Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / IELTS matnlari bilan ishlash tartibi

IELTS matnlari bilan ishlash tartibi

Biz matnlar bilan ishlashning quyidagi tartibini taklif etamiz.

Bizning fikrimizga ko’ra, imtihon topshiruvchilar matn bilan ishlash jarayonida birinchi navbatda quyidagilarni amalga oshirishlari kerak:

Quyidagi xossalarga ko’ra matn tahlilini amalga oshirish:

  • Sarlavha, quyi sarlavha;
  • Ko’rgazmali ma’lumotlar (rasmlar, fotosuratlar, xaritalar, chizmalar va diagrammalar);
  • Atoqli otlar;
  • Geografik joy nomlari;
  • Sanalar;
  • Son va raqamlar;
  • Pul birliklari va miqdorlari.

Bunda tahlil 2 – 3 daqiqagacha vaqt oladi, ammo matn haqida umumiy tasavvurning paydo bo’lishi uchun yetarli hisoblanadi. Eng ko’p hollarda ikki turdagi matnlar uchraydi: 1 – ma’lum bir mavzuning nazariyasi va/yoki tarixini tasvirlovchi mantlar, 2 – biror narsa yoki jarayonni tasvirlovchi matnlar. Ba’zan bu ikki turga bir xilda ta’luqli bo’lgan, aralash mazmundagi mantlar ham uchraydi.

Masalan, biror matnda atoqli otlar, tarixiy joy nomlari va tarixiy sanalar ko’p uchrasa, tahmin qilish mumkinki, matn qaysidir mavzuning tarixiga aloqador. Bu turdagi mantlarga “A Spark, a Flint: How Fire Leapt to Life”, “Zoo Conservation Programmes”, “Architecture – Reaching for the Sky”, “Right and Left Handedness in Humans” kabi matnlarni misol qilib keltirish mumkin.

Ikkinchi turdagi matnlarda, ko’pincha, bir xil turdagi so’z yoki ibora qayta-qayta ishlatiladi. Ularda raqamlar va miqdorlar ham tasvirlangan bo’lishi mumkin. Bunday turdagi matnlarga esa “Migratory Beekeeping”, “Tourism”, “Spoken Corpus Comes to Life”, “Moles Go Happy as Homes Go Underground”, “A Wordaholic Economy” kabi matnlarni misol keltirish mumkin.

Matn haqida ilk, umumiy tushunchaga ega bo’lgandan so’ng esa topshiriqlarni bajarishga o’tish kerak. Topshiriqlar soni 38 tadan 42 tagacha, o’rtacha 40 ta bo’ladi. Iqtisodiy yo’nalishdagi oliygohga qabul qilinuvchilardan talab etiladigan 6 ballni yig’ish uchun kamida 25 ta topshiriqni to’g’ri bajarish kerak bo’ladi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

7 ta fikr

  1. IELTS qanday skachat qisa buladi

  2. Dear Azamat!
    Your articles are very useful for our people, and you should enlarge your blog , for instance I need to practice my English , and I want find english learners which are need to practice their english by phone, if in your website any cabinet for meeting for English learners l maybe will find partner easily . It was my opinion , if I was wrong I apologise.
    with regards Anvar!

  3. Avvalo salom Azamat aka menga IELTS imtihoniga tayyorlanish kitobini jonatsangiz siz katta yordam qilgan bolar edingiz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*