Bosh sahifa / Abituriyentga / Ingliz tilini mukammal o’rganishingizga 5 ta eng asosiy sabab

Ingliz tilini mukammal o’rganishingizga 5 ta eng asosiy sabab

Ingliz tili bugungi kunda dunyo bo’yicha eng ko’p so’zlashuvchi soniga ega bo’lgan birinchi raqamli til xisoblanadi. Uni o’rganishimiz hammamiz uchun foydali ekanligini juda yaxshi bilamiz. Ammo hamma ham ingliz tilini o’rganish juda zaruriy ekanligini to’liqligicha tushunib yetmaydi. Nega ingliz tilini mukammal darajada o’rganishingiz kerak? Quyida ingliz tilini o’rganishingizga eng asosiy 5 tasababni keltirib o’tmoqchiman. Ingliz tilini mukammal darajada o’rganishingiz juda muhim, chunki:

1. INGLIZ TILINI MUKAMMAL DARAJADA BILISH KASBIY RIVOJLANISHINGIZDA MUHIM AHAMIYATGA EGA. Qaysi kasb egasi bo’lishingizdan qat’iy nazar ingliz tilini bilmasdan o’z sohangizda mukammallikka erisha olmaysiz. Ingliz tilini bilishingiz Sizning kasbiy rivojlanishingizda dunyo eshiklarini ochadi. Amerika va Buyuk Britaniyadan tashqari Avstraliya, Yangi Zellandiya, Kanada, Afrikaning ba’zi qismlari, Hindiston va bir nech orol davlatlar ingliz tilini birinchi til sifatida gapirishadi. Bundan tashqari Germaniya, Norvegiya, Shvetsariya, Daniya va Nederlandiyada bu til ikkinchi til sifatida barcha fuqarolar tomonidan erkin tarzda ishlatiladi. Siz ingliz tilini yaxshi bilgan holda shu kabi boshqa xorijiy davlatdagi hamkasblaringiz bilan bemalol, bevosita muloqotga kirishish, fikr almashish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Hozirda dunyo bo’yicha barcha xalqaro malaka oshirish, sammitlar, konferensiyalar va rasmiy yig’inlar ingliz tilida olib boriladi. Har qanday kasbning xalqaro vakillari bir joyda yig’ilsa, yig’ilish joyi Moskva, Budapesht, Rio yoki Toshkent bo’lishidan qat’iy nazar ularning barchasi ingliz tilida o’zaro muloqot qilishadi.

Ingliz tili zamonaviy, rivojlangan texnologiyalar tili bo’lganligi sababli bu tilni yaxshi bilishingiz har qanday yangi texnologiyadan samarali foydalana olishingizga imkon yaratadi. Ingliz tilini yaxshi bilgan kishi zamonaviy aloqa vositalaridan unumli foydalanib dunyoning boshqa nuqtalaridagi hamkasblari bilan hech qanday qiyinchiliklarsiz aloqaga chiqa oladi. Bu esa uning bir yo’nalishda ishlayotgan boshqa kishilarga nisbatan ancha ustunlikka ega ekanligini anglatadi.

 2. INGLIZ TILINI BILISH DUNYO HAMJAMIYATIDA O’Z O’RNINGIZNI TOPISHINGIZDA AHAMIYATLI. Ingliz tili nafaqat biznes yoki boshqa biror rasmiy yig’ilishlarda, balki xorijiy davlat fuqarolari bilan norasmiy muloqotda ham ishlatiladi. Oddiy internet orqali ingliz tilini bilgan holda butun dunyo davlatlari vakillari bilan erkin muloqotga kirisha olasiz. Bu esa Sizga jahonda yuz berayotgan eng muhim yangiliklar, o’zgarishlardan o’z vaqtida xabardor bo’lish, ularga nisbatan o’z fikringizni bildirish imkoniyatini beradi. Ingliz tilini mukammal bilish yer sayyorasining to’la huquqli fuqarosiga aylanishingizda muhim ahamiyatga ega.

3. INGLIZ TILINI MUKAMMAL BILISH YAXSHIROQ MA’NAVIY OZUQA OLISHINGIZGA YORDAM BERADI. Dunyoning eng taniqli asarlari, kitoblari, maqolalari va video manbalari ingliz tilida tayyorlangan. Bu tilni mukammal bilsangiz o’zingiz sevgan qaysidir xorijiy asarning tarjimasini qidirishingizga hojat qolmaydi. Dunyo yangiliklariga qiziqsangiz, ingliz tilida gaplashiladigan mamlakatlarda sodir bo’layotgan voqealar rivojini birinchi manbadan bilib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Tilni yaxshi bilgan holda sevimli xorijiy filmlaringizni original, tarjimasiz holda ko’rishingiz va tushunishingiz mumkin bo’ladi.

Ko’proq manbalar asosida ko’proq ma’lumotga ega bo’lasiz va natijada bilimingiz ham bir necha barobar oshadi. Bundan tashqari o’rganganlaringiz Sizni boshqa xalqlar madaniyatini yaxshiroq tushunadigan, keng fikrlaydigan va ular tajribalarini o’rganish asosida uzoqni ko’rib ish qiladigan shaxsga aylantiradi. Ingliz tilini bilish ma’naviy va madaniy rivojlanishingizda muhim ahamiyatga ega.

4. XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM OLISHINGIZ MUMKIN. Dunyo bo’yicha 2000 dan ortiq universitetlar har yili 400 milliard pulni xorijiy davlatlardan keluvchi talabalarni o’qitish uchun sarflaydi. Grant dasturlariga ajratilayotgan bu pullar evaziga dunyoning nufuzli universitetlarida o’qish uchun imkoniyatini birinchi navbatda ingliz tilini mukammal darajada bilganlar qo’lga kiritishi mumkin. Ushbu xorijiy tilni bilishingiz xorijiy davlatlarda o’qishingizni davom ettirishingiz, yanada mukammalroq bilim olishingizga yordam beradi.

5. INTERNETDAN SAMARALI FOYDALANA OLADIGAN BO’LASIZ. Zamonaviy dunyoni internetsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Internetning asosiy tili ingliz tili hisoblanadi. Internetdan ko’ngilochar maqsadda foydalanasizmi, u orqali ishlaysizmi, ma’lumot olasizmi yoki pul ishlab topasizmi – ahamiyatsiz, barcha yo’nalishda ingliz tilini bilishingiz eng ko’p foyda beradi. Ingliz tilini yaxshi bilishingiz internetdan foydalanishda faqat o’zbek yoki rus tilidagi saytlarga suyanib qolishingizning oldini oladi. Vaqtingizni tejab, tarmoqdagi eng sara ma’lumotlarni ajratib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Yuqoridagilar ingliz tilini o’rganishingiz uchun turtki berishi mumkin bo’lgan faqat mening fikrimcha keltirilgan 5 ta sabablar edi. Bulardan tashqari yana o’nlab, yuzlab sabablarni keltirish mumkin. Har bir kishi uchun ingliz tilini o’rganishga har qancha sabab bo’lmasin, har qanday holatda ham ingliz tilini o’rganish, mukammal darajada bilish har bir zamonaviy shaxsning rivojlanishidagi eng muhim bosqichlardan biri bo’lib qolaveradi.

Har kuni ingliz tilini oz darajada bo’lsa ham o’rganish uchun harakat qiling: video darslarni ko’ring, so’z yodlang, boshqa o’rganuvchilar bilan muloqotda bo’ling, bilmaganlaringizni so’rang va bilganlaringizni boshqalarga ham o’rgating!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

4 ta fikr

  1. Men QARAQALPAQISTAN Respubliksinanman basqa ma’mleketinenmen

  2. Bizda TAS-IX tizimi bor lekin negadur bo’mayabdi!!! Juda hoqlaybman o’rganishni

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*