Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Internetda pul topishning 6 ta eng g’alati usuli

Internetda pul topishning 6 ta eng g’alati usuli

Internet orqali pul topishning real biznes ekanligiga shubha yo’q. Saytingiz orqali turli yo’llar bilan pul ishlashingiz mumkin. Bugungi kunga qadar millionlab saytlar o’z egalariga cheksiz daromad keltirayotganligi hech kimga sir emas. Internet orqali pul topish, deganda ko’pchilik webmasterlar «Qanday qilib internet orqali pul topish mumkin?», degan savolni o’zlariga berishadi. Ular javobni tashqi manbaalardan izlashadi. Qaysidir saytning g’oyasini o’g’irlamoqchi bo’lishadi, kimningdir qilaytogan mashg’ulotini takrorlamoqchi, kimdandir nuxsa ko’chirmoqchi bo’lishadi. Ammo, bu internet orqali pul topishning eng ma’qul yo’li emas. Agar Siz ham saytingiz orqali pul ishlashni xohlasangiz, o’zingizga mos, o’ziga xos g’oya yarating. Yangicha fikr o’ylab toping va hali hech kimda bo’lmagan yangi onlayn biznesga asos soling! Ana shunda saytingiz orqali pul topish Siz uchun juda oson kechadi.

Internet orqali pul topish sohasida har qanday mavzudagi sayt yoki sayt orqali taqdim etiladigan har qanday mazmundagi xizmat ham juda foydali bo’lishi mumkin. Hatto eng g’alatilari ham. Ba’zan biror saytga duch kelib qolasiz-da, uning naqadar g’alati ekanligiga, shunaqangi g’alati sayt uchun, yoki bu sayt taklif etayotgan g’alati xizmatlar uchun kimdir pul to’lashi mumkinligi ahmoqlikdan boshqa narsa emasligiga amin bo’lasiz. Ammo shu narsani ham esda saqlang – hatto eng g’alati saytlar ham internetdagi eng muvaffaqiyatli, eng katta daromad keltiradigan saytlardan biri bo’lishi mumkin.

Quyida men internetda hozirgi kunga qadar mavjud bo’lgan, egalariga milliardlab dollar foyda keltirayotgan va eng hayratlanarlisi – juda g’alati bo’lgan saytlarning 6 tasi haqida yozmoqchiman. Bu saytlar bor. Ular katta pul ishlayapti. Bundan tashqari ularning internet orqali pul topish usullari juda g’alati.

Internet orqali sayt bilan qanday qilib pul topish mumkin, deysizmi? Mana internetda pul topishning eng g’alati 6 ta usuli:

1. YALANG’OCH RASMLARNI QIDIRIB PUL TOPISH. Har qancha g’alati tuyulmasin, ammo CrowdFlower sayti kun bo’yi internetda odamlarning yalang’och rasmlarini qidirsh bilan shug’ullanishadi. Buning uchun ularga katta pul ham to’lashadi. 2007-yilda asos solingan bu sayt turli kompaniyalarning har xil topshiriqlarini bajarish bilan shug’ullanadi. Katta kompaniya va saytlar o’z serverlariga odamlar tomonidan yalang’och, ya’ni porno rasmlarning yuklanmasligini xohlaydi. Ba’zi obro’li saytlarning serverlari shunchalik kattaki, ularga bir kunda yuklanayotgan rasmlarning sanog’i yo’q. Bunday kompaniyalar CrowdFlower saytiga pul to’laydi va uning ishchilari buyurtmachining serveridan o’chirib tashlash uchun odamlarning yalang’och rasmlarini qidirishadi. Bu sayt hozir ham faoliyat ko’rsatayapti, uning xizmatlari bilan www.crowdflower.com saytida tanishishingiz mumkin.

2. SOCH O’STIRISH ORQALI PUL TOPISH. G’alati tuyulayaptimi? The Hair Trader sayti soch savdosiga asoslangan. Hammasi juda oddiy: Siz yillar davomida kuchli, chiroyli va tovlanib turadigan soch o’stirasiz va uni kesib, saytda sotasiz! Hozir bu saytda 3600 dollarga narxlangan sochlar ham sotiladi. Nega oddiy bir sochni uch ming olti yuz dollarga sotishayapti, deysizmi? Javob sotuvchining reklamasi: «…bu soch alohida mehr bilan parvarish qilingan, hech qachon bo’yalmagan va quyosh nuri hech qachon tegmagan!». Reklamaga qaraganda juda qimmat soch ekanligi ma’lum. Mana sochini sotayotgan kishilardan birining reklamasi:

Qanchalar chiroyli sochlar. Siz bu soch uchun qancha to’lashga rozi bo’lardingiz? Bu g’alati usulda internet orqali pul topishni amalda ko’rmoqchi bo’lsangiz www.thehairtrader.com saytiga tashrif buyuring. Ammo, iltimos, sochingizni sotmang! U Sizga juda yarashib turibdi:)

3. ONLAYN SUDDA QATNASHISH. Haqiqiy sud qanday bo’lishini bilasiz: hakam, guvohlar, ayblanuvchi, qoralovchi, advokat va boshqalar… Sudning asosiy mazmuni kimning aybdor yoki aybsiz ekanligini belgilash hisoblanadi. Sudya bo’lib yetishish uchun yuridik universitetlarda va institutlarda o’qiyotgan yosh huquqshunoslarimizning hammasi ham haqiqiy sudlarda qatnasha olmaydi. Ammo ularga tajriba kerak. Qanday qilib yuritik sohaga qiziquvchi shaxs yoki talaba bir kunda o’zi istagancha sud ishlarida sudya, advokat, qoralovchi yoki hatto ablanuvchi sifatida qatnashib ko’rishi mumkin? Bunda talabni tushunganlar eJury saytini ochishdi. Bu sayt Sizga haqiqiy qonunga asoslangan sud majlisini tashkil qilib berishadi. Siz unda istagan rolda: sunya, ayblanuvchi, prokurar yoki advokat sifatida qatnashib, o’z yuritik bilimingizni sinab ko’rishingiz mumkin. Xizmat pullik. Bir marta sudda qatnashish, sudda ko’rib chiqilaytogan ishning qiyinligiga qarab, 5 dollardan 10 dollargacha bo’lishi mumkin. Sudda qatnashmoqchimisiz? www.ejury.com saytiga tashrif buyuring!

4. SAYT ORQALI ORQAGA TEPISH. Sizga qanday yashashni o’rgataymi? 🙂 Ba’zi odamlarga deyarli hamma sohada kimdir nimadir qilishni o’rgatib turishi kerak. Shu vaqt Hojiboy Tojiboyevning o’zbek mahbus askari va nemis fashistlari haqidagi hazilida aytib o’tgan «…mening orqamga kimdir tepib turmasa men bir ish qilolmayman-da!» degan gapi esimga tushib ketdi 😀 Rostdan ham ba’zi kishilarning qaysidir ishni qilishlari uchun orqalariga tepib turilishi kerak. Buni to’g’ri tushungan Tony Robbins www.myprivatecoach.com saytini tashkil qildi va u bu sayti orqali yaxshigina pul ishlayapti. Oddiy tushkunlikka tushishdan qutulishdan tortib qanday qilib vazn yo’qotish, tort pishirish, futbol o’ynashni o’rganish va hatto murakkab biznes muammolarini hal qilishgacha Tonyga ishonishingiz mumkin. Unga pul to’lang va u Sizga nima qilishni o’rgatadi!

5. BOLALARGA UYGA VAZIFALARINI TAYYORLASHGA YORDAM BERISH. Men 5-sinfda o’qib yurgan vaqtlarimda buvim menga uyga vazifalarimni tayyorlashda yordam berardilar. Ko’pincha matematikada qiynalardim. Ammo buvimning yordamlari bilan karra-karrani o’rganganimdan so’ng hammasi joyiga tushib ketgandi. Tutor.com sayti yosh bolalarga uyga vazifalarini bajarishga yordam beradi. Ba’zi band ota-onalar o’z bolalarining internet orqali uyga vazifalarni bajarishda yordam olishlari uchun bu saytga pul to’lashadi. Faqat uyga vazifa bilan cheklanmasdan, bu sayt to’lov asosida turli fanlardan internet orqali darslar ham bera oladi.

6. SMS YUBORISH ORQALI PUL TOPISH. SMS yuborish sizga yoqadimi? Unda faqat sevgan qizingizga SMS yuborish bilan cheklanib qolmasdan har bir yuborilgan SMS uchun 10 sentdan 20 sentgacha pul ishlashni boshlang! ChaCha sayti orqali taqdim etiladigan bu g’alati pul topish usuli orqali istalgan kishi internetda yaxshigina pul topishi mumkin. Buning uchun saytga a’zo bo’lasiz va telefoningizga sayt orqali kelgan savol SMSlariga javob SMSlari yuborasiz.

www.chacha.com sayti asosan uyga vazifa tayyorlayotgan bolalar va talabalarga yordam berish uchun tashkil etilgan. Bu sayt kunida 24 soat, haftasida 7 kun ishlaydi. Istalgan vaqt «Italiyaning poytaxti qaysi shahar?» kabi savolni SMS qilib ChaChaga yo’llasangiz bir necha daqiqa ichida «Rim» singari aniq va to’g’ri javob telefoningizga SMS tarzida yetkaziladi. Bu javoblarni kim yozadi? Albatta, ChaCha saytiga pul ishlash maqsadida kirgan foydalanuvchilar. Bilimingiz juda oshib-toshib ketayotgan bo’lsa, www.chacha.com saytiga kirib ilmingizni dollarga aylantiring.

Yuqoridagi pul topish usullari hozirgi kunda internetda amalda bo’lgan millionlab g’alati, axmoqona va hech kim kutmagan ekslyuziv usullardan 6 tasi, xolos. Bundan tashqari yana qanchadan-qancha yangi fikrlar paydo bo’lib, sayt ko’rinishida o’z egalariga millionlab dollar keltirayapti.

Siz ham sayt yarating. Hech kimga taqlid qilmang. Kimdir Sizga «bu axmoqona fikr, bunday sayt bilan pul topib bo’lmaydi», desa, ularga quloq solmang! Internet orqali pul topish mumkin. Internet orqali juda ko’p pul topish mumkin. Faqat tasavvuringizni ishga solsangiz, bas! Izlanishdan charchamang.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

20 ta fikr

  1. Azamat aka men Arsenal _d domen va hosting xarid qildim lekin hostimgimga Word Pressni ornatish biroz qiynalyapman Shumshuq soysaxam qassop soysin deydilar agar siz yordam berip hostimga Word Press ornatip bersangiz domenim va login va parolimni berardim, keyinshalik sizning sayitingizga reklama joylashtirmoqshiman sizga ishlaringizga katta omad tilayman.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*