Bosh sahifa / Abituriyentga / Ingliz tili grammatikasining 11 qoidasi

Ingliz tili grammatikasining 11 qoidasi

Quyidagi ingliz tilining 11 ta oltin qoidasiga doimiy amal qilsangiz, ingliz tili grammatikasining qo’rqinchli o’rmonida o’zingizning yorug’ so’qmog’ingizni topib olishingiz va tilni mukammal o’rganish manziliga tezda, osonlik bilan yetib olishingiz mumkin bo’ladi. Bu oddiy qoidalar quyidagilardan iborat:

1. ANIQ NISBATDAN FOYDALANING. Har bir tilning eng muhim, eng birinchi gaplari aniq nisbatda beriladi. Majhul nisbatdagi gaplarga qaraganda aniq nisbatdagi gaplar tilda ko’proq ishlatiladi. Ingliz tilida fikrlaringizni aniq ifoda etishni xohlasangiz, imkon qadar aniq nisbatdagi gaplardan foydalanishga harakat qiling.

EGA+FE’L+TO’LDIRUVCHI – bu ingliz tilidagi aniq nisbat gaplarining asosini tashkil qiluvchi yasalish!

2. FIKRLARNI BOG’LOVCHILAR YORDAMIDA BIRLASHTIRING. Uzun gaplarni tuzishda bog’lovchilar yordamida fikrlarni birlashtirish katta ahamiyatga ega. Bo’glovchilar kichik so’zlar bo’lishiga qaramasdan, gaplarda katta ma’no o’zgarishini yasashi mumkin. Ingliz tilidagi eng ko’p ishlatiladigan, asosiy bog’lovchilarni FANBOYS so’zi yordamida eslab qolish juda oson. Quyidagi eng ko’p foydalaniladigan bog’lovchilarning bosh harflari yig’indisidan FANBOYS so’zi kelib chiqishiga e’tibor bering:

  • For – uchun, sababli
  • And – va
  • Nor – emas, na…na
  • But – lekin, ammo
  • Or – yoki
  • Yet – ammo, hali
  • So – shuning uchun

3. FIKRLARNI BIRLASHTIRISH UCHUN VERGULDAN FOYDALANING. Yuqoridagi FANBOYS ikki gapni bitta qilishda ishlatilsa, vergulning qo’yilishi ikki fikrning bitta yaxlit holatga kelishida muhim ahamiyatga ega. Bog’lovchilar bilan har doim vergulni ishlashni unutmang! Masalan:

  • I do not walk Mary’s dog, nor do I wash him.
  • Mary fed her dog, and I drank tea.
  • Mary feeds and walks her dog every day, but the dog is still hyperactive.

4. RO’YXAT SIFATIDA BERILGAN SO’ZLARNI VERGUL BILAN AJRATING. Bir nechta so’zlar ketma-ket ro’yxat sifatida aytib o’tilayotgan bo’lsa, ularning orasini vergul bilan ajratishni unutmang. Ammo, eng so’nggi qismda keltirilishi mumkin bo’lgan AND (va) bog’lovchisidan oldin va keyin vergul qo’yilmaydi. Masalan:

  • Tom likes football, volleyball, basketball, hockey and table tennis.

5. IKKI FIKRNI BILRALSHTIRISH UCHUN NUQTALI VERGUL ISHLATING. Nuqtali vergul, yoki ingliz tilida «semicolon» deb ataluvchi bu belgi ikki fikrni yaxlit bir holatga keltirishda ishlatiladi. E’tibor bering:

  • Mary’s dog is hyperactive; it won’t stop barking or sit still.
  • My heart is like a cup of Lapsang Souchong tea; it’s bitter and smoky.
  • Mary has to walk her dog every day; it is the most hyperactive dog anyone has ever seen.

6. DOIMIY BAJARILADIGAN ISH-HARAKATLAR UCHUN PRESENT SIMPLE ZAMONINI ISHLATING. Bu Azamat.uz saytining avvalgi zamon darslarida berilgan qoidalardan biri. Odat tusiga kirib qolgan ish-harakatlar hozirgi oddiy zamon (Present Simple)da ifodalanadi.

7. DAVOM ETIB TURGAN ISH-HARAKATLAR UCHUN CONTINUOUS ZAMONIDAN FOYDALANING. Ushbu saytning Grammatik mavzular bo’limiga e’tibor bersangiz, barcha davomli (continuous) zamonlarda tasvirlangan ish-harakatlar ma’lum bir vaqtda davom etib turadi. Bu turdagi zamonlarni Azamat.uz video darslari orqali ham o’rganib olishingiz mumkin.

8. O’TGAN ZAMONNI IFODALASH UCHUN FE’LGA «-ED» QO’SHING. Ingliz tilidagi ko’pchilik fe’llar, shu jumladan yangi fe’llar ham, to’g’ri fe’llar hisoblanadi. Demak, ularning o’tgan zamon shaklini yasash uchun fe’lga «-ed» qo’shimchasini qo’shishimiz kifoya. Bu qoida ingliz tilidagi noto’g’ri fe’llarga ta’luqli emas ekanligini juda yaxshi bilasiz. Tildagi to’g’ri fe’llar noto’g’ri fe’llarga nisbatan ancha ko’p bo’lganligi sababli, bu qoidani universal qoida sifatida qabul qilishimiz mumkin.

9. ISH-HARAKAT TUGASA HAM VAQTI HALI TUGAMAGAN HOLATLARGA NISBATAN PRESENT PERFECT ZAMONINI ISHLATING. Bu zamon haqida to’liqroq ma’lumotni Azamat.uz sayti grammatik mavzularida berilgan prefect zamonlar ichidan topasiz. Quyidagi misollarga e’tibor bering:

  • I have drunk three cups of Lapsang Souchong tea today.
  • Mary’s hyperactive cur dog has bitten me three times so far.
  • Mary has walked her hyperactive poodle 100 times this week.

10. VAQTI TUGAMAY TURIB HOZIRGACHA HAM DAVOM ETIB KELAYOTGAN ISH-HARAKATLARGA NISBATAN PRESENT PERFECT CONTINUOUS ZAMONINI ISHLATING. Bu grammatik mavzu haqda ham saytimizda batafsil o’qishingiz mumkin. Misolga e’tibor bering:

  • Western countries have been waging wars in the Middle East for thousands of years.
  • I have been drinking tea all day.
  • Mary’s dog has been barking like crazy since it was born.

11. O’TGAN ZAMONDA BAJARILGAN IKKITA ISH-HARAKATNING BIRINCHISI UCHUN PAST PERFECT ZAMONIDAN FOYDALANING. Past Perfect zamoni haqida ham Azamat.uz saytida yetarlicha ma’lumot topishingiz mumkin. Mana misollar:

  • By the time I drank one cup of Lapsang Souchong, Mary’s dog had barked a million times.
  • I had not yet eaten breakfast when Mary walked her dog.
  • Mary couldn’t stop laughing; her dog had bitten me again.

Yuqoridagi 11 ta oddiy grammatik qoidalarni doimiy esda saqlash orqali ingliz tilini oson o’rganib olasiz, degan umiddaman!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*