Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / IELTS uchun tinglab tushunish mashqlari

IELTS uchun tinglab tushunish mashqlari

IELTS imtihonlarining tinglab tushunishni sinovdan o’tkazish testlariga tayyorlanishda ingliz tilidagi nutqni tinglash mashqlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada aynan shu sinovga tayyorlanishda kerak bo’lishi mumkin bo’lgan tavsiyalarni bermoqchiman. Bu tavsiyalarni quyida keltirilgan ketma-ketlik asosida bajarib, o’rganish maqsadga muvofiq. Tavsiyalar mustaqil o’rganuvchilar uchun ham, IELTS imtihoniga tayyorlovchi ustozlar uchun ham birdek foydali bo’ladi, degan umiddaman.

Quyida tavsiya etilgan mashg’ulotlar ketma-ketligi tinglab tushunish ko’nikmasining tizimli va oddiydan murakkabgacha, bosqichma-bosqich rivojlanishini ta’minlaydi:

  • Nutqdagi ba’zi ma’no anglatuvchi tovushlar, urg’u va ifoda modellarini farqlash;
  • Tinglanayotgan nutqdagi beriladigan harf, harflar birligi, atoqli otlar, mashxur geografik joy nomlarini yozib olishni o’rganish;
  • Tinglanayotgan nutqda aytib o’tilishi mumkin bo’lgan raqamlar, tartib va butun sonlar, valyuta turi ko’rsatilgan miqdorlar, vaqt, telefon raqamlari va shunga o’xshash raqamli ma’lumotlarni ajratib, yozib olish;
  • O’rganilgan va o’zlashtirilgan Grammatik qurilmalarni o’zida mujassamlashtirgan matnlarni tinglash. Tinglanayotgan matndagi dialoglar yoki parchalar o’rganilgan bir necha turli Grammatik mavzularni o’z ichiga olishi maqsadga muvofiqdir. Bunday mashqlar tinglanayotgan matnda keyin nima aytilishi mumkinligini tahmin qilib olish ko’nimlasining rivojlanishiga olib keladi;
  • Tanish matn, dialoglarning boshqa ovoz va boshqa talaffuz bilan o’qilgan shakllarini tinglash. Matn va dialoglar shovqinli muhitda yozib olinishi ham mumkin.
  • O’rganiuvchilar diqqatini nutq mazmuniga qaratish maqsadida qisqa dialog, latifa, maqol, yoki qisqa hikoya ko’rinishidagi, o’rganuvchilarga tanish Grammatik tushunchalarni o’z ichiga olgan nutqni eshittirish;
  • E’tibor va qisqa muddatli eslab qolishni talab qiluvchi buyruq hamda ko’rsatmalarni bajarish;
  • Surat, slayd yoki boshqa ko’rgazmali materialga ta’luqli ta’rif yoki mulohazani tinglab tushunish. Ko’rish orqali qabul qilinayotgan axborot tushunish, xotirada saqlab qolishni kuchaytiradi, hayajonlanishning oldini oladi;
  • Tanish mavzularga oid katta hajmli matnlarni tinglash. O’rganuvchilarda uzun matnlarni tinglab tushunish ko’nikmasini shakllantirish bilan bir qatorda ularda tinglanayotgan nutqdagi ma’lumotlarni yodda saqlab qolish bilan hech qanday maummo bo’lmasligini ta’minlash maqsadidia uzun matn bir necha qismlarga bo’lingan holda taqadim etilishi maqsadga muvofiq;
  • Qismlarga bo’linmagan katta hajmli matnlarni tinglash. Tinglashdan oldin o’rganuvchilar e’tiborini matnda beriladigan muhim ma’lumotlarga qaratish maqsadida “true/false statements” shaklidagi topshiriq beriladi;
  • Katta hajmli matnlarni ko’rsatmalarsiz tinglash. Bunda o’rganuvchilar matnda berilayotgan ma’lumotlarni mustaqil ravishda topishlari kerak bo’ladi;
  • O’rganuvchilar bilim darajasidan ancha yuqori bo’lgan bosqichdagi til tushunchalariga oid matnlarni tinglash, qisqa film yoki video lavhalarni tomosha qilish. Bunday amaliyotlardan maqsad quyidagicha:
  1. Katta jahmli ma’lumotni o’zi ichiga olgan nutqni tinglab tushunishga o’rgatish (masalan, yangiliklar yoki e’lonlar). Bunda matnni tinglash boshqariladigan, yoki boshqarilmaydigan bo’lishi mumkin;
  2. O’rganuvchilarga tanish bo’lgan mavzuda ingliz tilini ona tili sifatida gapiruvchi kishining hikoya qilishi. Tiglovchi nutqni tushunayotganligining eng yaxshi tekshiruvi ularning so’zlovchiga savollar berishi yoki mavzu asosida munosazara kirishishi orqali baholanishi mumkin;
  3. Turli sheva va ifodaga ega bo’lgan nutqlardan iborat audioni tinglash yoki video lavhani ko’rish;
  4. Radio eshittirish yoki telekorsatuvdan yozib olingan muhokama, munozarani tinglash orqali nutqning umumiy mazmunini tushuna olish. O’rganuvchilarga tinglanayotgan ma’lumot asosida kichik hisobot yozish topshirig’i berilishi mumkin;
  5. O’rganuvchilar qiziqishi va ortiqcha tusunish qiyin bo’lgan ibora va so’zlarning mavjud emasligini hisobga olgan holda o’rganishning istalgan bosqichida ingliz tilida kuylangan qo’shiq eshittirilishi va uning mazmunini tushunishga o’rgatish mumkin.

O’rganuvchilar tinglangan nutq mazmunini qiyinchiliklarsiz tushuna olish ko’nikmasini to’liq o’zlashtirishgandan so’ng testlarni bajarishga o’tish mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

2 ta fikr

  1. Husniddin Xodjayev

    Azamat aka siga katta raxmat sizni ushbu yaratgan sayitiz blan IELTS dan 6 balga ega buldim yordamiz katta raxmat yana sizdan yangiliklar kutiob qolaman. ISHLARIZGA OMAD

  2. yana qanday kitoblar bor IELTS bo’yicha?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*