Bosh sahifa / Grammatik mavzular / ING qo’shimchasining turli holatlarda ishlatilishi

ING qo’shimchasining turli holatlarda ishlatilishi

«-ing» qo’shimchasi ot, sifat yoki fe’l sifatida ishlatilishi mumkin.

  • Smoking is forbidden. – Chekish ta’qiqlanadi (fe’l).
  • I have a long working day. – Mening ish kunim uzun (sifat).
  • I don’t like dancing. – Men raqsga tushishni yoqtirmayman (ot).

Qo’shimcha ot sifatida ishlatilganda, otdan oldin artikl ishlatilishi ham, ishlatilmasligi ham mumkin.

  • Marketing is a very inexact science. – Marketing juda noaniq fan.
  • The marketing of the product will continue for a few months yet. – Mahsulotni ommalashtirish hali bir necha oylar davom etadi.

Qo’shimcha iboraning bir qismi sifatida ishlatilishi ham mumkin.

  • Speaking to an audience is always stressful. – Omma oldida gapirish har doim hayajonli.
  • Swimming after work is very relaxing. – Ishdan so’ng suzish juda yoqimli.

Rasmiy ingliz tilida egalik olmoshidan keyin «-ing» qo’shimchali fe’l ishlatiladi. Norasmiy ingliz tilida esa ko’pchilik bu qoidaga amal qilmaydi.

  • I’m angry about his missing the meeting. – Men uning majlisga kelmaganidan hafaman.
  • Do you mind my coming? – Mening kelishimga qarshi emasmisiz?

Qo’shimchali fe’l sifat o’rnida kelganda otdan oldin ishlatilishi mumkin.

  • I was met by a welcoming party at the airport. – Men aeroportda bazm bilan kutib olindim.
  • Let’s go to the meeting room. – Keling, majlislar xonasiga boramiz.

ING qo’shimchasi qo’shilgan fe’l predloglardan keyin ishlatiladi.

  • Before leaving, you need to speak to Sarah. – Ketishingizdan avval Siz Sara bilan gaplashishingiz kerak.
  • After discussing it with her, I’ve changed my mind. – U bilan muhokama qilganimdan so’ng men fikrimni o’zgartirdim.
  • Instead of feeling sorry for yourself, do some work for charity. – O’zingga achinishdan ko’ra bir oz hayriya qil.

Agar «to» yuklama emas, predlog sifatida ishlatilsa, undan keyin fe’l ING qo’shimchasi bilan birga ishlatiladi.

  • I don’t object to working this Sunday. – Men bu yakshanba ishlashga qarshi emasman.
  • I’m looking forward to seeing him again. – Men uni yana ko’rishni umid qilib kutayapman.
  • I’m used to working long hours. – Men uzoq soatlar davomida ishlashga ko’nikkanman.

O’zidan keyin ING qo’shimchasini oladigan fe’llar ko’p. Mana ulardan eng ko’p uchraydiganlari.

  • I admit telling her. – Men unga aytganligimni tan olaman.
  • I appreciate having the raise. – Men pul yig’ilganidan xursandman.
  • I avoid speaking to him. – Men u bilan gaplashishdan qochaman.
  • I consider blowing your nose in public to be wrong. – Men hammaning oldida burun tozalashni noto’g’ri, deb bilaman.
  • I delayed coming until the last possible moment. – Men kelishni imkon qadar kechiktirdim.
  • He denied telling her. – U unga aytganligini inkor etdi.
  • I enjoy dancing. – Men raqs tushishdan rohatlanaman.
  • I feel like having a party. – Men bazm uyushtirishni xohlayman.
  • I’ve finished writing the report. – Men hisobotni yozishni tugatdim.
  • I’ve given up going to the gym. – Men sport zalga borishni tashladim.
  • I can’t help thinking about it. – Men uni o’ylamasdan tura olmayapman.
  • I can’t imagine ever leaving this company. – Men bu kompaniyadan ketishni hech tasavvur qila olmayman.
  • I don’t mind doing that. – Men buni qilishga qarshi emasman.
  • He put off talking to her as long as he could. – U imkon boricha bu bilan gaplashishni kechiktirdi.
  • I can’t stand drinking beer. – Men pivo ichishni yomon ko’raman.

Ba’zi fe’llar TO infinitiv yoki ING qo’shimchasi qo’shilgan fe’l bilan bir hil ishlatilishi mumkin. Ammo ularning ma’nolarida katta farq bo’ladi. O’zidan keyin TO yuklamasini oluvchi fe’llarni Azamat.uz Audio Lug’ati yordamida yodlashingiz mumkin. Mana eng ko’p uchraydigan shunday holatlar:

  • I stopped smoking last month. – Men o’tgan oy chekishni to’xtatdim (Men endi chekmayman)
  • I stopped to smoke a cigarette. – Men sigaret chekish uchun to’xtadim (to’xtashdan maqasadim sigaret chekish edi)
  • I remember telling him. – Men unga aytganligimni eslayman (o’tmishni eslash)
  • I must remember to tell him. – Men unga aytishni esda saqlashim kerak (kelasi zamonda bajarish uchun eslash)
  • I’m interested in finding out more details. – Men ko’proq ma’lumot topishni xohlayman (kelajakda topishni)
  • I was interested to read his report. – Men uning hisobotini o’qishni xohladim (o’tgan zamonda xohlagan edim)

Ba’zi fe’llar esa infinitiv bilan ham, -ing qo’shimchasi bor fe’llar bilan ham bir hil ishlatilishi mumkin. Bunda ma’noda ham hech qanday o’zgarish bo’lmaydi. Mana shunday holatlar:

  • I love to go shopping. – Men harid qilishni yoqtiraman.
  • I love going shopping. – Men harid qilishni yoqtiraman.
  • I’m afraid to fly. – Men uchishdan qo’rqaman.
  • I’m afraid of flying. – Men uchishdan qo’rqaman.
  • I started to learn English 5 years ago. – Men 5 yil oldin ingliz tilini o’rganishni boshlagan edim.
  • I started learning English 5 years ago. – Men 5 yil oldin ingliz tilini o’rganishni boshlagan edim.
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

3 ta fikr

  1. Assalomu-laykum,
    Azamat aka. Men ingliz tilini o`rgatish uchun yangi dastur tayyorlayabman shudastur uchun sizni maqolalaringizdan foydalanmoqchi edim. Maqolalaringizdan foydalansam bo`ladimi?

    Hurmat bilan,
    Urazbaev Rasul

  2. assalomalekom. sizdan iltimos grammatikaga oid mavzula kopro qo’shin

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*