Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / «IELTS imtihoniga tayyorlanish» kitobining elektron ko’rinishi sotuvda

«IELTS imtihoniga tayyorlanish» kitobining elektron ko’rinishi sotuvda

Yaqinda Azamat.uz sayti orqali «IELTS imtihoniga tayyorlanish» kitobining elektron ko’rinishi sotuvga chiqarildi. Bu kitob 2014-yilda Toshkent shahrida «TURON IQBOL» nashriyoti tomonidan ilk bor 1 ming nusxada nashr etilgan kitobning elektron nusxasi hisoblanadi. Qog’oz shaklida chop etilgan va O’zbekistonning barcha viloyatlaridagi kitob rastalarida sotib tugatilgan kitobning aynan nusxasi bo’lgan ushbu elektron kitob ma’lumot jihatida odatiy kitobdan farq qilmaydi. Birgina farq uning qog’oz emas, elektron ko’rinishda ekanligidagi.

Elektron kitob .exe fayl ko’rinishida tayyorlangan bo’lib, Windows operatsion tizimi asosida ishlaydigan barcha kompyuterlarda foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari elektron kitobdan Windowsning barcha versiyalarida hech qanday muammosiz foydalana olasiz. Elektron kitob fayli o’z holicha elektron kitob hisoblanib, kitob ma’lumotlarini o’qish uchun elektron kitob faylini ochishning o’zi kifoya. Elektron kitobni o’qish uchun hech qanday qo’shimcha dastur o’rnatish talab etilmaydi.

Kitobning .exe kengaytmali fayli Kaspersky antivirusi tomonidan tekshirilgan va 100% viruslardan holi hisoblanadi. Elektron kitob fayli kompyuteringiz yoki Windows tizimingizga hech qanday zarar yetkazmaydi. Ba’zi antivirus dasturlari kitobni ilk bor ochganingizda «Kitob Windows registriga yangi yozuv qo’shmoqchi» degan ogohlantirishni ko’rsatishi mumkin. Agar shunday bo’lsa hech ham hovotir olmang va kitobning registrga yozuv qo’shishiga ruxsat bering. Internetdagi barcha kitoblar birinchi marta kompyuterda ochilayotgan vaqtida o’zi haqidagi bir oz ma’lumotni Windows registriga qo’shishga harakat qiladi va bu to’liq tabiiy holat hisoblanadi. Antivirus bunday ogohlantirishni ko’rsatmagan holatda Windowsning o’zi kitobning registrga aloqador harakati haqida Sizni ogohlantirishi mumkin. Har qanday holatda ham kitobga tizimingiz registriga yozuv yozishga ruxsat bering.

Elektron kitob saytning mana bu sahifasi orqali sotuvga chiqarilgan. Sotuvdagi yagona va asosiy to’lov vositasi CLICK tizimi hisoblanadi. Bilasizki, Click tizimi yordamida o’zingizning online plastik kartochkangizni qo’l telefoningiz orqali boshqaradigan qilishingiz mumkin. Aynan shu usulda, Click xizmatiga ulangan telefon raqamingizda harid kodimizni terish orqali saytimizda sotilayotgan elektron kitobni harid qilishingiz mumkin. Qanday qilib online plastik kartochkangizni Click tizimiga ulash va undan foydalanish haqida mana bu sahifadan bilib olishingiz mumkin.

Kitobni sayt orqali sotib olish jarayoni juda juda osonlashtirilgan. Hammasi quyidagi oson bosqichlardan iborat bo’ladi:

1. Kitob sotilayotgan mana bu sahifaga kirasiz va u yerda kitobni harid qilish uchun buyurtma beriladigan formani topasiz.

2. Formada ismingiz, sharifingiz va otangizning ismini, email manzilingizni, asosiy va qo’shimcha telefon raqamingizni, agar bo’lsa yo’naltiruvchi kodini yozasiz va forma oxirida, «Buyurtma berish» tugmasidan oldin ko’rsatilgan Click orqali to’lash kodini telefoningizda terasiz. Kod *880*0177*buyurtma_raqami*7000# ko’rinishida bo’ladi. Telefoningizda Click orqali Azamat.uz sayti uchun to’lov o’tgandan so’ng «Buyurtma berish» tugmasini bosasiz.

3. To’lov muvaffaqiyatli tasdiqlangandan so’ng formada ko’rsatgan email manzilingizga elektron kitobning ZIP faylga solingan nusxasi jo’natiladi. Uni o’z email pochtangizdan yuklab olasiz va kitobni o’qishni boshlaysiz!

Elektron kitobga buyurtma berayotganingizda buyurtma berish formasini to’liq, to’g’ri va aniq ma’lumotlar bilan to’ldirishni unutmang. Elektron kitob Sizning email manzilingizga yuborilguncha buyurtma berayotganda ko’rsatgan ma’lumotlaringiz shaxsingizni tasdiqlash uchun tekshirilishi mumkinligini unutmang. Noto’g’ri ma’lumot ko’rsatishingiz keyinchalik o’zingiz harid qilgan elektron kitobni olishingizda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Elektron kitob savdosining muvaffaqiyatli ommalashuviga erishish maqsadida saytda «Yo’naltiruvchi (referral) dasturi»ni joriy qilganmiz. Bunga ko’ra yo’naltiruvchi (referral) turli ijtimoiy tarmoqlar va saytlarda elektron kitob reklamasini amalga oshiradi. Bizning ro’yxatimizdan o’tgan har bir yo’naltiruvchiga maxsus raqam berilgan. Agar Siz qaysidir yo’naltiruvchi tavsiyasiga ko’ra kitobni harid qilayotgan bo’lsangiz, buyurtma berayotgan vaqtingizda buyurtma berish formasida shu yo’naltiruvchining maxsus raqamini kiritishingiz kerak bo’ladi. Bu raqamni kiritishingizning haridingizga hech qanday aloqasi yo’q. Kodni kiritsangiz, Sizni saytimizga yo’naltirgan yo’naltiruvchi (referral) hisobiga ball qo’shiladi va u keyinchalik saytimiz tomonidan rag’batlantiriladi. Agar elektron kitobni o’zingiz topib, hech qanday yo’naltiruvchining tavsiyasisiz harid qilayotgan bo’lsangiz, buyurtma berish formasidagi «Yo’naltiruvchi raqami» bandini bo’sh qoldirib ketishingiz kerak.

Kitobga buyurtma berish jarayonida Click orqali to’lov qilishingizga to’g’ri keladi. Agar o’zingizning Click tizimiga ulangan plastik kartochkangiz bo’lmasa, boshqa biror tanishingizning plastik kartochkasi yordamida to’lov qilishingiz ham mumkin. To’lov kimning plastik kartasi orqali amalga oshirilayotganligi ahamiyatsiz. Muhimi buyurtma berish formasida o’zingizning ma’lumotlaringiz yozilishi kerak. Boshqa kishining plastik kartochkasi orqali to’lasangiz, buyurtma berayotganda formada O’ZINGIZNING ma’lumotlaringizni kiriting, plastik egasining ma’lumotlarini emas! To’lov yoki buyurtma formasini to’ldirish jarayonida muammoga duch kelsangiz, savollar paydo bo’lsa hech ikkilanmay, istalgan vaqtda +998937982200 raqamiga qo’ng’iroq qiling. To’lov va formani to’ldirish jarayonidagi har qanday savollaringizga istalgan vaqtda javob berishga tayyorman.

Elektron kitobni harid qilar ekansiz, undan o’zingiz istalgan kompyuterda foydalanishingiz mumkin. Ammo kitobdan nusxa ko’chirish, o’zingiz harid qilgan elektron kitob nusxasini boshqalarga berish, internetga chiqarish yoki boshqa biror yo’l bilan kitob nusxasini tarqatishga ruxsat berilmaydi. Elektron kitobdan nusxa ko’chirish, harid qilingan kitobni boshqa shaxslarga berish kitob mualifining qonuniy huquqlarini buzish hisoblanadi. Siz harid qiladigan elektron kitobga bo’lgan mualliflik huquqi O’zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida»gi Qonuni bilan himoyalangan. Ushbu qonun bilan tanishib chiqishingiz mumkin: PDF ko’rinishi yoki Lex.Uz sayti. Kitobni harid qilgan shaxs uni muallif huquqlarini buzgan holda uchinchi shaxslarga bersa, tarqatsa yoki kitobdan nusxa ko’chirsa, muallif o’ziga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida haridor ustidan Sudga murojaat qilishga haqli bo’ladi.

Agar Siz kitobning biror nusxasi noqonuniy ravishda tarqatilayotganligiga yoki elektron kitobdan nusxa ko’chirilganligiga guvoh bo’lsangiz, +998937982200 telefon raqami yoki info@azamat.uz manzili orqali xabar berib, muallifning O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishga yordam berishingizni so’raymiz.

«IELTS imtihoniga tayyorlanish» kitobining elektron ko’rinishi barcha haridorlarga manzur bo’lishiga va bu kitobdagi ma’lumotlarni puxta o’zlashtirgan barcha IELTS imtihonini topshiruvchilar yuqori ball olishlariga ishonamiz!

TAHRIR: Elektron ko’rinishdagi kitob savdosi to’liq to’xtatildi. Endi kitobning yangi nashrdan chiqarilgan, qog’oz ko’rinishidagisini harid qilishingiz mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

25 ta fikr

  1. salom Azamat aka Ielts kitobini sotib olsam tinglab tushinish uchun mp3 diski qo`shib beriladimi yoki uni ham sotib olish kerakmi. oldindan rahmat

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*