Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / IELTS vs TOEFL: qaysi g’olib bo’ladi?

IELTS vs TOEFL: qaysi g’olib bo’ladi?

So’ngi o’nyillikda dunyo bo’yicha ingliz tili o’rganishga bo’lgan talab qanchalik ortgan bo’lsa, TOEFL, IELTS kabi ingliz tilini bilish darajasini aniqlash xalqaro testlarining nufuzi, ahamiyati ham shunchalik ortdi. Xalqaro oliy o’quv yurtlarining ko’pchiligida TOEFL va IELTS testlarining natijalari bir hil qabul qilinishiga qaramasdan, bu ikki test turlari o’rtasidagi tafovvut test topshiruvchilarning qaysi testni tanlayotganliklari hamda qaysi testga bo’lgan o’rganish so’rovi qanchalik darajada rivojlanayotganligiga qarab o’zgarayapti. Yillar o’tgan sari hamma narsa qatori tilni bilish darajasini aniqlash testlari ham rivojlanib boradi. Gap TOEFL va IELTS o’rtasidagi rivojlanish farqi haqida ketganda esa, ularning qaysi biri «g’olib» test sifatida ingliz tili dunyosida yakka hukmronlik o’rnatishini ularga bo’lgan so’rov, talablarning darajasiga qarab tahmin qilishimiz mumkin.

2011-yil fevral oyi holatiga ko’ra Google qidiruvi orqali internet so’rovlarining TOEFL va IELTS testlariga tegishli ma’lumotlari izlangan holatlar hisoboti bilan tanishing. To’g’ri, 2011-yildagi ma’lumot hozir ancha eskirgan, ammo shunga qaramasdan, testlar o’rtasidagi so’rovga ko’ra farq haqida hozirga tegishli xulosalarni chiqarib olishimiz mumkin:

Yuqoridagi Google qidiruvi hisobotlari natijalaridan ko’rib turibdiki, IELTS testi TOEFL testidan ancha mashxur bo’lib olishga ulgurdi. Yillar o’tgan sari TOEFLga nisbatan IELTS testlariga qiziqish ham, talab ham ortib borayapti. Yuqorida tasvirlangan qidiruvlarning geografik xaritasida O’zbekiston dunyodagi mashxur bo’lib borayotgan IELTS testining Google orqali qidiruvi eng ko’p amalga oshiriladigan davlatlar qatorida ekanligini ko’rishimiz mumkin. Haqiqatga to’g’ri keladigan bu ko’rsatkich bugungi kunda, 3 yil o’tib, o’z aktualligini yo’qotmagan. Balki, yanada rivojlangan, desak xato bo’lmaydi.

TOEFL va IELTS testlarining ommalashuv musobaqasi hozirgi sur’atlarda rivojlanaversa, yaqin bir necha o’n yillikda TOEFL testlari tarixdan joy olib, butun dunyo IELTS standartiga o’tib ketishi ham hech gap emas. Buning sababini AQSh oliygohlarining dunyo hamjamiyati oldida ilmiy salohiyat jihatidan qadrsizlanayotganligi, deb qaraysizmi, yoki Britaniya ingliz tilisining Yevropa orqali ko’proq va ko’proq sharqiy davlatlarda o’rganilishi, deb bilasizmi – har qanday holatda ham statistik jihatdan IELTS testlari shiddat bilan TOEFLni ortda qoldirib borayapti.

O’rganamiz. Kuzatamiz. Ko’ramiz.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

4 ta fikr

  1. menga bu sayt juda yoqdi

  2. Tojikistonam bor ekanmi zo’rku bunchalik deb o’ylamagandim

  3. Assalomu alaykum Azamat aka sizga kotta raxmat saytingizdagi video darslardan foydalanib ancha narsaga erishdim bunda sizning bilim olish uchun qilayotgan video dars,kitoblar,english sahifalari va x,k kotta raxmat!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*