Bosh sahifa / Abituriyentga / Ingliz tilidagi insholar tanlovi!

Ingliz tilidagi insholar tanlovi!

Fledu.uz portali tashabbusi bilan «My first President» mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi e’lon qilindi. Tanlov shartlari va ishtirok etish yo’riqlari bilan Fledu.uz portalining mana bu sahifasida tanishishingiz mumkin.

Ingliz tili bo’yicha o’z bilimiga ishongan, inshoda fikrini erkin bayon eta oladigan talaba va abituriyentlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chaqiraman. Tanlovda imkon qadar ko’proq ishtirokchi qatnashishining tarafdorimiz. Shu sababli quyida keltirilgan bo’lishish tugmalari orqali bu xabarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating va do’stlaringizga ham tanlov haqida xabar berishingizni iltimos qilaman.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

4 ta fikr

  1. Avvalombor assalomu alaykum Hurmatli Azamat Xodjakov.
    Sizni nima deb atashni ham bilmay turibman. Chunki siz meni Ingliz tiliga bo’lgan muhabbatimni oshirib, nafaqat ingliz tili balki Ilm olish, o’z oldiga maqsad qo’yish va yana bir qancha ijobiy maqsadlarni oldimga qo’yishda siz menga yordam berdingiz. Sizning Ingliz tilini 10 kun ichida gapirishni o’rganish deb nomlangan darslaringiz menga juda yoqdi. Shu darslarni haligacha ertaroq ko’rmagan ekanman deb haligacha afsus qilyapman, lekin mayli vaqtni ortga qaytarib bo’lmaydi. Hozir ham ko’rganimdan hursand bo’lib yuribman. Sizning darslaringizni Kollejimdagi o’qituvchilarim ham qayta ko’rishsa bo’lar ekan. Ochig’i kollejdagi o’qituvchilarimdan hech ko’nglim to’lmagan. Mayli ularni qo’yavering. Hali oldinda vaqtim bor. Men ingliz tilini astoydil o’rganishga kirishdim. Ajab emaski 1 yil ichida bemalol gapirishni o’rganib ketsam. Men bunga ishonyapman. Chunki savolimga kimdur javob berib boradigan insonni topdim. Ishlaringizga omad. Sizning darslaringiz hali juda ko’p yoshlarga kerak bo’ladi. Darslaringizni 5,6 ta o’rtoqlarimga ham o’tkazib berdim. Ular ham hursand. Lekin ularda minga afsuski internetdan foydalana olish imkoniyati mavjud emas. Ularning ham savollarini sizga berib borsam maylimi ? Agar men tushunadigan savol bo’lsa o’zim ham birgalikda o’rgatib, o’rganardim. 🙂 Hullas sizning darslaringiz qanchalik ko’p yoshlarga kerakligini biling. Saytingiz hech qachon yopilmasin.
    Sizga hozirdanoq savol berishni boshlayman.
    Birinchisi: IELTS ga men ham qiziqib qoldim, lekin ingliz tilini endi o’rganishni boshladim (sizning videodarslaringizni ko’ryapman).
    o’zim ham sal pal bilaman, lekin ular asosan lug’at yodlashdan boshlangan.

    IELTS ni o’rganish uchun nimalarni bilish kerak ? Sizning videodarslaringizni o’rganib bo’lib IELTS ga o’tsam bo’ladimi ?
    Sotuvdagi kitobingizni sotib olsam, va o’sha orqali IELTS bo’yicha bilimim oshishi mumkinmi ?

    Ochig’i ingliz tilida faqat lug’at yodlab yurgan bolaga IELTS hali umuman noma’lum.
    Lekin men IELTS bo’yicha bilim olib iloji boricha ielts dan 7.5 ball va undan yuqori ball olishni o’z oldimga niyat qilib qo’ydim.

    Javoblar uchun oldindan rahmat, 🙂

    • IELTS ingliz tilidagi bilimlaringizni tekshiradigan test tizimi. Uni o’rganish shart emas. Siz faqat ingliz tili bo’yicha bilimingizni oshiring. Savollaringizni saytdagi Savol-Javob bo’limida yozishingiz mumkin. O’qishlaringizda omad tilayman!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*