Bosh sahifa / Grammatik mavzular / Ingliz tilida zamon

Ingliz tilida zamon

O’zbek tilida ish-harakatlar asosan uch hil zamonda ifodalanadi. Bular o’tgan zamon, hozirgi zamon va kelasi zamon.

Masalan:

  • Men kecha kitob o’qidim – o’tgan zamon;
  • Men hozir kitob o’qiyapman – hozirgi zamon;
  • Men ertaga kitob o’qiyman – kelasi zamon.

Ingliz tilida esa asosan 16 ta zamon bor. “Nega o’zbek tilida 3 ta zamon, ingliz tilida esa 16 ta zamon bor?”, degan savol paydo bo’lishi mumkin. Sabab shundaki, o’zbek tilidan farqli ravishda, ingliz tilida har bir zamon alohida turlarga bo’linadi. Ya’ni, hozirgi zamon “hozirgi noaniq”, “hozirgi davomli”, “hozirgi tugallangan”, “hozirgi tugallangan davomli” kabi turlarga bo’linadi; O’tgan zamon ham huddi shunday – “o’tgan noaniq”, “o’tgan davomli”, “o’tgan tugallangan” va hokazo turlarga bo’linadi. Mana shu sabab ingliz tilida fe’l zamonlarining soni ko’proq.

Ingliz tilidagi fe’l zamonlarini o’rganishimiz uchun qilishimiz kerak bo’lgan birinchi ish – bu ish-harakatning gapda qaysi vaqtda bajarilayotganligini tushunib olishimiz va farqlashni o’rganishimizdir. Ingliz tilida biror fe’lni qaysidir zamonda tuslashimiz uchun ish-harakat QACHON va QAYSI VAQT ORALIG’IDA sodir etilayotganligiga e’tibor berishimiz kerak: ish-harakat hozir davom etib turibdimi, doim bajariladimi, o’tgan zamonda bajarilib hozir natijasi ko’rinib turibdimi, yoki o’tgan zamondan to hozirga qadar uzluksiz ravishda davom etib kelayaptimi… Xa, bir qarashda bu juda qiyinga o’xshaydi. Ammo ishoning, qancha ko’p mashq qilsangiz, zamonlarni farqlashni shuncha tez va oson o’rganib olasiz.

Quyidagi oddiygina o’zbek tilidagi misolda ingliz tilidagi zamonlarning farqlanishini kuzatishingiz mumkin. E’tibor bering: quyidagi gaplarning hammasi hozir zamonda, faqat hozirgi zamonning bir necha turlarida tuslangan.

  • Men doim kitob o’qiyman – hozirgi noaniq zamon;
  • Men hozir kitob o’qiyapman – hozirgi davomli zamon;
  • Men hozirgina kitobni o’qib tugatdim – hozirgi tugallangan zamon;
  • Men ertalab soat 8 dan beri kitob o’qiyapman – hozirgi tugallangan davomli zamon.

Ingliz tilidagi zamonlarning har biri alohida-alohida o’rganiladi. Bu darsda Siz, asosiysi, ingliz tilidagi zamon tushunchasini bilim olishingiz, o’zbek tilidan farqli ravishda ingliz tilida har bir zamon bir necha turlarga bo’linishini tushunib olishingiz kerak edi. Agar hammasi tushunarli bo’lsa – keyingi darslarga o’tib, zamonlarning har birini alohida-alohida o’rganishga kirishishingiz mumkin.

Agar zamonlarni birinchi marta o’rganayotgan bo’lsangiz, avval hozirgi zamondan boshlab o’rganishingizni maslahat beraman. Zamon tushunchasi haqida har qanday savolingizni quyida comment sifatida yozib qoldirishingiz mumkin. Albatta javob qaytaraman!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

30 ta fikr

  1. Botirjon Tursunov

    Assalomu alaykum Azamat aka Men bunaqa sayt borliga xursand buldim o’ylaymanki Azamat.uz sayti ustida ishlayabsiz !!!
    Yana bir gap Comentariyga bir muxlis zamonlar 16 deb yoz gan bu tanqid emas lekin xammani fikrini inobatga olishingizni so’rayman.
    Saytni butun O’zbekistonda foydalanishi tarafdoriman !!! ishlarga rivoj

    Tanqid xardoim mukammallika etaklaydi

    http://bond.uz nega ishlamayabdi ………….

    • Zamonlar soni yozishda xato bo’lgan ekan, to’g’rilab qo’ydim. Tanqid uchun rahmat.
      Bond.uz sayt nomi o’tgan yildan boshlab Azamat.uz qilib o’zgartirilgan. Fevral oyidan e’tiboran Bond.uz sayt nomi faoliyati butunlay tugatiladi. Bundan keyin sayt faqat Azamat.uz sayt nomi ostida ishlaydi.

  2. Assalomu alayku Azamat aka. Men sizdan bir narsa so’ramoqchi edim, oldindan rahmat.
    Such+a adj+noun
    degan qoidani korgandim, lekin testda «a» noaniq artikl kelmagan ekan shunaqasi ham bo’lishi mumkinmi?

  3. Javobiz uchun rahmat. Lekin gap bunaqa bolishi mumkinmi? I was in such weak a condition that I could hardly got up from the bed. Javob uchun oldindan rahmat.

  4. Temur Imomaliyev

    aka maslahatingiz kerak edi men mustaqil ravishda ingliz tilini o’rganvvomman hozirda BONK MURPHY kabi kitoblardan o’rganvomman shunga yana qanday yaxshi kitoblarni tavsiya eta olasiz javob uchuun oldindan kattakon rahmat

  5. Temur Imomaliyev

    aka javob uchun rahmat lekn meni fikrimcha u nafaqat ingliz tili bo’ladimi boshqa sohada ham izlanish kerak to’g’rimi menda shunaqa faqatgina bir xil narsa bn cheklanb qolgim kemiydi inson qanchlik ko’p izlansa o’z ustida ishlasa o’ziga yaxshi men aytmoqchi bo’lganm faqatgina bitta kitobdanmas boshqa kitoblardan o’rganishni xoxlayman hozirgi kunda ingliz tilini o’rgatuvchi kitoblar juda ko’p lekin ular orasida yaxshilari kam ustoz masalasiga keladigan bo’lsak hozirda kasb-hunar kolleji talabasiman o’qituvchilar esa darsni mukammal darajada o’tmaydi qo’shimcha dars o’ting deb borsam har doim xar hil bohona shundan szga murojat qlgandm

    • Assalomu alaykum, Temur! Sizni holatingizni juda yahshi tushunaman, chunki bu o’zimning boshimdan ham o’tgan. Kollejda o’qiyotganimda ba’zi usustozga iltimos qilardim, dars o’taylik deb. Baribir hech kim eshitmaydi, bularga o’rgatganning foydasi yo’q deydiganlar ham bo’lgan. Man ulardan faqat bir sabab bilan ranjirdim, ya’ni ishlab topayotgan pulini halollay olmaganidan, jonkuydirmaganidan. Axir inson bu dunyoda yonib yashashi, har bir ishini yurakdan qilishi kerakmasmi? Agar adashmasam, man sizga yordam bera olaman. Manda Ingliz tilini o’rgatadigan o’zbek tilidagi bir qancha elektron kitoblar bor. Pochtangizni qoldiring, sizga yuborishga harakat qilaman.

  6. Salom Mohi men ham ingliz-tilini endi o’rganishni boshladim, menga juda zarur bo’layapti kerakli ma’lumotlar kamlik qilayapti agar iloji bo’lsa menga ham junata olasizmi usha elektron ma’lumotlarizni xohlasayiz Oybekxon95_95@mail.ru ga junatsayizam bo’ladi, agar mumkin bo’lsa menga telegramm bilan whatsapp qulayroq edi +998942920025 nomerda ruyhatdan o’tganman shunga junatsayiz juda yaxshi bo’lardi sizni ko’taman oldindan rahmat

  7. yusuf abduvakhidov

    assalom iltimos siladan mega ham elektron kitob berila pochta manzili: abduvoxidov3334@mail.ru

  8. Salom Mohi men ham endi ingliz tilini organvotudim menga lekin kerakli elektron kitoblarni qayerdan olishni bilmayapman menga ham shunday elektron kitoblarni yubora olasizmi agar iloji bosa elektron manzilim: azik.rich.1998@mail.ru oldindan rahmat

  9. assalom aleykum aka iltimos sizdan mega ham
    elektron kitob berila pochta manzili: umarxon-kurgan@mail.ru
    oldindan kattakon rahmat aka

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*