini oladi. Aksincha, yaxshi fazilatlar borligi bilan baholangan a’zoning maqomi esa ijobiy bo’ladi. Bu maqomlar doimiy emas, balki o’zgaruvchan bo’lib, yaxshi maqomdagi a’zo o’ziga bino qo’yib, rivojlanmasa, keyinchalik yomon maqomga ega bo’lib qolishi mumkin. Avval yomon maqom olgan a’zo o’z ustida ishlab, baholarini yaxshilasa, jamoadoshlari orasida xurmatga sazovor bo’lsa, uning bahosi yaxshilanadi.

Bizning fazilatlar tizimimiz quyidagi baho maqomlariga ega bo’ladi va ularning ma’nolari quyidagicha:

Amin

  • Kimga beriladi:
    • Aytgan gapini aytgan vaqtida bajaradigan kishilarga beriladi. Ushbu badgeni olish uchun 30 kun mobaynida yuqoridagiday bo’lishi kerak, bir martalik aytganida turolmasa “Ishonchli” badgega o’tib ketadi.
  • Kimdan olinadi:
    • Kim ushbu badgeni olsa-yu, keyingi 30 kunlikda xuddi shunday bo’lolmasa undan olinadi. Unchaga unda shu badge turadi.

Ishonchli

  • Kimga beriladi:
    • Aytgan gapini aytgan vaqtida bajaradigan kishilarga beriladi. Ushbu badgeni olish uchun 30 kun mobaynida yuqoridagiday bo’lishi kerak, bajarolmay qolganlari barjarganlarining 10%iziga teng yoki kam bo’lsa ushbu badgega loyiq hisoblanadi..
  • Kimdan olinadi:
    • Kim ushbu badgeni olsa-yu, keyingi 30 kunlikda xuddi shunday bo’lolmasa undan olinadi. Unchaga unda shu badge turadi.

Polvon:

  • Kimga beriladi:
    • 30 kun mobaynida biror marta jahl qilmagan, yoki darhol, sovimay turib uzr so’ragan  kishiga beriladi.
  • Kimdan olinadi:
    • jahl qilgan kishidan olinadi

Halaskor:

  • Kimga beriladi:
    • 30 kun mobaynida jamoadoshlariga eng ko’p yordam bergan a’zoga beriladi
  • Kimdan olinadi:
    • 1-likni ololmagan a’zodan olinadi

Yolg’onchi:

  • Kimga beriladi:
    • 30 kun mobaynida 60 tadan ko’p aytgan gapini sababsiz, ogohlantirmay  bajarmagan, yoki yolg’on gapirgan a’zoga beriladi
  • Kimdan olinadi:
    • 30-kun 1-marta ham yolg’on gapirmagan, aytgan gapini sababsiz qilmagan va vaqtida ogohlantirgan a’zolardan olinadi

Zaif:

  • Kimga beriladi:
    • 30-kun mobaynida 10 marta va undan ortiq qo’pol muomala qilgan, o’qrayib qaragan a’zolarga beriladi. Ular o’z jahlini bosolmagan zaif hisoblanadi.
  • Kimdan olinadi:
    • “Polvon” badgeini olgan a’zolardan olinadi.

Ushbu tizimni to’liq ishga tushirish orqali jamoamiz a’zolarining yaxshi fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirishni reja qilganmiz. Agar Sizga va Sizning jamoangizga ham huddi shunday tizim kerak bo’lsa, uni buyurtma asosida tayyorlab berishimiz mumkin. Bu tizim nafaqat o’zingiz va atrofingizdagilarning yaxshi fazilatlarini tizimli o’yin tarzida rivojlantiradi, balki jamoaviy ishning yuksalishi va samaradorroq bo’lishini ham ta’minlaydi.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*